`
110
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
O’ZBEKISTONDA “BESH MUHIM TASHABBUS” VA UNI AMALGA
OSHIRISH UCHUN OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR
Abduvokhidova Shakhribonu
Samarkand State Institute of Foreign Languages
princess13082001@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.6554968
Annotatsiya:
Ushbu tezisda yurtimizda olib borilayotgan muhim islohotlar va
ularning aholi farovonligida tutgan o’rni, “Besh muhim tashabbus”
va uning
yoshlar o’rtasidagi ijrosi to’g’risida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar:
Besh muhim tashabbus, islohot, xotin-qizlar bandligi, ma’naviy va
ma’rifiy sohalar, internet hurujlari.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning
mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat,
sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan
toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini
shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini
yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga oladi.
Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan
bugungi dunyo manzaralarida
yoshlarimizning ma'naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh
vaqtini
mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi
ko‘rsatib turibdi. Shu bois prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim
tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki,
davlatimiz rahbari ijtimoiy,
ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha
5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edilar. Bu besh tashabbus quyidagilarni o’z
ichiga oladi:
Birinchi tashabbus
yoshlarning musiqa,
rassomlik, adabiyot,
teatr va
san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini
yuzaga
chiqarishga xizmat qiladi.