46
Bob yuzasidan namunaviy testlar
1. “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi” qachon qabul qilin-
gan?
a) 1948- yil 10- dekabrda; b) 1946- yil 10- dekabrda;
d) 1991- yil 18- noyabrda; e) 1945- yil 18- noyabrda.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining kirish qismi nima
deb ataladi?
a) Asosiy prinsiplar;
b) Muqaddima;
d) I bo‘lim;
e) Xotima.
3. Davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari va uslublari tizimi-
ning yuridik atamasini ko‘rsating.
a) Davlatning boshqaruv shakli; b) Davlatning tuzilish shakli;
d) Davlat funksiyasi; e) Siyosiy tartibot.
4. “Suverenitet” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
a) Davlatning o‘z ichki hayotida boshqa davlatlardan mustaqilligini;
b) Davlatning o‘z ichki hayotida va tashqi munosabatlarida boshqa
dav latlardan mustaqilligini;
d) Davlatning o‘z ichki hayotida va boshqa davlatlar bilan munosaba-
tida qaramligini;
e) Davlatning boshqa davlat tarkibida ekanligini.
5. O‘zbеkiston Rеspublikasining mustaqilligi qachon e’lon qilingan?
a) 1990- yil 20- iyunda; b)1991- yil, 31- avgustda;
d) 1992- yil, 10- dekabrda; e)1992- yil, 8- dekabrda.
6. “Demokratiya” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
a) Xalq hokimyatchiligini; b) Prezident boshqaruvini;
d) Yakka hokimlik; e) Mustaqillik.
7. Konstitutsiyada mustahkamlanganidek, O‘zbekiston bu – …
a) suveren demokratik respublika;
b) mustaqil demokratik respublika;
d) mustaqil xalq-demokratik respublikasi;
e) suveren, mustaqil demokratik respublika.
Dostları ilə paylaş: