59
mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy
hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi,
sotish narxlari, bozorlarning
bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Sindikat
– bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha
korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga
mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o‘zida
saqlanib qolgani holda,
ular tomonilan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona
sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.
Trest
– ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi
mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs
ko‘rinishidagi birlashmasi.
Konsorsium
– tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini
birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli
loyihalarga juda kata miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki
investitsiyalar qo‘yish).
Konsern
– rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p
tarmoqli
korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari)
ning majmuini o‘z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma
ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan
tuziladi.
Dostları ilə paylaş: