Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

ushbu hodisa Yan
-
gi o‘zbek adabiyoti emas, o‘sha Yangi adabiyotning 
ikkinchi to‘lqini degan nomga munosibroq. Aslida, 
nomdan ham muhimroq gap shuki, bugun ijodkor
-
ning badiiy tafakkur tarzi yangilandi, bas, Yangi ada
-
biyotning paydo bo‘lishi muqarrardir.


198
199
Rahimjon RAHMAT:
Shuni afsus bilan qayd etish 
lozimki, yozuvchilarimiz orasida hozirgi zamon ilmi, fal-
safasi, psixologiya fanidagi yangiliklarga ko‘pam e’tibor 
bermaydiganlari yetarlicha topiladi. Axir, birgina Freyd-
ning asarlari g‘arb kishisining realizm haqidagi tushun-
chalarini tubdan o‘zgartirib, adabiyot va san’atda tur-
li oqimlar vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Men, ismini 
aytmayman, o‘zim tengi bir necha yozuvchining ijodini 
jiddiy kuzatib boryapman. Dinlar, dunyo xalqlari tarixi
ilmdagi eng so‘nggi yangiliklardan boxabarligi ko‘rinib 
turgan bu yozuvchilarimiz chindan ham milliy nasrimiz-
da salmoqli o‘zgarishlar yasayapti. Aslida, o‘zbek nasri-
da jiddiy o‘zgarish sodir bo‘lib ulgurgan, faqat hozircha 
tanqidchilarimiz bu o‘zgarishni to‘la idrok etib, payqab 
ulgurishgani yo‘q.
Mening nazarimda, Ulug‘bek, yozuvchi ikki xil ho-
latda yaxshi asar yoza oladi: sayohat va ilm o‘rganish. 
Masalan, hammamiz sevib o‘qiydigan Xemingueyning 
hayoti faqat sayohatlarda o‘tgan, urush nima ekanligini 
anglash uchun uch marta urushga borgan. Ilm vositasi-
da ulkan yozuvchiga aylangan Borxes esa asosiy vaqtini 
kutubxonada o‘tkazgan. Oxirgi yillarda asarlari dunyoda 
mashhur bo‘lgan Koelo ham anchayin sirli ilmlar bilan 
shug‘ullangani ma’lum.
Jorj Oruellni olaylik. Juda ko‘p o‘zbek adiblari shu yo-
zuvchining asarlarini o‘qib ko‘rishmagan hali. Oruell si-
yosatni badiiy asarga aylantirgan. Buning uchun butun 
umr siyosiy hodisalar to‘g‘risida maqola yozadigan jur-
nalist bo‘lib ishlagan.
Sizning «Muvozanat» romaningiz, men bundan 
yaqindan xabardorman, atrofingizda sodir bo‘lgan va 
bevosita shaxsiy hayotingizga daxldor shiddatli hodi-
salar natijasida yozilgan. Ya’ni asaringizga asos bo‘lgan 
hayotiy materialni avval yashab o‘tib, keyin uni roman 
shaklida qog‘ozga tushirgansiz.
Nazar Eshonqul va Isajon Sulton rivoyatlar, asotirlar, 
ilm-fandagi yangiliklar, dunyoning turli burchaklarida 
sodir bo‘lgan turli davrlardagi tarixiy hodisalar vositasida 
inson qalbi, qismatini badiiy talqin qilib hikoyalar yozish-
yapti. Ular, aytish mumkinki, an’anaviy roman uchun arzi-
mas detal bo‘ladigan oddiy unsur-obrazni dunyoni ang-
lash vositasiga, universal ma’noga ega bo‘lgan ramzga 
aylantira olishadi. An’anaviy nasrimizda dehqon haqida 
yozilgan asarda bu kasb egasining hayoti, dunyoqarashi, 
dard-iztirobi aks etadi. Deylik, dehqon obrazi dunyoning 
tuzilishi haqida universal ma’no tashiydigan ramzga ay-
lanmaydi. Yangicha asarlarda esa dehqonning hayo-
ti maqsad emas, bir vosita sifatida tanlanadi, bu vosita 
orqali odam va olam haqidagi diniy-falsafiy xulosalari-
ni bayon qiladi. Demak, dehqon haqida asar yozishdan 
maqsad dehqon emas, yangicha prozaning muhim jihati 
shu – mavzu va qahramon vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Aytmoqchimanki, qo‘liga qalam tutgan ijodkor o‘zi 
yaxshi bilgan hayotiy materialni o‘ziga ma’qul uslubda 
qog‘ozga tushiraversin. O‘zbek o‘quvchisi uchun turli 
yo‘nalishlarda yozilgan juda ko‘p, rosayam ko‘p asarlar 
kerak.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin