Yer osti suvlarining balansi va zaxirasi gidrogeologik izlanish usullari suv resurslaridan okilona foydalanish va ularni muxofaza qilish



Yüklə 96,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix02.12.2023
ölçüsü96,56 Kb.
#171204
1   2   3   4   5
Yer osti suvlarining xarakat yonalishi va uni aniqlash usullari compressed

GIDROGEOLOGIK IZLANISH USULLARI 
 
Turli gidrogelogik sharoitda utkaziladigan gidrogeologik kidiruv ishlari uziga xos 
xususiyatlarga ega. Suvli gorizont turiga karab gidrogeologik kidiruv ishlarining 
tarkibi, xajmi, uslubiyati turlicha buladi. 
Bu xususiyatlarni yer osti suvlarining asosiy turlarini, ya`ni buloklar daryo 
voxasidagi yer osti suvlari, tog oldi rayonlaridagi yer osti suvlari va katlamlar 
orasidagi bosimli suvlarni (artezian suvlarni) kidirish misolida kurib chikamiz. 
Buloklarni kidirish 
1:50000 masshtabli gidrogeologik s`yomka yordamida 
bajariladi. Bunda asosan bulok suvining sarfi, ximiyaviy tarkibi, xarorati va boshkalar 


urganiladi. Katta buloklar chikadigan uchastkalarda burg kuduklari kovlanadi, bunda 
suvli tog jinslarining geologik-litologik tuzilishi aniklanadi, geofizik ishlar yordamida 
rayonning umumgeologik tuzulishi urganiladi, suvning yer gorizontiga chikish 
maydonlari belgilanadi. Bularning rejimi batafsil urganilib, suv ta`minoti uchun 
yarokliligi baxolanadi. Yirik buloklarni kaptaj kilish (ekspluatatsiyaga moslashtirish) 
tasdiklangan suv zaxiralari asosida olib boriladi. 
Daryo voxalaridagi yer osti suvlari 
tulik gidrogeologik ishlar kompleksi 
yordamida kidiriladi. Bu narsa allyuvial tog jinslari yer osti suvlariga boy bulishi 
bilangina emas, balki bu yotkiziklar tarkibining va filtratsion xossalarining 
uzgaruvchanligi bilan boglikdir. Daryo voxasidagi grunt suvlarini urganishda bu 
suvlar bilan daryo suvlari urtasidagi boglanishni aniklash katta axamiyat kashf etadi, 
bu esa uz navbatida yer usti suvlari xisobiga yer osti suvlarining ifloslanish darajasini 
aniklashga imkon beradi. 
Gidrogeologik kidiruv ishlari uch boskichda olib boriladi: kidirish ishlari, dastlabki 
razvedka va mufassal razvedka, yaxshi urganilgan rayonlarda esa dastlabki razvedka 
va mufassal razvedka boskichlarida olib boriladi. Bunda markaziy burg kudukdan suv 
chikarilib, ikki nur buyicha joylashgan 4 - 5 ta kuzatish kuduklarida yer osti suvlari 
satxining uzgarishi urganiladi. murakkab tabiiy sharoitga ega bulgan rayonlarda bir 
necha oy davomida tajriba-ekspluatatsion suv chikarish ishlari olib boriladi. Geofizik 
usullardan bu boskichda keng foydalaniladi. 
Mufassal razvedka boskichida olib boriladigan ishlar suv olish inshooti sxemasini 
kuzda tutgan xolda olib boriladi. 
Doimiy okar suvlarga ega bulgan daryo voxalarida suv olish inshootlari daryo 
kirgogiga parallel ravishda, shaxar va kishloklardan yukoriga tomon (okimga karshi) 
joylashtiriladi. Mufassal razvedka boskichida burgulangan kuduklar orasidagi masofa 
bir necha un metrdan bir necha yuz metrgacha bulishi mumkin, bu rayon tabiiy 
sharoitining murakkabligiga boglik. Kamdan-kam xollarda suvolish inshooti allyuvial 
suvli gorizont tarkalgan maydonda bir tekis joylashtiriladi. Buning sababi shundaki, 
daryo suvlarining sarfi vakt davomida bir xil bulmaydi. Mufassal razvedka ishlarida 
xal kilinadigan asosiy masalalardan biri suv olish inshootini tashkil etuvchi burg 


kuduklarining uzaro ta`sirini aniklash. Bu masalani xal kilish maksadida birdaniga 2 
va 4 ta kudukdan suv chikariladi. Xamma xollarda statsionar rejimli kuzatish ishlari 
olib boriladi. 
Tog yon bagirlaridagi suvli gorizontni urganish uchun butun maydon buylab 
mufassal gidrogeologik s`yomka ishlari olib boriladi. Burg kuduklari yer osti suvlari 
okimi yunalishi buyicha toglik rayondan tekislikka karab va unga perpendikulyar 
ravishda joylashtiriladi. 
Bunda chizikli tipdagi suv olish inshootining uzunligi 20 - 30 km ga yetadi. 
Kidirish uchun muljallangan burg kuduklarining uzunligi 200 - 300 m ni ba`zan 600 
m ni va undan ortikrokni tashkil etishi mumkin, bu suvli gorizontning kalinligiga 
boglik. Burg kuduklari kovlanib bulingandan sung suv chikarishning xamma turlari 
(bitta burg kudukdan; burg kuduklar gruppasidan, bir necha burg kudukdan baravariga 
tajriba-ekspluatatsion suv chikarish) utkaziladi. Tog oldi rayonlari yer osti suvlarining 
rejimi juda uzgaruvchanligi sababli, yer osti suvlarining rejimi uzok vakt urganiladi. 
Agar gidrogeologik sharoit yaxshi urganilgan bulsa, yer osti suvlarini tekshirish ikki 
boskichda olib boriladi: dastlabki va mufassal. Kup xollarda bu ikki boskichni kushib, 
suv olish inshootini loyixalash bir boskichda olib boriladi. 
Artezian suvlarining urganilganligi darajasiga karab kidirish ishlari uch, ikki 
(dastlabki va mufassal) boskichda olib boriladi yoki bir (mufassal) boskichda olib 
boriladi. 
Yaxshi urganilgan platforma tipidagi artezian xavzalarida gidrogeologik s`yomka 
ishlari utkazilmaydi. 
Mufassal razvedka ishlari uchun uchastkalar geologik va gidrogeologik materiallar 
asosida tanlab olinadi. Tanlangan uchastkalarda chukurligi 200 - 300 m, ba`zan 800 m 
va undan chukur bulgan burg kuduklari kaziladi. Xar bir kudukdan tajriba uchun suv 
chikarish ishlarining xamma turlari olib boriladi. Xar bir kudukda geofizik ishlar tulik 
utkazilishi shart. 
Boshlangich davrda xamma bosimli suvli gorizontlar urganiladi. Mufassal 
razvedka boskichida esa fakat istikbolli suvli gorizont urganiladi. artezian xavzalarida 
suv olish inshooti maydon tipida joylashtiriladi.



Yüklə 96,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin