narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar yoki determinantalar deb ataladi.
Talabga narxga bog‘liq bo‘lmagan quyidagi asosiy omillar ta’sir
ko‘rsatadi:
1)
Iste’molchilarning didi . Biror mahsulotga iste’molchi dididagi
ijobiy o‘zgarish ro‘y bersa, narxning har bir darajasida unga bo‘lgan talab
ortadi. Iste’molchi didiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlar talabning
qisqarishiga olib keladi;
2)
Bozordagi iste’molchilar soni . Shubhasiz, ularning oshishi talabni
ham oshiradi. Masalan, tug‘ilish darajasining oshishi go‘daklar uchun
kiyim - kechak hamda oziq-ovqat mahsulotlarga bo‘lgan talabni oshiradi;
3)
Iste’molchining pul daromadlari . Pul daromadining ortishi ko‘p
tovarlarga talabni nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday
tovarlarga talabni kamaytiradi. Daromad oshsa, uning o‘sishiga qarab
iste’molchilar aksariyat hollarda narxi yuqori bo‘lsada, ko‘proq sifatli
tovarlarni xarid qilishga harakat qilishadi. Masalan, non, kartoshka,
karam kabi mahsulotlarni kamroq sotib olib, yuqori oqsil tarkibiga ega
bo‘lgan go‘sht va sut mahsulotlarni ko‘proq xarid qilishi mumkin.
Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri bog‘liqlikda
o‘zgaradigan tovarlar
oliy toifali tovarlar deyiladi. Daromadlar
o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar
past toifali tovarlar deyiladi;
4)
Bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi . Bunday tovarlarni ikki
guruhga ajratish lozim: a) o‘zaro bir-birini almashtiruvchi yoki o‘rinbosar
tovarlar; b) o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar.
O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, sariyog‘ narxining oshishi margaringa
bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog‘ narxining pasayishi esa
margaringa bo‘lgan talabni kamaytiradi.