O. T. Husanov konstitutsiyaviy



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

yu.f.d.,
professor
X. R u zm etov 
- yu.f.d.
Sh. A sad ov 
- yu.f.d.
B. M u sayev 
- PhD,
dotsent
Mazkur «Konstitutsiyaviy huquq» 
fani bo‘yicha darslik oliy yuridik o‘quv 
yurtlarining bakalavr bosqichi ta’lim 
standartlari asosida yaratilgan.
Darslikda «Konstitutsiyaviy huquq» 
fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzu- 
lar 
yoritilgan. 
Darslikning 
tuzilishi 
(tizimi) 0 ‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. 
Unda Konstitutsiyaga shu davrgacha 
kiritilgan barcha o‘zgartirish va qo‘- 
shimchalar e’tiborga olingan. Darslik 
o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljal- 
langan bo‘lib, undan boshqalar ham 
Konstitutsiyani 
o‘rganishda 
foyda- 
lanishlari mumkin.
ISBN 978-9943-7580-6-3
9
7 8 9 9 4 3
7 5 8 0 6 3
© Husanov O.T., 2020-y., 
2021-y., 2022-y. 
© «Yuridik adabiyotlar publish», 
2020-y., 2021-y., 2022-y.


M a zk u r darslikni yoshlarga bilim berish
va tarbiyalashda uzoq yillar m ehnat qilgan
otam
-
Tillaboy H usatiov
va onam - Gulnora H usanovalarning
yorqin xotirasiga bag'ish laym a n.
K irish
«Konstitutsiyaviy huquq» fani O ‘zbekiston Respublikasining huquqiy fanlar 
tizimida alohida o‘rin tutadi. Chunki bu fan orqali huquq tizimida yetakchi 
huquq hisoblanuvchi «Konstitutsiyaviy huquq» o‘rganiladi.
Konstitutsiyaviy huquq yetakchi huquq tarmog'i bo‘lishi bilan birga, alohida 
o‘z predmetiga ega huquq tarmog‘i hamdir.
Konstitutsiyaviy huquq 
normalari jamiyatdagi eng muhim ijtimoiy 
masalalarni, ularning asosiarini tartibga soladi. Bular xalq hokimiyatchiligini 
amalga oshirish jarayonidan kelib chiqadigan «fuqaro-jamiyat-davlat» o‘rtasidagi 
munosabatlar hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy huquq - Konstitutsiyaviy tuzum asoslari, shaxsning 
huquqiy holati asoslari, jamiyat va shaxs munosabatlarini, ma’muriy-hududiy 
va davlat tuzilishi masalalari, hokimiyatni tashkil etish va ularning faoliyati 
bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat 
huquq tarmog‘idir.
Ana shu masalalar va ularni tartibga soluvchi huquqiy normalar esa
«Konstitutsiyaviy huquq» fanida o‘rganiladi.
«Konstitutsiyaviy huquq» fani mavjud ijtimoiy munosabatlarga huquq 
normalarining mos kelishi masalasini o‘rganib, ijtimoiy munosabatlarni yanada 
to‘g ‘ri tartibga solish, ularning rivojlanishiga imkon beradigan huquq normalarini 
yaratish, mavjudlarini takomillashtirish bo'yicha taklif ishlab chiqishni maqsad 
qilib qo‘yadi.
Konstitutsiyaviy huquq doirasida olib borilgan tadqiqotlar Konstitutsiyaviy 
munosabatlar va huquq normalarining takomillashuviga olib keladi.
Konstitutsiyaviy huquqning ta’lim jarayonidagi vazifasi - Konstitutsiyani 
o‘quvchilarga chuqur o‘rgatishdir. Bu fan orqali Konstitutsiyaning ahamiyati, 
vazifasi, funksiyasi, yuridik tabiati, davlat tuzilishi, hokimiyatni tashkil etish, 
shaxsning huquqiy holati, jamiyat, fuqaro, davlat munosabatlari o‘rganiladi.
«Konstitutsiyaviy huquq» fani faqat Konstitutsiyaviy huquq normalarini 
o‘quvchilar ongiga singdirish bilangina cheklanmay, u o‘quvchilarda qonunga, 
Konstitutsiyaviy tuzumga, 
boshqa fuqarolarga nisbatan hurmat hissini
3


shakllantirish vazifasini ham bajaradi. Konstitutsiyani chuqur bilish orqaligina 
Vatanga sadoqat, jam iyatga hurm at paydo bo‘lib, b elgilangan bu rch larn i 
ixtiyoriy bajarishga intilish vujudga keladi.
Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning sakkiz yilligi munosabati bilan 
o‘tkazilgan yig‘ilishda 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti o‘z nutqida 
«Nima uchun Konstitutsiyani o‘rganish кегак?» degan savolni o‘rtaga tashlab, 

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin