55
Yo, Q va U o`zaro quyidagi Eyler tengsizligi bilan bog`liq: Yo+U=Q+2.
Ko`pyoqliklarni qurishni ko`ramiz. Buning uchun ularni uchlarini topish
yetarli hisoblanadi.
Geksaedrni
(kub) qurish qiyinchilik tug`dirmaydi.
Tetraedrni
qurish uchun kubning qarama – qarshi yoqlaridagi ayqashgan
diagonallarini o`tkazish kerak.
Oktaedr
qurishda quyidagi xossadan foydalanamiz: oktaedrning uchlari kub
yoqlarining markazlariga (og`irlik) mos keladi, ya’ni yoqlar uchlarining o`rta
arifmetik qiymatlari.
Ikosaedrni
qurishni ko`ramiz. Z o`qida Z = ±0,5 markazi, r=1 radiusi va XY
tekisligiga parallel ikkita aylana o`tkazamiz. Har aylanani beshta teng bo`lakka
bo`lib, ularni rasmda ko`rsatilgan tartibga mos birlashtiramiz va ikosaedrning
yoqlarini tashkil qiluvchi o`nta muntazam uchburchakni olamiz. Qolgan yoqlari
uchun
𝑧 = ±
√5
2
nuqtalarini olamiz va mos aylanalarning nuqtalari bilan tutashtiramiz.
Dodekaedrning
uchlari
ikosaedr
yoqlarining
og`irlik
markazlari
bo`ladi.[4]
Dostları ilə paylaş: