9. Gedonistik
vosita, ya’ni san’at asariga o‘quvchiga
lazzat beruvchi matoh deb qaralishi.
Mushohada qilinsa, postmodern yo‘nalishi go‘yo
bugungi ilg‘or o‘lkalar kayfiyatini o‘zida ko‘proq aks et-
tirayotgandek. Lekin ilg‘or jamiyatlarda boshqa qarash-
lar ham aytilmoqda: postmodern davri o‘z o‘rnini me-
tamodernizm, metarealizm, astro kabi yangi davrlarga
bo‘shatib bermoqda deyilmoqda. Metamodernizm va
60
61
metarealizm modernizm va realizmning murakkab-
lashib, tarmoqlashishidir. «Astro» esa yunoncha so‘z
bo‘lib, yulduz demakdir. Astronomiya – koinotni, undagi
osmon jismlarini o‘rganadigan fan. Darhaqiqat, keyin-
gi vaqtlarda inson dunyoqarashi va tafakkuri koinotni
anglash bilan birga kechmoqda. Koinot har doim o‘rga-
nilgan, ammo bugun zamonaviy dunyoning imkonlari
negizida koinot bag‘riga yanada teran kirib borish, uni
tadqiq etish kuchaygani bor gap. Lekin «astro davri»
degan ilmiy atama jahon adabiyotshunosligida yo‘q.
Shunday tushuncha bor, xolos. Tushuncha ifodalayot-
gan kayfiyat erta-indin boshqacha atama bilan atalishi
ham mumkin. Bunga «bo‘lishi mumkin, ehtimol» sifati-
da qarash kerak. Rus akademigi Yu. Borevning hozirgi
kunda yangi paradigmaning yo‘qligi, uni na Sharq va
na G‘arb taklif qila olmayotgani haqida urgan bongini
hamisha yodda tutmoq lozim. 2019-yilning dekabrida
Xitoyning Uxan shahrida boshlanib, 2020-yilda jahon
pandemiyasiga aylangan koronavirus (COVID-19) –
qora o‘lat bilan bog‘liq kelajak haqidagi mushohadalar
dunyoning ertangi ravishida jiddiy o‘zgarishlarni paydo
qilishi kutilmoqda. Odatda, jahon miqyosida yuz be-
radigan mana shunday falokatlardan keyin yangi fikr,
yangi qarashlar tug‘iladi. Shu qonuniyatdan kelib chiq-
sak, ajab emaski, kutilayotgan paradigmaning dastlab-
ki eskizlari yaqin kelajakda chizilsa. Bunga ham bir eh-
timol sifatida qarash lozim.
Badiiy tafakkurda olamshumul evrilishlar yuz berga-
ni va hamon ushbu jarayonning davom etayotganini
keyingi qator yillar mobaynida yaratilayotgan turli janr-
lardagi asarlardan ham bilsa bo‘ladi. Natijada san’at-u
adabiyotimiz maydonlarida avvalgilarga o‘x shagan-
o‘xshamagan asarlar paydo bo‘la boshladi. Albatta, ular-
ning barchasini birdek durdona deb hisoblab bo‘lmay-
di. Ular hali vaqtning, davrlarning, shu davrlar tarbiya-
lab yetishtiradigan o‘quvchilarning sinov-u ehtiyojlari-
ga javob berishi kerak. Durdonalik maqomi shundagina
nasib etishi mumkin. Hozir gap bunda emas. Gap dun-
yoni badiiy-estetik qabul qilish mezonlarining juda tez
o‘zgarganligi va xuddi shunday shitob ila o‘zgarayot-
ganligida. Davr adabiyotini tushunish, his qilish uchun
e’tiborni mana shu sur’at mazmun-mohiyatiga qaratish
kerak.
Yangilanayotgan badiiy tafakkur mahsuli, ba’zan
go‘yo hamma narsa yoki hech narsadek tassurot qol-
diradi o‘quvchida. Chunki unda go‘yo hamma narsa
bor, ammo aniq hech nima yo‘q. Ha, yangi san’at o‘zini
shunday tutadi, shunday tutmoqda ham. Yangi san’at
bugunga kelib mohiyatni shunday ifoda qilmoqqa ki-
rishdiki, bir qarashda uning badiiy didi an’anaviy yo‘l-
larda shakllangan o‘quvchi bilan sirayam ishi yo‘qdek
tuyuladi. «Mana, men shundayman, xohla qabul qil,
xohla yo‘q», – deyotgandek bo‘ladi. Ko‘rinadiki, yan-
gilanayotgan badiiy tafakkur mahsullari mohiyatining
ochilishi uchun o‘quvchi tayyorgarligi va ishtiroki zarur
bo‘lib bormoqda. Endi o‘quvchining kitobxonlik da-
rajasi asarga ayricha bir mazmun bag‘ishlashi haqida
so‘z yuritilmoqda. Ilgari yozuvchi asar mazmunini hij-
jalab o‘quvchiga tushuntirib berardi. Endi unday emas.
Endi o‘quvchining o‘zi harakat qilishi, she’r yoki roman
«mag‘zini chaqish»da ishtirok etishi talab qilinmoq-
da. Shuning uchun ham nazariy manbalarda mutolaa-
ga ijodiy jarayonning bir qismi sifatida qaralmoqda.
Zero, yangi san’at namunasi har bir o‘quvchi bilan
62
63
yuzlashganda o‘zgacha tovlanadi. Ya’ni asar o‘quvchi-
ning badiiy-estetik darajasiga qarab turlanadi. Albatta,
bu o‘rinda modernizm uchun muallif darajasi muhim
bo‘lsa, postmodernizm uchun muallif yo‘q. Matn ega-
si – skriptor. O‘quvchi o‘z darajasidan kelib chiqib asar
ma’nosini o‘zicha uqadi.
Modern va postmodern adabiyot namunalari, ayni
paytda, dunyoni ramziy tafakkur qilish hosilasidir. Ularni
«ishoralar asari» desa ham bo‘ladi. (O‘rni kelganda qayd
etish joiz: bir-biriga unchalik bog‘lanmagan ma’nilarga
ishora qilib o‘tish san’ati adabiyotda birmuncha yengil
yo‘lni paydo qilishi mumkin. Chunki yangi san’at, moder-
nizm, postmodernizm niqobi ortiga berkinayotganlar-
ning talay bir qismi, aslida, mutlaqo iste’dodsiz odamlar
ekanligiga hayot va adabiyot sahnalarida tez-tez duch
kelinmoqda. Gap shundaki, ular o‘z bitiklarini «yangi cha
san’at namunasi» deya taqdim etishga o‘rganib borish-
moqda. Qizig‘i, modernizmdan farqli o‘laroq, postmo-
dernizm aynan shu jihatni qo‘llab-quvvatlaydi. Faqat
tanlab olingan alohida iste’dod egasi hisoblanmish ijod-
korlargina emas, balki barcha insonlar san’at asari ya-
ratishi mumkin deb biladi.) U aniq bir narsa aytmaydi,
buni maqsad ham qilmaydi, aksincha, faqat ishora qi-
ladi. O‘quvchi ana shu ishora qilingan tomonga boradi,
ya’ni tafakkur «elchilari»ni yuboradi. «Elchilar» muloqo-
tidan so‘ng anglashilgan (ko‘pincha payqalgan, sezilgan,
fahmlangan...) «narsa», agar u chindan bor bo‘lsa, o‘quv-
chi botinida akslanadi. Mana shu aksning salmog‘i asar
mazmun-qiyofasini belgilaydi.
Aslida, har qanday badiiy asar o‘ziga xos yo‘l hisob-
lanadi. Ya’ni yo‘l (voqelik)dan yo‘l (asar)ga kelinyap-
ti. Harakatlanuvchi kuch, modernizmga ko‘ra, muallif,
postmodernizmga ko‘ra, skriptor. (So‘ngra teskari akt,
ya’ni asar (yo‘l)dan voqelik (yo‘l)ka yurish boshlana-
di. Bunda harakatlanuvchi personal – o‘quvchi) Asar-
ni o‘qigan o‘quvchi go‘yo shu yo‘ldan (muallif yoki
skriptor yo‘lidan) yurishga taklif etiladi. Bu o‘rinda gid
– muallif yoki skriptor. U o‘quvchiga atrofni tomosha
qildiradi. Ammo vaqt tig‘iz bo‘lgani bois (butun inso-
niyat bosib o‘tgan yo‘l bilan yakka inson bosib o‘tgan
yo‘l o‘rtasida zamoniy va makoniy tafovut bor. Go‘yo
ummon va tomchi o‘rtasidagi hajm farqi yanglig‘, bas,
tomchi (muallif, skriptor) yana bir tomchiga (o‘quvchi-
ga) ummon (bashar ahli) haqida, uning uzun yo‘li haqi-
da nimalarnidir uqtirarkan, ana shu tafovut taqozosiga
ko‘ra ham majoziy fikrlashga mahkum. Uning boshqa
iloji yo‘q. Chunki ramz – kalavalangan mushtdek ip. Uni
yechib cho‘zganingiz sari yer sharini quchoqlab oladi-
gan imkonlari ochiladi. Yo‘qsa, u sirini o‘z ichiga qamab,
bir musht, nari borsa, bitta koptokdek bo‘lib yotave-
radi…) hamma narsani batafsil tushuntirib berishning
imkoni ham, bunga alohida istak ham yo‘q. Umuman
olganda, kuzatishlar shuni ko‘rsatayotirki, «eniga va
bo‘yiga kengayib» turlanayotgan, axborotga ko‘milib
borayotgan dunyo mazmun-mohiyatini qamrab olish
tobora qiyinlashayotganini hisobga olsak, bundan bu-
yon inson badiiy tafakkur tarzida ishoraviy, ya’ni ramziy
san’at o‘rni yanada ortishiga shubha yo‘q. Chunki ramz
va tashbehda shunday bir ichki qudrat borki, ana o‘sha
behudud olamning hadsiz-hisobsiz tovlanishlarini o‘z
bag‘riga sig‘dira oladi. Boshqacha aytganda, ramziy
san’at Aloviddinning sehrli chirog‘iga o‘xshaydi, kerakli
kalit-duosini topib o‘qisangiz, bas, qarshingizda qo‘lin-
gizga dunyolarni olib berishga qodir Jin paydo bo‘ladi!
64
65
Shu ma’noda azaldan san’atning ajralmas qismi bo‘lgan
ramziylik modernizmda ham, hatto postmodernizmda
ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi. Juda ko‘p qadriyatlar,
ayniqsa, postmodernizmda inkor qilindi, lekin adabi-
yotning dunyoni ramziy-majoziy qabul qilish xususi-
yati yashab qoldi, yashab kelmoqda. Bunday ramziylik
goho kimgadir, nimagadir, qandaydir ma’noga ishora
tarzida o‘zini namoyon qiladi. Ishora esa, o‘z navbatida,
sirni, sirlilikni keltirib chiqaradi. Mana shu yerda o‘quv-
chi, Gasset aytmoqchi, naq ikkiga bo‘linadi: tushungan-
lar va tushunmaganlarga. Mavlono Rumiy qarashicha,
sirdan xabardor bo‘lgan kishi indallosidanoq gapning
mohiyatini darhol anglaydi, g‘ofillar esa yo‘q. Bu hol u
yoki bu darajada modernizmga ham, postmodernizm-
ga ham xos xususiyatdir.
Umuman, jiddiy ijodkorlar voqelikni ramzlar vosita-
sida modellashtirishga ko‘proq harakat qilayotganini
qayd etish joiz. Ayni damda, e’tibor bermoq kerakki,
badiiyat olamida chinakam ramziy asar bilan «boshqo-
tirma», ya’ni «krossvord» adabiyot o‘rtasida yer bilan
osmoncha farq bor. Ammo xuddi muhabbat va nafrat
(daholik va telbalik) kabi bir-birlariga juda-juda yaqin
joylashganidan (bor-yo‘g‘i bir qadam), hatto soha mu-
taxassislari ham ularni gohida chalkashtirib yurishadi.
Oqibatda bor-yo‘g‘i o‘rtamiyona «boshqotirma» bir
asarni bebaho durdona deya taqdim etishgacha borib
yetiladi yoki aksincha. Bu xusus, ayniqsa, postmoder-
nizmga xos.
Postmodern adabiyot o‘z mazmun-kayfiyatiga ko‘ra
ko‘pincha quramalardan iborat bo‘ladi. Shuning uchun
ham uni o‘qigan kishi ma’nolarning tariqdek sochib
yuborilganini ko‘radi. Yaxlitlik, butunlikni topmaydi.
Bu – tabiiy hol. Zero, ko‘z bilan ko‘rsa, qo‘l bilan ush-
lasa bo‘ladigan butunlikka da’vo qilmaydi postmodern
adabiyot. Chunki voqelikning o‘zida butunlik yo‘q deb
hisoblaydi u.
Postmodernizm falsafasi o‘tgan asrning 80-yillarida
shakllangan. U jamiyatda yuz bergan o‘zgarishlarni aks
ettirib, dunyoni qabul qilish va his etishda paradigma
maqomini oldi. Hozirda dunyoning mana shunday ho-
lini to‘la-to‘kis o‘zida mujassamlagan paradigmaning
yo‘qligi haqidagi qarashlar postmodernizm ham qaysi-
dir ma’noda o‘z energiyasini sarf qilib bo‘layozganidan
dalolatdir. Ammo dunyoda xaos kayfiyati hukm sur-
moqda. Ma’lumki, postmodernizm xaosdan oziqlanadi,
uni ifoda qiladi. Dunyo ertasining noaniqligi, insonning
global o‘zgarishlar va texnogen bo‘hronlar ichida qolib
esankirashi, oxirzamon (apokalipsis)ni kutish, ayni payt-
da kommunikativ texnologiyaning jadal rivojlanishi,
kompyuter va internetning paydo bo‘lishi, dunyo ham-
jamiyatining madaniy tolerantligi (bag‘rikengligi)ning
oldinga qarab ketishi postmodernizm kayfiyati hali da-
vom etishini ko‘rsatadi. Fransuz faylasufi Jak Derrida
18
postmodernizm davrini «Oxirzamon kelmasdan burun-
gi (dunyoning) mutlaq ostin-ustin bo‘lishi» deb ataydi.
Xuddi shunga uyg‘un fikrni ukrainalik olim Dmitriy Za-
tonskiy ham aytgan: «Postmodern davr termoyadroviy
oxirzamon (olim buni termoyadro urushi tufayli sodir
bo‘ladigan oxirzamon deb ataydi) sodir bo‘lmagandan
keyin boshlandi. Biz dunyoning tubiga nazar soldik,
ammo hayotda yashab qoldik. Albatta, buning uchun
E’tiqod, Umid, Muhabbat bilan to‘lov to‘ladik»
19
. Mana,
18
Jak Derrida. Internet materiallari.
19
Затонский Д.В. Модернизм и постмодернизм. – Харьков: Фолио, 2000.
66
67
nima uchun postmodernizmga noaniqlik, parchala-
nish, «men»ning, kanonlarning yo‘qolishi, noturg‘unlik
xosdir. Shuning uchun ham postmodernchilar «abadiy
qadriyatlar»dan voz kechdi. Doimo qalqib, turlanib
turgan olamda kimgadir yoki nimagadir suyanib bo‘l-
maydi deyishdi ular. Bu esa postmodernizmga oid juda
muhim jihat hisoblanadi.
Postmodernchilar hatto badiiy asar tushunchasini
matn tushunchasi bilan almashtirishdi. «Matnlar dia-
logi» ma’nosini beruvchi intertekstuallik tushunchasi
keng istifoda etiladi. Bunda reallik va san’at o‘rtasidagi
chegara buziladi. Hech qanday individual asar yo‘q. Har
qanday asar jamoaviydir. Chunki asar umummadaniyat
negizida paydo bo‘ladi deyishadi. Fransuz yozuvchisi
Jak Rive qalamiga mansub «A.lik xonimlar» romani 408
muallif asaridan olingan 750 iqtibosdan iborat. Tasav-
vur qiling, qo‘lingizda bir roman turibdi. Kitob muqova-
sida muallif va asar nomi yozilgan. Lekin ichini varaqlar
ekansiz, u yerda birorta gap muallif tomonidan bitil-
magan, hammasi boshqalardan keltirilgan uzintilardir.
«Buning nimasi seniki?» – deb savol berilsa, «Bu fikrlar-
ni men yoqtirib tanladim va bir muqova ostida jamla-
dim, shuning uchun iqtiboslar romani menga tegishli»,
– deb javob beradi.
Postmodernchilar haqiqat, xarakter kabi tushuncha-
lardan voz kechishadi. Chunki haqiqatning mavjudligini
inkor qilishadi, hech qanday hodisa bir xil tarzda ifoda
qilinishi mumkin emas, uning cheksiz talqinlari bor (Nit-
sheni eslang), xarakter ham inson shakllanishining mu-
ayyan shartlari mahsulidir deb bilishadi.
Postmodernizm odamlarning begonalashuvini kel-
tirib chiqargan postindustrial jamiyatda paydo bo‘ladi.
Begonalashgan inson illyuzion dunyoda yashaydi, o‘zini-
ki va yotnikini farqlay olmay qoladi, begona til, begona
madaniyatni o‘ziniki kabi qabul qiladi va ularga suyan-
gan holda o‘z olamini yaratadi.
Postmodern matnda hamma narsa shartli, unda ki-
noya va parodiya ustun mavqeda turadi. Bu oqimning
mumtoz namoyandalaridan Umberto Eko: «Postmo-
dernizm modernizmga javobdir: modomiki, o‘tmishni
yo‘q qilib bo‘lmas, o‘tmishni yo‘q qilish soqovlikka olib
kelar ekan, demak, soddadillikni yig‘ishtirib qo‘ygan
ko‘yi uni kinoya bilan qayta ko‘rib chiqish kerak», –
deydi. Yozuvchining postmodernizmning mumtoz asa-
ri deb tan olingan «Atirgul ismi» (1980) romani bosh
qahramonlarining ismlari Konan Doyl asarlari qahra-
monlarining ismlarini yodga soladi. Bu falsafiy-detektiv
roman bo‘lib, voqealar o‘rta asrlar monastirida ro‘y be-
radi. Bosh qahramon Vilgelm Baskervilskiy qo‘lyozma-
larni o‘qib, kimga, nimaga oidligini aniqlashtirish bilan
shug‘ullanadi. Asar nomidagi «Atirgul ismi» so‘z birik-
masi shunchalar ko‘p ramziy ma’nolarga to‘lib ketganki,
natijada asl ma’nosini yo‘qotib ham qo‘ygan. Yozuvchi
romanni lotincha iqtibos bilan yakunlaydi. Unda «atir-
gul so‘ldi, lekin atirgul so‘zi (ismi) hali-hamon yasha-
yapti» deyilgan. Roman ikki qatlamdan iborat bo‘lib,
birinchi qatlam oddiy o‘quvchiga, ikkinchi qatlam esa
xos o‘quvchiga mo‘ljallangan (ikki tomonlama kod-
langanlik). Oddiy o‘quvchi asarni detektiv o‘laroq qa-
bul qiladi va qiziqib o‘qiydi. Xos o‘quvchi esa roman
qatlariga yashirilgan ramzlarni kashf qilib badiiy zavq
tuyadi. Binobarin, «Atirgul ismi» tarixiy va detektiv ro-
manning, adabiy va madaniy assotsiatsiyaning hamda
falsafiy masal va mistifikatsiyaning qorishishidan pay-
68
69
do bo‘lgan g‘oyat murakkab asardir. Bunday yo‘l tutish
postmodernizm asarlarida xos va avom saviyali o‘quv-
chi o‘rtasidagi chegarani buzib tashlashga qaratilgan.
Natijada elitar va ommaviy san’at o‘zaro yaqinlashadi.
Postmodern yozuvchilar, jumladan, R. Bax, P. Zyus-
kind, P. Koelo, X. Murakami kabi ijodkorlar zamonaviy
tamaddunning eng og‘riqli masalalariga e’tibor qara-
tishdi. Olmon adabiyotining zabardast namoyandasi
Patrik Zyuskind «Ifor» (1985) romanida bir shaxs siy-
mosida ham daho, ham yovuz maxluq jo bo‘lgan attor
(atir yaratuvchi) hayotidan hikoya qiladi. Asarning yuza
qismi o‘ta qiziqarli detektiv ruhida bo‘lsa-da, uning
tagma’nosi o‘quvchini jiddiy mushohadaga undaydi:
romanda hid obraz darajasiga ko‘tarilgan. Bu obraz-
ning ortida butun boshli zamonaviy dunyoning ma’na-
viy hayoti yashirilgan. O‘sha daho, ayni paytda, yovuz
maxluq – qahramon tomonidan ixtiro qilingan atir hidi-
ga odamlar ixtiyoriy ravishda bandi bo‘ladi. Atirga yeti-
shish, uni hidlash uchun hamma narsaga, hatto hayvon
qiyofasiga kirib ketishga tayyor olomonning ma’naviy
dunyosi ayovsiz fosh etiladi. Ayni shu xususiyat roman
«tarixiy detektiv», «psixologik drama» va yoki «qiziqarli
afsona» degan yorliqlar qolipini parchalab tashlaganini
bildiradi.
Amerikalik yozuvchi Richard Bax «
Dostları ilə paylaş: |