Texnologik tuzilmaga ko‘ra sexlarda texnologik jihatdan bir xil jarayonlar
bajariladi. To‘qimachilik korxonalarida to‘quv, bezak berish sexlari, mashinasozlik
korxonalarida - quyish, termik, mexanik, yig‘ish sexlari.
Bunda ish o‘rinlarining
ixtisoslashuvi chuqurlashadi, ya‘ni har bir uchastkaga
ma‘lum bir texnologik operatsiyalar biriktiriladi.
Natijada ishlab chiqarishga
maxsus jihozlarni joriy etish imkoniyati kengayadi.
Afzalligi:
- progressiv texnologiya jarayonlarni qo‘llash imkoniyatining kengligi;
- asosiy vositalar va materiallardan to‘liqroq foydalanish imkoniyatining kengligi;
- texnik rahbarlikning soddaligi.
Kamchiligi:
- sexlar orasidagi kooperatsiya aloqalarining murakkablashuvi;
- ishlab chiqarish siklining uzunligi;
- transport xarajatlarining ortishi.
Ishlab chiqarish tuzilmasining buyumli turi sexlarning alohida turdagi
mahsulotlar, mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashuvi bilan xarakterlanadi.
Bunda mahsulotlarga to‘liq ishlov berish faqat bir sex doirasida amalga oshiriladi
va yakunlanadi. Masalan: mashinasozlik (avtomobilsozlik) korxonalarida shassi va
kuzov, motor ishlab chiqarish sexlari; tikuvchilik va poyafzal korxonalarida tikuv
sexlari va h.k.
Afzalligi:
- sexlar orasidagi kooperatsiya aloqalarini soddalashtiradi;
- mahsulot sifati yaxshilanadi;
- ishlab chiqarish sikli qisqaradi;
- rejalashtirish soddalashadi.
Kamchiligi:
- mahsulot turini ko‘paytirish imkoniyati qisqaradi.
Aralash tuzilmada turli belgiga ko‘ra ixtisoslashgan sexlar o‘zaro birga tashkil
etiladi. Masalan: tayyorlov sexlari texnologik belgiga ko‘ra,
ishlov beruvchi va
yig‘uvchi sexlar buyumli belgiga asosan tashkil etiladi.
Aralash
(buyumli-texnologik)
tuzilma
mashinasozlik,
tikuvchilik,
mebelsozlikda keng tarqalgan.
Ichki bo‘linmalarning mamuriy xo‘jalik xususiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish
tuzilmasi turli xilda bo‘lishi mumkin. Sanoatda ishlab
chiqarish tizimining sexli,
sexsiz, kombinat va korpusli ko‘rinishlari qo‘llaniladi.
Bular ichida sexli tuzilma keng tarqalgan. Sexsiz tuzilmai kichik korxonalarda
tashkil etilib, bunda sexlar o‘rnida ustaxonalar, atelyelar
yoki ishlab chiqarish
uchastkalari
tashkil
etiladi.
Ushbu
struktura
boshqaruv
apparatini
soddalashtirishga, boshqaruvchi bilan ishchining o‘zaro yaqinlashuviga olib keladi.
Kombinatli tuzilma yirik qayta ishlash korxonalarida qo‘llaniladi. Bunda ishlab
chiqarish bo‘limlari qat‘iy texnologik jarayon asosida tashkil etiladi. Korpusli
tuzilmada asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatish sexlari
bloklarga birlashtiriladi
va har bir blok alohida binoga (korpusga) joylashtiriladi. Bunda territoriyaga talab
kamayadi, transport xarajatlari qisqaradi.
Shunday qilib korxonalarda turli ko‘rinishdagi ishlab chiqarish tuzilmalari
tashkil etiladi. Asosiy maqsad ishlab chiqarish xususiyatidan
kelib chiqqan holda
samarali shaklni tanlash va shu orqali mavjud resurslardan unumli foydalanishdan
iboratdir.
Dostları ilə paylaş: