O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov


-rasm. Bolaning haqiqiy vaqtdagi va bir necha yillardan keyingi tasvirlari



Yüklə 5,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/94
tarix01.12.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#170959
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94
Kompyuter grafikasi o quv qo llanma

 
4.2-rasm. Bolaning haqiqiy vaqtdagi va bir necha yillardan keyingi tasvirlari. 
 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Tasvirlarni dastlabki qayta ishlash va kontrastni o`zgartirish. 
2. Tasvirlarni silliqlash. 
3. Shovqinni bartaraf etish usullari haqida gapiring. 
4. Fan va Fazo haqida tushuntiring. 
5. Kino sanoati haqida tushuntiring. 
4.1. Rastrli tasvirlarni matematik tasvirlash
 
Tasvirni ifodalovchi fazo yorug`lik energiyasining tekslikda tarqalishi 
natijasida hosil bo`ladi. Matematik tilda aytiladigan bo`lsa, yorug`lik energiyasining 
tarqalish fazosi deyish mumkin, quyida keltirilgan uzluksiz funksiya orqali 
ifodalanadi:
E(x
1
,x
2
)=E(x) 
Kompyuter qayta ishlayotgan vaqtda tasvirni emas, balki, diskret massivdan 
iborat raqamlarni qayta ishlaydi. Bunday hollarda tasvirni ikki o`lchovli nuqtalari 


60 
deb qaraladi. Nuqtalarni to`rini piksel deb yuritiladi (pixel yoki pel). Bu nom picture 
element (tasvir elementi) tushunchasini qisqartirib olish natijasida hosil qilingan. 
Piksel yorug`lik energiyasini to`rdagi mos o`rnini ko`rsatib beradi. Piksellar to`g`ri 
burchakli to`rda joylashadi. Piksellarni bunday holatini umumiy kelishuvga asosan 
matritsa shaklida joylshuvi deb yuritiladi. Dastlab qatorlar indeksini m deb, 
ustunlarni n deb belgilaylik va quyidagi rasmda keltirilgan: 
4.3-rasm. Kompyuter ekranidagi piksel to`ri. 
Agar raqamli tasvirda piksellar M 

N da bo`lsa, u holda matritsa o`lchami ham 


N bo`ladi. Ixtiyoriy pikselni koordinatasi ustun bo`yicha 0 dan N gacha, 
qatorlarda esa 0 dan M gacha oraliqda bo`ladi. Matritsaning mos holda vertikal o`qi 
y bilan gorizantal o`qi esa x bilan ifodalangan bo`lib, y o`q yuqoridan quyiga tomon 
o`sadi, x o`q esa odatdagi holatda chapdan o`ngga tomon o`sadi. Shu tariqa pisellar 
ikki o`lchovli matritsa yoki fazoda joylashadi. Piksel tasvirni shunchaki nuqtasi 
bo`libgina emas, balki, to`g`ri burchak bo`ylab xarakat tezligini, yorug`lik rangini, 
to`rni elementar yacheykasini anglatadi. Piksel to`rda joylashgan o`rnida yorug`lik 
energiyasini o`rtacha qiymatini ham beradi. Odatda tasvirlarda obyektlar turli 
yorug`lik energiyasiga ega piksellardan tashkil topgan bo`ladi. Ko`p hollarda 
tasvirdagi piksellarni turli tuman yorug`lik energiyalarida bo`lishi tasvirni tabiiyo 
ifodalashga xizmat qiladi. Biroq, unga ishlov berishga xar doim ham ijobiy xizmat 
ko`rsatmaydi. Chunki, tasvirdagi ranglar kompyuterda 2
32
yorug`lik energiyasida 
ifodalanadi. Bu esa tasvirdagi obyektni turli xil halaqitlardan tozalashga 
qiyinchiliklar tug`diradi. Bu haqida ikkinchi bobda batafsil keltirib o`tamiz. Shu 


61 
o`rinda qancha piksellar miqdori etarli? – degan savol tug`iladi. Bu savolga umumiy 
javob xali topilmagan. Sabab, ko`rish tizimi ma`lum bir masofadan kuzatayotgan 
piksellar razmeri shunday kichik bo`lishi kerak-ki, tasvirni yaxshi tushunish 
imkoniyatini bersin. Yana shunday aniq topshiriqlar pikselga qo`yiladi-ki, piksel 
imkoniyat darajasida kichik bo`lishi kerak-ki, ixtiyoriy o`rganilayotgan obyektni 
mayda zarra qismlarini ham yoritib bersin. Amaliy masalalarda pikselni o`lchami 
etarli darajada kichikligi katta rol o`ynaydi. Hozirgi texnik apparatlarni rivojlanishi 
ham shunga qarab, rivojlanmoqda va ularni narxi hamda imkoniyati ham “1 
dyuym”da piksellarning zichligiga qarab baholanadi. Amaliy masalalarda turli 
datchiklar orqali piksellar miqdori yoki sonini aniqlash talab qiladi. Xatoki, datchik 
matritsasining imkoniyati 1000x1000 elementga ega fazoni tashkil qilganda ham 
10
-3
tashkil qiladi. Albatta bu hol yaxshi emas, chunki, uzunlikni o`lchash, elektrik 
bosimni yoki chastotani, ya’ni boshqa 10
-6
dan yuqori imkoniyatdagi kuchlanishlar 
bilan qiyoslashda noqulayliklar tug`diradi. Biroq, shunday usullar bor-ki, ular 
alohida bitta nuqtani olib qayta ishlash imkoniyatini beradi. Chunki, bunday 
yondashuv 1000x1000 tasvirdagi bir million pikseldan bemalol foydalanish 
ta`minlaydi. Bu esa tasvirni uzatayotgan signallarni dinamik boshqaruvni ham 
ta`minlaydi. Raqamli tasvirlar uchun to`g`ri burchakli to`rlar sodda geometriya talab 
qilishi bilan qulaydir. Aks holda piksellarni boshqacha geometrik joylashtirish va 
elementar yacheekani geometrik shaklini ham tanlash kerak bo`ladi. Agar 2


o`lchovli fazoda klassik mavjud konfiguratsiyalarni qarab chiqadigan bo`lsak, 
uchburchakli, to`rt burchakli va kristal yacheykali to`rlarni uchratamiz ham quyidagi 
rasmda keltirilgan: 
4.4-rasm.2

D da uchta doimiy to`r: a – uchburchakli to`r, b – kvadrat to`r, v – geksogonal to`r. 


62 
Yuqorida keltirilgan to`rlarga asoslangan yacheekalarda piksellarni joylashishi 
orqali tasvirlar ekranda hosil qilinadi. Biroq, bulardan tasvirlarga raqamli ishlov 
berish uchun eng qulay va keng foydalaniladiganni 4.4-rasm (b) – da keltirilgan 
to`rdir.
Tasvirlarga raqam ishlov berish uchun kvadrat to`rlarga mos maskalar mavjud 
bo`lib, u quyidagi 4.5-rasmda keltirilgan: 
4.5-rasm.Kvadrat to`rlar uchun maskalar va obyektning ma`lum bir qismi. 
Hozirgi vaqtda 2

D o`lchovli fazoda 3

D o`lchovli tasvirlarga raqamli ishlov 
berish rivojlanib bormoqda. Uch o`lchovli tasvirdagi piksel “voksel” (voxel) deb 
yuritiladi – volume element (hajm elementi) so`zining qisqartma shaklidir. To`g`ri 
burchakli to`rdagi har bir voksel to`g`ri burchakli parallelepipedni o`rtacha yorug`lik 
darajasini beradi.[4] 
4.6-rasm.3

D o`lchovli fazodagi voksel. 
Dekart to`rida ifodalanayotgan giperkubik pikselning raqamli axborotini 
ta`minlaydi. Geometrik o`lchovni mos geometrik fazoga o`tib ishlash kompyuter 
grafikasida tasvirlarga raqamli ishlov berishda katta qulayliklar yaratadi. 

Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin