Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/108
tarix02.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#171063
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   108
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

 
Xulosalar 
Ishlab chiqarish jarayoni - mahsulot ishlab chiqarish uchun mehnat resurslari 
va ishlab chiqarish vositalari harakatlarining majmuidir, yoki boshqacha qilib ta‘rif 
berilsa, ishlab chiqarish jarayoni insonning mehnat qurollari yordamida mehnat 
buyumlariga maqsadga muvofiq ta‘siri. 
Texnologik jarayon buyumlar holatini o‘zgartirishga qaratilgan ishlab chiqarish 
jarayoni bir qismidir.


Texnologik operatsiya ish o‘rnining ishlov berilayotgan mahsulotning va 
ishchining o‘zgarmasligi bilan xarakterlanadi. Ana shu elementlardan birortasining 
o‘zgarishi bir operatsiya tugab ikkinchisi boshlanganidan dalolat beradi. 
Ishlab 
chiqarishni 
samarali 
tashkil 
etish 
tamoyillari: 
parallellik, 
proprsionallik,aniqlilik, uzluksizlik, maromiylik, ixtisoslashuv. 
Buyumlar
 
partiyasini tayyorlash sikli materiallarni ishlab chiqarishga kelib 
tushgan vaqtdan detallarni ishlab chiqarishni tugatishgacha bo‘lgan kalendar 
vaqtdir. 
Ishlab chiqarish sikli ko‘rsatkichi ichki rejalashda xususan korxona, sex, 
uchastka ishlab chiqarish dasturini asoslashda, mehnat buyumlarini ishlab 
chiqarish jarayonidagi harakati kalendar grafigini tuzishda, tugallanmagan ishlab 
chiqarish va aylanma vositalar miqdorini aniqlashda keng qo‘llaniladi. 
Texnologik sikl davomiyligi bajariladigan operatsiyalar mehnat sig‘imi va 
detallar partiyasining operatsiyadan mehnat buyumlarining harakat turiga bog‘liq 
bo‘ladi. Ishlab chiqarishda mehnat buyumlarining 3 xil harakat turi kuzatiladi- 
ketma- ket, parallel, parallel ketma-ket. 
Nazorat savollari 
1. Ishlab chiqarish jarayoni qanday elementlardan tashkil topadi? 
2. Ishlab chiqarish jarayoni deganda nimani tushunasiz? 
3. Ishlab chiqarish jarayoni qanday tarkibiy qismlardan tashkil topadi? 
4. Texnologik operatsiya deb nimaga aytiladi va qanday turlarga ajratiladi? 
5. Asosiy jarayonlar deb qanday jarayonlarga aytiladi? 
6. Xarakteriga ko‘ra qanday ishlab chiqarish jarayonlari ajratiladi? 
7. Ishlab chiqarishni samarali tashkil etishning qanday tamoyillarini bilasiz? 
8.Xizmat ko‘rsatish jaryoni qanday tarkibiy qismlardan tashkil topadi. 
9.Yordamchi jarayonlar deb qanday jarayonlarga aytiladi? 
10.Ishlab chiqarish sikli nima va uning tarkibi qanday? 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin