O. T. Husanov konstitutsiyaviy


 -§ . K on stitu tsiyaviy huquq - h u q u q n in g yetakch i sohasi



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

3 -§ . K on stitu tsiyaviy huquq - h u q u q n in g yetakch i sohasi
Har bir mamlakatning, jumladan, 0 ‘zbekistonning ham huquq tizimi mavjud. 
Huquq tizimi turli tarmoq huquqlari yig‘indisidan iborat bo‘lib, har bir huquq 
tarmoqlarining o‘z vazifasi va tartibga soluvchi predmeti mavjud.
9


Boshqa huquq tarmoqlaridan farq qilib, konstitutsiyaviy huquq ikki 
xususiyatga ega: birinchisi, uning mustaqil huquq tarmog‘i ekanligi bo‘lsa, 
ikkinchisi, yetakchi huquq hisoblanishidir.
Konstitutsiyaviy huquqning yetakchilik roli uning normalari bilan tartibga 
solinadigan ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati, yetakchiligi, boshqa huquqlar 
bilan tartibga solinadigan munosabatlar uchun asos, tayanch bo‘lishi bilan 
belgilanadi. Konstitutsiyaviy huquq shaxs va davlat munosabatlarining asoslarini
shaxsning huquqiy holati asoslarini, davlat va hokimiyat tuzilishini, ularni tashkil 
etish tartibi va faoliyatining prinsiplarini, davlatning nodavlat tashkilotlar bilan 
munosabati asoslarini o‘rnatar ekan, ana shu masalalarni tartibga soluvchi 
barcha tarmoq huquqlari uchun yetakchilik rolini o‘ynaydi.
Yana konstitutsiyaviy huquqning yetakchilik roli boshqa huquqlarning 
konstitutsiyaviy normalar orqali vujudga kelishida ham ko‘rinadi va nihoyat, 
konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbai Konstitutsiya ekanligi ham uning 
yetakchiligini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning 36-moddasi har bir kishining mulkdor bo‘lishga haqliligi, 
meros huquqi qonun bilan kafolatlanishini, 53-modda xususiy mulk daxlsiz 
ekanligi va davlat himoyasida bo‘lishini belgilar ekan, bu bilan mulkiy masalalarni 
tartibga soluvchi «Fuqarolik huquqi»ga asos soladi. 53-modda tadbirkorlik 
faoliyatini belgilashi bilan, «Tadbirkorlik huquqi» uchun asos bo'ladi. Xuddi 
shuningdek, konstitutsiyaviy huquqning boshqa normalari ham boshqa huquqlar 
uchun asos bo‘ladi, ya’ni, boshqa huquqlar o‘zining dastlabki nuqtasini, tayanchini 
konstitutsiyaviy huquq normalaridan oladi. Har qanday boshqa huquq tarmoqlari 
tartibga solayotgan ijtimoiy munosabatlarning asosi konstitutsiyaviy huquq 
normalari bilan mustahkamlangan. Boshqa huquq tarmoqlari konstitutsiyaviy 
huquq normalarida mustahkamlangan ijtimoiy munosabatlarni kengaytirib, 
aniqlashtirib, amalga oshirish mexanizmlarini belgilab, tartibga soladi.
Konstitutsiyaviy huquq nafaqat moddiy huquq uchun asos bo‘ladi, balki 
protsessual huquqlar: jinoyat protsessual huquqi, fuqarolik protsessual huquqlari 
uchun ham asos hisoblanadi. Masalan, Konstitutsiyaning 26-moddasida 
sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun sharoit yaratilishi, 
116-moddasida ayblanuvchi himoya bilan ta’minlanish huquqiga ega bo‘lishi 
ko‘rsatilgan ekan, bu qoidalar tegishli protsessual huquqlarda o‘z ifodasini topadi.
Konstitutsiyaviy huquq, huquq tizimida alohida, ya’ni yetakchi o‘ringa ega 
ekanligini boshqa holatlar ham ko‘rsatadi. Jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy 
sohadagi o‘zgarishlar konstitutsiyaviy huquq normalarida aks etishi bilan birga, 
huquqning boshqa tarmoqlari rivojiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Mamlakatimizda amal qilib turgan konstitutsiyaviy huquq normalari 
O‘zbekistonning davlat suvereniteti, shaxsning oliy qadriyat ekanligi, milliy 
davlatchilikning o‘ziga xos xususiyatlari, bozor iqtisodiyoti xususiyatlari va 
tamoyillarini o‘zida aniq aks ettirgan bo‘lib, ular boshqa huquq tarmoqlarida 
ham o‘z ifodasini topgan.
10


Konstitutsiyaviy-huquqiy normalarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, ular orqali:
- 0 ‘zbekistonning suverenligi, mustaqilligi to‘la ta’minlangan;
- inson huquq va erkinliklari xalqaro andozalarga mos ravishda belgilangan;
- shaxs va davlat munosabatlarida shaxs manfaatlarining ustuvorligi 
hisobga olingan;
- demokratik asoslarda va tamoyillarda hokimiyat tizimi va hokimiyatni 
amalga oshiruvchi organlar tizimi mustahkamlangan;
- eng asosiysi, konstitutsiyaviy huquq normalari har qanday mafkuradan 
ozod qilingan.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin