Prezidentim iz demokratiyani u yoki bu mamlakatda qay darajada ekanligini
belgilovchi belgilarni umumlashtirib, shunday xulosaga keladi: «Jamiyatda
dem okratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor.
B ular - xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir.
H u k u m a t qarorlarining xalq tomonidan
qanchalik nazorat qilinishi, oddiy
fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir»1. Bu mezonlarda xalq
hokimiyatchiligini amalga oshirishni ta ’minlovchi asosiy holatlar ko‘rsatilgan.
D em okratiyaning prinsiplari to‘g ‘risidagi tushunchaga qaytsak, 0 ‘zbekistonda
demokratiya umum insoniy prinsiplarga asoslanishi Konstitutsiyamizda aniq
ko‘rsatib qo‘yilgan. Bular: inson, uning hayoti,
erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va
boshqa daxlsiz huquqlarning oliy qadriyat hisoblanishidir. Shu prinsiplar asosida
mam lakatim izda demokratiya amal qiladi.
D emak, demokratiyaning ham m a joyda e’tirof etilgan prinsiplari bu - inson,
u ning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa
daxlsiz huquqlari oliy
qadriyat hisoblanishidir. Boshqa barcha hodisa, voqealar shularga bo‘ysundiriladi.
E n g oliy qadriyat sifatida inson va uning huquqlarining e’tirof etilishi,
dem okratiyaning umuminsoniy prinsipi bo‘lib, shu narsa Konstitutsiyamizning
inson huquqlariga taalluqli boshqa barcha normalariga o‘z ta ’sirini ko‘rsatadi.
Demokratiya haqida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun uning shakllari
haqida tasavvurga ega bo‘lish lozim.
Demokratiyaning u m u m e’tirof
etilgan ikki shakli mavjud, birinchisi,
bevosita demokratiya, ikkinchisi, vakillik demokratiyasi. Bular xalqning irodasini
bildirishi, davlat ishlarida ishtirokining ko‘rinishi, usullaridir.
Bevosita demokratiya bir necha ko‘rinishlarda amalga oshiriladi. Bular:
saylovda
ovoz berish, saylanish, saylov kampaniyasida turli tadbirlarda ishtirok
etish; umumxalq muhokamasida, referendumda ishtirok etish;
turli organlar,
mansabdor shaxslarning faoliyatini nazorat etish; davlat organlariga murojaat
qilish va boshqalar. Bevosita demokratiyada har bir fuqaro davlat ishlarida
bevosita, to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri ishtirok etadi.
Vakillik demokratiyasi - saylov orqali prezidentni,
deputatlarni saylash va
ularga o‘z nomidan ish ko‘rish vakolatini berishda namoyon bo‘ladi.
Shunga e’tibor berish kerakki, saylovda demokratiyaning har ikki shakli
namoyon bo‘ladi. Bevosita demokratiyada saylovda ovoz berishda, saylov
tadbirlarida
ishtirok etilsa, vakillik demokratiyasida saylov natijasida fuqarolar
nomidan ish ko‘ruvchi vakillar vujudga keladi.
Vakillik demokratiyasining rivojlanishida siyosiy partiyalar,
nodavlat
tashkilotlar muhim rol o‘ynaydi. «Zero, siyosiy partiyalarsiz va jamoatchilik
harakatlarisiz respublikada vakillik demokratiyasini tasavvur qilib bo‘lmaydi»2.
Dostları ilə paylaş: