70
71
gan qirralar mavjud. Chunonchi, Murakami ezgulikning
kuchiga ishonuvchi romantikdir.
Yana jahon adabiyotida Italo Kalvino, Milan Kundera,
Milorad Pavich kabi postmodern oqimining yirik vakillari
borki, ularning asarlari ham qaysi bir jihatlari bilan bu-
gungi zamon nafasini o‘zida yorqin aks ettiradi, fikrlash-
ga, mulohaza yuritishga chorlaydi.
Bundan tashqari, fantastika janridan o‘zining
ayrim
jihatlariga ko‘ra farqlanib turuvchi
fentezi
janrida ham
qorishiq zamon ruhini aks ettiruvchi talay asarlar bitil-
di. Ularning eng mashhurlaridan biri Joann Rouling qa-
lamiga mansub «Garri Poter» sikl romanlaridir. Bu asar
ham o‘zining ko‘pgina xususiyatlariga ko‘ra postmodern
yo‘nalishiga yaqin turadi.
Xulosa shuki, postmodernizm jahon adabiyoti XX asr
oxiri va XXI asr boshlarida o‘zining eng gullagan dav-
rini
boshidan kechirdi, kechirmoqda. Shu bilan birga,
uchinchi ming yillik adabiyotining tug‘ilishiga o‘ziga xos
zamin tayyorladi. Zamonaviy jahon adabiyoti g‘oyat xil-
ma-xil, qorishiq va murakkab hodisalardan iborat bo‘lib,
u haqdagi, uning kelajagi borasidagi bahs-u munozara-
lar hali davom etadi.
O‘zbek adabiyotida postmodern izlanishlar, ayniq-
sa, nasrda yaqqolroq bo‘y ko‘rsatyapti. O. Muxtor,
X. Do‘stmuhammad, N.Eshonqul, R. Rahmat, I. Sulton,
M. Karim, Sh. Ahmedov, U. Hamdam kabi yozuvchilar
ijodida postmodernizmning turli ko‘rinishlari uchraydi.
Chunonchi, X. Do‘stmuhammadning «Jimitxonaga yo‘l»
hikoyasi D. Butsatining «Yettinchi qavat» hikoyasiga na-
zira yo‘lida yozilib, g‘arb hikoyasida aks etgan g‘arbona
qarash o‘zbek yozuvchisi asarida sharqona ruhda qayta
ishlanadi. O. Muxtorning qator romanlaridagi tushkunlik,
porakandalik, tushuniksizlik postmodern kayfiyatni aks
ettiradi. X. Do‘stmuhammad, N. Eshonqul va I. Sulton ijo-
didagi qator asarlarda («Donishmand Sizif», «Shamolni
tutib bo‘lmaydi», «Go‘ro‘g‘li», «Og‘riq muolajasi», «Boqiy
darbadar») jahon adabiyotidagi
birmuncha mash hur
asarlar syujeti, syujet chiziqlari yoki g‘oyasi olinib, badiiy
jihatdan qayta ishlanadiki, bu hol ham postmodern ada-
biyot dasturiga mosdir.
Hozirgi o‘zbek she’riyati ham o‘zining ko‘pgina, xu-
susan, shakliy-mazmuniy mundarijasiga ko‘ra o‘zgardi.
Shu bilan birga, ta’kidlash o‘rinliki, bugungi she’riyat
kechagi she’riyatdan uzilib qolgan alohida hodisa ham
emas. Ular o‘rtasida vorisiylik, uzviylik hamon davom
etmoqda. Bugungi o‘zbek she’riyati kechagi o‘zbek
she’riyatining eng yaxshi an’analarini davom ettirgan
holda jahon adabiyoti buloqlaridan ham suv ichyapti.
Kecha dunyoga «sotsrealizm»
tuynugi orqali qaragan
bo‘lsa, bugun uning tafakkuri erkin. Ayni mana shu
tafakkur erkinligi hozirgi zamon o‘zbek poeziyasini –
yangilangan o‘zbek she’riyatini vujudga keltirayotgan
bosh omildir. Shunga ko‘ra, har tomonlama boy she’ri-
yatimizga nazar tashlab, uning bag‘rida barcha yashov-
chan tamoyillarning izini ko‘rish mumkin: realizm, mo-
dernizm va postmodernizm kabi adabiy oqimlarning
turfa yo‘llarida yaratilayotgan bugungi o‘zbek she’riyati
shoir tafakkurining yagona mafkuraviy iskanjadan xoli
ekanligidan, boshqacha aytganda,
chinakam erkinli-
gidan dalolat. Yana shoirning qaysi yo‘nalishda qalam
tebratishi emas, qanday iste’dod bilan yozayotganligi
hamda azaliy muhoraba – ezgulik va yovuzlik jangida
oldingisining yonida tura bilishining muhimligi tobora
ko‘proq ayon bo‘lib bormoqda.
72
73
Bugun o‘zbek she’riyati ifoda usuliga ko‘ra taxminan
quyidagicha ko‘rinishga ega: 1. An’anaviy. 2. Xalqona.
3. Aruz. 4. Modern. 5. Sinkretik. Ammo dunyoqarashda
asosan ikki kuchning musobaqasini kuzatish mumkin. U
ham bo‘lsa an’anaviy va modern (shu jumladan, post-
modern) yo‘nalishlar o‘rtasidagi «musobaqa». Bunday
«musobaqa» hamisha bo‘lgan, bor va bunday keyin ham
davom etadi. Yaqin tariximizda u «an’ana va novatorlik»
deb atalgan.
2012-yil fevral oylaridan e’tiboran Rossiyaning
«Литературная газета»sida
postmodernizm haqida
qizg‘in bahs boshlanib, yil davomida har xil qarashlar
o‘rtaga tashlandi. Unda bir xil olimlar «postmoder-
nizm Rossiyada o‘z o‘rnini topmadi» deyishsa, boshqa
birlari «yo‘q, hali bunday deyishga juda erta, jamiyat-
da xaos bor ekan, postmodern bor bo‘laveradi» degan
fikrni ilgari surishdi. Xuddi shunga o‘xshash munozara
o‘zbek adabiyoti ilmi maydonida ham yuz berib tu-
ribdi. Bir tomon «modernizm degan unsur nafaqat
o‘zbek adabiyotiga, umuman, Sharq adabiyotiga,
Sharqning
tafakkur tarziga yot, u Yevropadan sun’iy
ravishda keltirilgan usul» desa, boshqa tomon «u ja-
miyatning yashash tarzi, kayfiyati» demoqda. Mayli,
bahs-munozara o‘z yo‘liga, ammo she’riyatning o‘zga-
rib-yangilanib borayotgani – fakt. Bundan ko‘z yumib
bo‘lmaydi. Keyingi 20 – 25 yil mobaynida jamiyatda
yuz bergan o‘zgarishlar zamonaviy o‘zbek she’riya-
ti qiyofasini belgilab berayotgani bor gap. «Haqiqiy
adabiyot, chinakam she’r bu – yuksak san’at» degan
shior ostida ijod qiluvchilar bir tomonda, ikkinchi yoq-
da esa omma kayfiyatini ask ettirayotgan qalamkash-
lar «lashkari» saf tortdi.
Postmodernizm – dunyoni tushunish va tushunti-
rishning bir yo‘li. San’at yo‘li, adabiyot yo‘li, dunyo-
ni anglash, his qilish yo‘li. Lekin u oxirgi yo‘l
degani
emas. Insonlar, jamiyatlar bor ekan, ularning kayfi-
yatlari, dunyoqarashlari, orzu-intilishlari-yu ehtiyojla-
ri ham bir joyda to‘xtab qolmaydi. Bas, inson doimo
yangi yo‘l qidiradi. U hayot ekan, izlanish ham hami-
sha barhayotdir.
Dostları ilə paylaş: