Ishga doir etika va etiket.
Ishbilarmonlik etikasi - yaxshilik va yomonlik, ma’naviylik va axloqiylik, insonni
jamiyatdagi malum olni, hayoti va faoliyatining ma’nosi haqidagi tushunchalarga mos
keluvchi inson xulqining ta’limi va amaliyotidir. Ishbilarmonlik etikasi o‘z ichiga
menejer, har qanday ishbilarmon kishi qo‘yilgan maqsadlariga erishish uchun
suyanadigan ideallarni oladi. Ishbilarmonlik etikasi faoliyatining u yoki bu sohasida
tavakkalli, novatorli, halol, omilkor va qonuniy biznesni olib borishga asoslanadi.
Tadbirkorlik faoliyatining xili va uning alohida turlaridan qat’i nazar, ishbilarmonlik
etikasi, ya’ni milliy etnik an’analari va undan kelib chiquvchi qoidalarni hisobga olishi
kerak. Ishbilarmonlik etikasi menejerning xarakteri, uning qalbi, aqlining xususiyatlari,
motivatsiya, ma’lumoti va bilimlari darajasi, uning jamoada, jamiyatdagi insonlarga
nisbatan xulqi bilan chambarchars boglangandir. Obro‘, faxr, halollik, izzattalablik va
oliyjanoblik hamda muloyimlik menejerning ishbilarmonlik etikasi «arsenaliga» kiradi,
uni ijobiy ta’riflaydi.
Etik me’yorlar, huquqiy me’yorlardan farqliroq, rasmiy ravishda hech qayerda
yozilmagan va uzoq vaqt davomida «otalardan» «bolalarga», kattalardan kichiklarga, bir
avloddan boshqasiga og‘zaki ravishda uzatib kelingan. Ular asrlar davomida turli
xalqlarning ko‘pgina avlodlarining birgalikdagi faoliyati, jamoaviy turmushlari
jarayonida vujudga kelgan va madaniyatning asosiy yutuqlaridan biri bo‘lgan.
Qonunchilikni himoya qilishda qonunning u yoki bu moddasini buzganlik uchun
jazolovchi maxsus davlat idoralarida turgan huquqiy tartibga solishdan farqli ravishda
etik me’yorlarga rioya qilinganlik yoki rioya qilmaganlik ustidan nazorat qilish faqat
jamoaviy fikr va insonning vijdoni bilan amalga oshiriladi. Xuddi shuning uchun axloqli
bolish yoki bo‘lmaslik deyarli to‘liqligicha insonning shaxsiy ijobiy yoki salbiy irodasiga
bog‘liqdir.
Albatta, har qanday erkin tanlov omillarning ko‘pligi bilan asoslanadi, shunga qaramay
insonni zo‘rlab vijdonli qilish mumkin emas. Insoniy munosabatlar mavjud bolgan
hamma yerda axloq ham mavjud boladi, chunki jamiyatda yashab, undan toliqligicha
ozod bolish mumkin emas. Soglom fikrlovchi inson, o‘zining shaxsi va qadr-qimmatini
hurmat qilgan holda, u muloqotda bolgan har bir inson ham, o‘zining shaxsi va qadr-
qimmatini tan olinishini moljallaydi. Shu bilan birga etik me’yorlarning buzilishi ertami
yoki kechmi ijtimoiy yoki shaxsiy kulfatlar, baxtsizliklar, halokatlarga olib keladi, axloq
o‘zi uchun qasos oladi, negaki uning asosiy belgilanishi insoniyatni uning yagonaligida
saqlash, insonlarga o‘zlarining hamjamiyatlarini saqlab qolishlariga yordam berish, bir-
birlarini yo‘q qilishga yol qo‘ymaslik, ularning birgalikdagi faoliyatining
muvaffaqiyatiga ko‘maklashishdir. Shu sabablarga kola, iqtidorli tadbirkorlar, yirik firma
va kompaniyalarning rahbarlari o‘z jamoalari ishini tashkil etishda etik me’yorlarga katta
ahamiyat beradilar. Insonlarning ishga doir munosabatlari o‘zaro hurmat, o‘zaro yordam
va har qanday xodimning shaxsiga e’tibor qaratish asosida qurilgan joyda hamma vaqt
ham ishonchlilik darajasi va muvaffaqiyatning garovi faqat ma’muriy boshqaruv va
nazoratga suyanuvchi tashkilotlarga qaraganda yuqoridir. Tadbirkorlarning ishga doir
faolligi jarayonidagi bir tomondan ular o‘rtasidagi va boshqa tomondan tadbirkor, davlat
va jamiyat oltasidagi o‘zaro munosabatlarni ijobiy belgilab beruvchi asosiy etik sifat
halollikdan iboratdir. Halollikni talab qilinishi inson larni ularning ijtimoiy amaliyoti
jarayonida birgalikda faoliyat yuritishlari zarurligi, ular faoliyatini o‘zaro
muvofiqlashuvi, ularning kundalik hayotlari ehtiyojlari bilan asoslanadi. Halollik o‘z
ishiga to‘g‘rilik, o‘z fikrida qattiq turish, o‘ziga olgan majburiyatlarga sodiqlik,
qilinayotgan ishning to‘g‘riligiga subyektiv ishonch, tadbirkor o‘zining tijorat faoliyatida
amal qiladigan molivatsiyaga nisbatan boshqalar va o‘zining oldida sofdillik, boshqa
insonlarning ularga qonunan tegishli bolgan huquqlarini tan olish va rioya qilish kabi
ijobiy axloqiy belgilarni oladi. Tadbirkorlarning guruhli birdamligi asosida, hozirgi
vaqtda o‘zaro yordam talabi ba’zan ziddiyatli namoyon bolsa ham, ular oltasida o‘zaro
yordam vujudga keladi va rivojlanadi. Bir tomondan tadbirkorlar oltasidagi
munosabatlarda raqiblik tamoyili amalda bolsa, boshqa tomondan ular ayrim hollarda
bir-birlariga o‘zaro yordam va qollab-quvvatlashlarni kolsatishlari mumkin (yetkazib
berilgan tovarlarga haq tolash muddatlarini ko'chirish, imtiyozli shartlarda kreditlar
berish qismi bo‘yicha).
Biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun menejerlarga ishbilarmonlik etikasining asosini
egallash muhimdir. Boshqaruv amaliyoti etik me’yorlarni, ya’ni kasbiy etikaning
postulatlari (isbotsiz qabul qilinadigan qoidalar)ni ishlab chiqqan, ular tadbirkor,
menejerning etik kodeksi deb ataluvchi asosida yotadilar.
Ya’ni madaniy tadbirkor, menejer:
— o‘z mehnatini nafaqat o‘zi uchun, balki boshqalar, jamiyat, davlat uchun foydali
bolishiga ishonishi;
— atrofida olab turgan insonlar ishlashni xohlashlari va bilishlari, o‘zlarini tadbirkor
bilan birga kolsatishga intilishlaridan kelib chiqishi;
— biznesga ishonishi, uni o‘ziga jalb qiluvchi ijod sifatida baholashi, biznesga san’atga
qaragandagi kabi qarashi;
— raqobatning zarurligini tan olishi, ammo hamkorlik zarurligini ham tushunishi;
— o‘zini shaxs sifatida, har qanday shaxsni esa o‘zi kabi hurmat qilishi;
— har qanday mulkni, davlat hokimiyati, ijtimoiy harakatlar, ijtimoiy tartib va
qonunlarni hurmat qilishi;
— o‘ziga va boshqalarga ham ishonishi, kasbiy mahorat va omilkorlikni hurmat qilishi;
— ta’lim, fan va texnika, informatika, madaniyatni qadrlashi, ekologiyani hurmat qilishi;
— yangiliklarga intilishi;
— insonparvar bolishi kerak. Shu munosabat bilan 1912-yilda Rossiya savdogarlari
gildiyasi tomonidan shakllantirilgan ishbilarmon kishining tamoyillari g‘oyatda ibratlidir:
— hokimiyatni hurmat qil;
— halol va to‘g‘ri bo‘l;
— xususiy mulkchilik huquqini hurmat qil;
— insonni sev va hurmat qil;
— so‘zingga sodiq bo‘l;
— mablaglaring bo‘yicha yasha;
— maqsadga intiluvchi bo‘l.
Menejer uchun yana ma’lum ijtimoiy muhitda vujudga kelgan xulq-atvor qoidalari -
ishbilarmonlik etiketini bilish hamda unga rioya qilish ham muhim ahamiyatga egadir.
Etiket
- inson xulq-atvorini tartibga solishning shakllaridan biridir. Ammo etiket
qoidalari g‘oyatda rasmiy xarakterda boladi va kishining oldiga erkin tanlash
muammosini qo‘ymaydi. Ularni bilish va rioya qilish zarur. Etiket tili ko'proq
umuminsoniy odob talablarini aks ettiradi, ammo bunda odamlarning yoshi, xizmati,
jinsiy farqlarini tartibga soladi, unda vaziyat oldindan kelishib olinadi va aniq
harakatning tayyor modellari taklif qilinadi. 236 Etiketning xususiyati uning dialogli
ekanligidir, ya’ni etiket barcha bir-birlari bilan muloqot qilayotgan kishilar uning
qoidasini bilishlari va «bitta tilda so‘zlashishlarini» ko‘zda tutadi. Masalan, agar kishilar
uchrashganda bir-birlari bilan albatta salomlashishga odatlanmagan bo‘lsalar, sizning
salomingizga hayratli qarash bilan javob qaytarishlari mumkin. Ammo madaniylashgan
muhitda etiket qoidalarini umumiy bilish ko'zda tutiladi va shuning uchun ularga rioya
qilish zarur. Insonning umumiy madaniyati ko‘pgina tarkibiy qismlardan vujudga keladi,
shu jumladan uning tarbiyasini ichki namoyon qilishni ham tashkil qiladi. Ishbilarmon
kishining kiyimi uning jamiyatda tutgan o‘rni, qaddi-qomati, yoshi va u qayoqqa
ketayotganligini hisobga olishi kerak.
Mutaxassislarning fikricha, ishbilarmon erkak kishi uchta kostyumga ega bo‘lishi kerak:
ishchi, ishbilarmonlik va kechki. Buning ustiga galstuk barcha hollarda ham kiyimning
muhim predmeti boladi. Ishchi kiyim — avvalo oddiy kostyum (shim ka kamzul) hamda
shim va charmdan kamzul, yaxshi tikilgan kurtka bolishi mumkin, ammo barcha sanab
olilgan hollarda ham muqarrar shart — ko‘ylak va galstuk.
Erkak kishining ishbilarmonlik kostyumi — har qanday rangdagi shim va kamzul,
tegishli ravishda tanlab olingan ko‘ylak va galstuk. Ishbilarmon kishining kechki
kostyumi moda tomonidan belgilanadi. Asosiysi erkak kishining ko‘chalik, bayram,
kechki kiyimi albatta bir xil rangdagi shim va kamzuldan tashkil topgan bolishi kerak,
muqarrar shart — oq ko'ylak.
Ishbilarmon ayolning kiyimida yetakchi rangdagi ikki-uchta predmet bolishi kerak. Agar
sizda qora yubka va kamzul bolsa, unda yo qora tufli yoki qora sumkaga ega bolishga yol
qo‘yiladi. Ayolning universal kiyimi yubka, bluzka hamda ayollar ko‘ylagi va kostyum.
Kechki kiyimi ko‘ylak, ko‘ylak-kostyum.
Avvalo ayolni soch turmagi, keyin tufli, sumka va zargarlik buyumlari bezaydi. Hamma
uchun umumiy qoida: kiyim bo‘yicha kutib oladilar, aql bo‘yicha kuzatadilar. Nutq
madaniyati — kishining o‘qimishliligi, tarbiyaliligi va umumiy madaniyatining
ko‘rsatkichlaridan biridir. Firmaning muvaffaqiyatli faoliyati, uning imidji ma’lum
darajada uning rahbarlari va xodimlari qanchalik to‘g‘ri tilda so‘zlashish!ariga, ular
yozishmani qanchalik savodli va adabiy tilda olib borishlariga bog‘liqdir.
Inson nutq madaniyatining umumiy alomatlari mavjud: nutqning to‘g‘riligi; tilning
boyligi (o‘ziga xosligi); qisqalik; ravshanlik va aniqlik; jo‘shqinlik. Ma’lumki, qisqa va
sodda gaplar quloqda oson qabul qilinadi, ammo qisqa jumlalarning ko‘pligi nutqning
bolinib chiqqan va keskin qiladi, u ravonlik, ma’noli va ritmik butunligini yo‘qotadi.
Uzun jumla uning aniq mantiqiy va intonatsiyali bolinishi sharoitida notiqqa fikrlarning
o‘zaro aloqasi va harakatini kolsatish, hissiyotli keskinlikni o‘stirish va pasaytirish,
nutqning ravonligini his qilinishini yaratishga yordam beradi. So‘zni to‘g‘ri qollash nutq
madaniyatining muhim elementlaridan biridir. So‘z faqat u o‘zining ma’nosiga toliq mos
holda qollanilganda va boshqa so‘zlar bilan biriktirilganda eshituvchilarga ta’sir qiladi.
Ko‘pgina hollarda nutq madaniyati va til sezgisi to‘g‘ri qaror qabul qilishni aytib turadi,
ammo kuzatishlar so‘zni qollashdagi bir qator tipik xatolarni aniqlaganlar.
Ulardan eng muhimlarini kolib chiqamiz:
- an’anaviy qabul qilingan adabiy qollanishning buzilishi;
— paronimlar, ya’ni eshitilishi bo‘yicha yaqin, ammo ma’nosi bo‘yicha har xil bir
o‘zakli so‘zlarni qollash bilan bogliq xatolar;
— tavtologik birlashmalar, ya’ni ma’nolari asosan mos keluvchi so‘zlar birlashmalari
qollanilishi, ya’ni «o'zining avtobiografiyasi», «erkin vakansiya» va h.k. - kulguli
vaziyatni keltirib chiqaruvchi uslublarni asoslanmagan holda aralashtirib yuborilishi
(uslubli har xillik).
Masalan, "Korxona rejaning orbitasiga chiqdi». Oddiy kundalik ishlar haqidagi
qarorlarda yuqori uslubli so‘zlarni o’rinsiz qollanishi jumlaning uslubistik tuzilmasini
buzib yuboradi — barqaror so‘z birikmalari yoki fraziologik birliklarning ko‘rinishini
qonunsiz o‘zgartirilishi. Ma’ruzalarda hali ham «u asosiy skripkani o‘ynayapti»
(«birinchi skripka»ning o‘rniga)ni eshitish mumkin. Eshituvchilarning asosiy e’tibori
asosan aytilganlarning ma’nosini idrok etishga jamlangan, ammo bunga faqat notiqning
nuqsonsiz talaffuzidagina erishish mumkin. U so‘zining odatdagi shaklini buzsa, urg‘uni
noto‘g‘ri qo‘ysa, auditoriya darhol noma’lum eshitilishni xotirasida saqlanadigan etalon
bilan, beixtiyor taqqoslash bilan javob qaytaradi.
Nutq ham qisqa va lo‘nda bolishi kerak. Qisqalik «so‘zlar uchun tor, fikrlar uchun keng
bolishi» kabi gapira olishni bilish, fikrlarni aniq, lo‘nda va shu bilan bir vaqtda jo‘shqin
bayon qilish qobiliyatini bildiradi. Gapni cho‘zib yuborish esa notiqning uslubistik
beparvoligi, savodsizligini yoki gapirayotgan predmeti haqidagi tasavvurlarining
noaniqligi haqida darak beradi. Ba’zida gapni cho‘zib yuborish haqiqiy maqsadlarni
jumlalar oqimi bilan yashirish uchun foydalaniladigan demogogiyaning atayin qilingan
usuli, vositasi boladi. Gapni cho‘zib yuborishni bartaraf etish nutqda «mana», «shunda»,
«tushunasizmi», «aytish mumkinki», «aytaylik», «qisqacha qilib aytganda», «demak»,
«umuman» kabi parazit kirish iboralaridan xalos qilishni bildiradi, ular ma’naviy
yuklamaga ega bolmaydilar. Kirish so‘zlari jonli og‘zaki nutqning belgisidir, ammo ular
to‘xtovsiz takrorlansa va o’rni bolmagan joyda qollansa parazit so‘zlarga aylanadi.
Qoidaga ko’ra, so‘zlovchi parazit so‘zlarni sezmaydi, ammo ular quloqqa o‘qday
sanchiladi, auditoriyaning g‘ashiga tegadi. Samarali nutqning eng yomon dushmani keng
mulohazadir.
Isbotlanganki, hozirgi auditoriya umuman «umumiy joylarni» ma’qul ko‘rmaydi, ya’ni
hech qanday yangilikka ega bo‘lmagan nutqni qabul qilmaydi. Ifodali nutqqa ega bolish,
uslubistik shakllar va fraziologik birikmalardan erkin foydalanishga olganish uchun
badiiy adabiyot, mashhur notiqlarning nutqlarini muntazam ravishda mulohaza bilan
olganish hamda doimiy ravishda ma’lumotnomalar, lug‘atlar va boshqa manbalarga
murojaat qilish kerak. Notiqlik san’atini egallab turib, ko‘proq tabiiy nutqqa intilish,
tashqi chiroyli va yolg‘ondakam ruhlanishga qarshi kurashish kerak. Bunda o‘zining
imo-ishoralariga e’tibor qaratish kerak. Notiqlik san’atida imo-ishoralarga ishontirish
usuli sifatida yol qo‘yiladi, ammo aslida «qollar bilan gapirish» mumkin emas.
Keltirib o’tilgan tavsiyalarni hisobga olgan holda, shu bilan birga o‘zining so‘zga
chiqishining shaxsiy usuli ni ishlab chiqish zarur. Gap shundaki, o‘zini o‘zi kolsatishi va
muloqot jarayoni K.S.Stanislavskiy ta’kidlab o’tganidek, «bir vaqtda tabiatimizning
barcha aqliy, tuyg‘uli, ruhiy va jismoniy kuchlari bilan bajariladi». Menejerning qo’li
ostidagilar, hamkasblari bilan ishga doir munosabatlari muhim ahamiyatga egadir.
Bunga avvalo insonning liftdagi, ko‘chadagi, idoradagi xulqi, ya’ni uning imidjini
yaratadiganlarning barchasi kiradi. Shuning uchun rahbar jamiyatdagi xulq-atvor
qoidalarini bilishi zarur. Mana ulardan ba’zi birlari. Har qanday boshliq qoli
ostidagilarning xonasiga kirmasin, xona xo‘jayini yoshi va jinsidan qat’i nazar qolini
uzatadi. Faqat tashqaridan kelayotgan kishiga yoki stol orqali qolini uzatish mumkin
emas. Agar siz keluvchining oldiga xotirjamlik bilan yaqinlashsangiz, qol uzatib
salomlashsangiz, joy kolsatib olirishni taklif qilsangiz to‘g li boladi. Jamoat joylarida
xizmatdoshlarga qolni uzatish shart emas. Bosh egish yetarlidir. Bunda yoshlar boshni
chuqurroq egishlari kerak. Qoli ostidagilar bilan idoradan tashqarida do‘stlashish kerak.
Ishda bunday munosabatlar faqat zarar keltiradi. Ishga doir o‘zaro munosabatlar hurmatli
va teng, ammo talabehan bolishi kerak, chunki shunday vaziyatlar boladiki, rahbar u yoki
bu vazifani bajarilishini talab qilishi mumkin. Har qanday rahbarga uning qoli
ostidagilarga ertalabdan «qilolmayman, istamayman, kerak emas, mumkin emas» deyish
tavsiya etilmaydi.
Yaponiya va shtatlari rahbarlari orasida shunday fikr tarqalganki, agar xodimga kun
boshida salbiy kayfiyat berilsa, uning butun kuni salbiy belgi ostida oladi. Majlislar va
kengashlar ishtirokchilari bilan yo hamma bilan soat millari bo‘yicha qol berib
salomlashish yoki oddiygina boshni egish kerak. Bitta yoki bir necha xodimlarga alohida
munosabat jamoadagi odamlarning yaqinligi va o‘zaro bir-birlarini tushunishlariga
yordam bermaydi. Insonlarning izzat-nafsini hurmat qilishi kerak. Har qanday tanqid
adolatli, asoslangan va to‘g‘ri bolishi lozim. Norasmiy, yurakdan tabriklash har qanday
jamoada ham yuqori baholanadi. Ba’zida oylik maoshdan kola, rahbarni kelib, xodimlar
oldida unga tashakkur bildirishi muhimdir. Ishbilarmonlik etiketi e’tiborni qaratish uchun
zarur muhim qoidasi vaqt va va’dalarda aniqlikka rioya qilishdan iborat boladi. Axloq
nuqtayi nazaridan o‘z vaqtida kelmaslik, intizomsizlik — hamkor va boshqa kishining
vaqti va manfaatlariga nisbatan hurmatsizlik yoki pisand qilmaslikni namoyon
qilinishidir. Muzokaralarni olib borish uslubi muhim ahamiyatga egadir.
Ta’kidlash joizki, har bir muzokara noyobdir: ya’ni har gal muhokama uchun yangi
mavzu yangi sharoit va yangi ishtirokchilar. Ammo ularni faoliyatning boshqa turlaridan
ajratib turuvchi qandaydir umumiylik bor: muzokaralar jarayoni, uni tashkil etilishi,
muzokaralarni olib borish uchun ishbilarmonlik dunyosida qabul qilingan barcha
shartlarga rioya qilish, ishtirokchilarning o‘zaro munosabatlari. Muzokaralarning muhim
bosqichlaridan biri unga tayyorgarlikdir. Xuddi ushbu bosqichda muzokaralarning
muvaffaqiyatiga asos solinadi. Tayyorgarlik ishi ikkita asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga
oladi: tashkiliy masalalarni hal qilish va muzokaralarning asosiy jarayonini ishlab
chiqish. Tashkiliy masalalarga quyidagilar kiradi: hamkorlarni qabul qilish dasturini
tuzish; ishtirokchilar guruhi (delegatsiyasi)ni shakllantirish; joy va vaqtni belgilash; har
bir majlisning kun tartibini tuzish; manfaatdor tashkilotlar bilan ularga tegishli
masalalarni kelishib olish va h.k. Muzokaralarning asosiy jarayoniga tayyorgarlik
kolishda muammolar va ishtirokchilarni ularni hal qilishidan manfaatdorligi tahlil
qilinadi; muzokaralarga umumiy yondashuv shakllantiriladi, ularda shaxsiy nuqtayi nazar
va natijalarning ehtimoliy variantlari belgilanadi. Ko‘zda tutilmagan holatlarni
xotirjamlik bilan tartibga solish uchun asosiysi esa muzokaralarda hamkorlikka tegishli
bo‘lgan barcha masalalar kolib chiqilishi uchun reja tuzish zarur. Keyin esa tasavvurdagi
hamkor bilan suhbatni «o‘ynash», unga tuzatishlar kiritish maqsadga muvofiqdir.
Suhbatga sinchiklab tayyorlanish lozim.
Hamkorning savollariga nafaqat javob qaytarish, balki moljallangan tadbirning barcha
asosiy jihatlarini, texnik detallarni toliq bilish bilan izohlab berish zarur. Eng yaxshisi
uchrashuvchi hamkor ustida ishlay olishi uchun uning tilida tayyorlangan konspekt yoki
ma’lumotnomali materiallar bilan borish zarur.
Alohida e’tiborni bolg‘usi bitimning yuridik jihatlari - qo‘shma korxonalar va eksport-
import bitimlari haqidagi qonunlar va mintaqaviy hokimiyatlar qarorlariga mos keluvchi
qonunchilik hujjatlarini olganishga qaratish kerak.
Xorijiy hamkorlarni ko'pincha biz nazarga ilmagan oddiygina narsalar qiziqtiradi,
masalan, qo‘shma korxona tashkil etilayotgan tumandagi yol qoplamasining sifati.
Muzokaralarni muvaffaqiyatli olib borish uchun birinchi uchrashuv oldidan hamkor
firma haqidagi barcha ehtimoliy axborotlarni yig‘ish zarur.
0 ‘zaro ishonchga erishishda shaxsning jihatlari juda muhim rol o‘ynagani sababli,
hamkor firmaning rahbari haqida muzokaralar olib borish kerak boladigan shaxslar
haqida bilib olish Ibydalidir. Va agar firma vakili bilan suhbatda siz uning firmasi
ishlaridan xabardorlikni namoyon qilsangiz, bu shubhasiz, yaxshi taassurot qoldiradi.
Muzokaralar mavzusi xususiyatlarini oldindan o‘rganish sherikka yanada samaraliroq
ta’sir kolsatadi. Hamkor bilan uchrashuvga tayyorgarlik kolayotganda, o‘zining taktik
yolini belgilab olish zarur. Buning uchun ma’lum laktik yo‘llarni o‘zlashtirish foydalidir,
ularni muzokaralar borishida qollash mumkin. Muzokaralardagi ruhiy jihatdan asosiy
vazifa suhbatdoshni ko‘ndirish, uni o‘zingizga zarur narsani qilishni istashiga majbur
qilishdir. Bunda muzokaralar muloyim ohangda olib borilishi, beadab va qo‘pol usullar
istisno qilinishi kerak. Ammo muzokaralar o‘tkazishning judayam jiddiy va rasmiy usuli
ham muvaffaqiyat keltirmaydi. Hech qanday holda ham o‘zi uchun bir tomonlama foyda
olishga intilish kerak emas. Avvalo, hamkorni o‘z taklifi bilan qiziqtirish zarur. Suhbatni
shunday olib borish kerakki, sherigingizni o‘zi sizdan nimani eshitishni istayotganligini
aytsin. Buning uchun muammoga uning nuqtayi nazaridan qarash zarur.
Muzokaralarning muhim jihatlaridan biri — sherikka e’tiborli munosabatdir. Agar siz
unga o‘zingizni manfaatli eshituvchi qilib ko‘rsatsangiz, bu eng yoqimli xushomaddir.
Har qanday suhbatdosh muzokaralarda u o‘zining barcha muammolarini aytib bolguncha
uni indamasdan eshitadigan sabrli eshituvchi mavjud bolishidan mamnun boladi.
Suhbatni fikrlarga qarama-qarshilik bolgan masalalardan boshlamaslik kerak. Suhbatdosh
muzokaralarning boshidanoq «ha» deb javob berishi va uni iloji boricha «yo‘q» so‘zidan
to‘xtatib turish zarur. Kishilar suhbatni aql bilan oddiy mavzudan boshlashlari tasodifiy
emas, masalan, ular ob-havo haqida fikrlar almashadilar, qoidaga ko‘ra, bunda nuqtayi
nazarlar mos keladi. Yoki tasdiqli javobni oldindan bilgan holda savol berish mumkin.
Yana hamkorning taklifiga salbiy javob qaytarishga shoshilish kerak emas.
D.Kornegi qoidasiga kola kishilarni sizga kerakli nuqtayi nazarga moyil qilishga imkon
beruvchi qoidani kolsatadi: ya’ni «boshqalarning fikrlari va istaklariga hamdardlik
munosabatida boling». Maqtovdan keyin yoqimsiz so‘zlarni aytish psixologik to‘g‘ridir.
D.Kornegi umuman tanqidga qarshi, chunki uning fikriga kola, u nafaqat kutilgan
natijani bermaydi, balki vaziyatni chigallashtiradi. Agar sizda suhbatni borishida
qiyinchiliklar vujudga kelsa, e’tiborni nuqtayi nazarlarga emas, manfaatlarga qarating.
Ehtimol, sizlarda manfaatlar umumiydir. Agarda muzokaralar muhiti murakkablashib
ketsa, uni yumshatish uchun barcha narsalardan foydalanish kerak. 0‘z vaqtda aytilgan
hozirjavoblik yoki hazilomuz gap vaziyatni yumshatadi. Har qanday muzokaralarda ham
boshqa tomonni metin sifatida qabul qilish kerak emas, chunki u turli kishilardan tashkil
topadi. Buning ustiga, bir kishi bilan muloqot qilib turib ham, uning shaxsi ko‘p
qirraliligini esdan chiqarmang va siz u bilan kelishib olishingiz mumkin. Bunda har
qanday axborotni ham so‘z bilan ifodalash mumkin emas. Muloqotda noverbal (so‘zsiz)
vositalar muhim rol o‘ynaydi. Tajribali odam, o‘z suhbatdoshini kuzata turib, juda ko‘p
narsani bilib olishi mumkin. Qol berib kolishish har qanday uchrashuvning muqarrar
belgisi hisoblanadi. Uning ayniqsa intensivligi va uzoqligi juda axborotli bolishi mumkin.
Judayam quruq qollarning juda qisqa, sust qol berishi befarqlikdan darak berishi
mumkin. Aksincha, nam qollar kishilardagi kuchli hayajonlanishdan darak beradi.
Tabassum va yoqimli qarash bilan boladigan davomli qo‘l berish do‘stona munosabatni
namoyon qiladi. Muzokara ishtirokchilari ko‘pincha imo-ishoralardan foydalanadilar.
Turli xalqlarda u yoki bu imo-ishora turli tushunchalarga ega. E’tiborni gavdaning
holatiga ham qarating, u ham mazmunli bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, ishga doir
uchrashuvlar vaqtida o‘z harakatlari va mimikasini nazorat qilishni bilish lozim.
Xorijiylar bilan birinchi suhbatga tayyorlanishda rasmiy uchrashuv va muzokaralarni
aniq farqlay olish zarur.
Muzokaralarga uvetyura boluvchi rasmiy qabul borishida firma rahbariyati — Prezident
yoki boshqaruv raisi diplomatik suhbat olib boradi, uning maqsadi — o‘zaro tushunish
muhitini yaratishdir. Keyin Prezident yoki boshqaruv raisi ketadi, bu ish bo‘yicha
maslahat va muzokaralarni boshlanishidan darak beradi. Bahslar qanchalik cho‘zilmasin,
hamkorlar qanchalik epchil bolmasinlar, o‘zini tuta bilishlik, toqatni saqlash, tovushni
kolarmaslik, tanbehlar bermaslik, zarda bilan xonada yurmaslik kerak. Muzokaralar
borishini o‘zi tomoniga o‘zgartirishga harakat qilib, ba’zida vakillarimiz ishlatadigan
hiylaga murojaat qilmaslik kerak: ular kimdir ularga bitimning foydaliroq shartlarini
taklif qilganligini aytadilar. Jiddiy ishbilarmonlik doiralarida bu tovlamachilik (shantaj)
va beadablik hisoblanadi. Tadbirkorlarga ko'pincha olgan muzokaralar detallarini eslab
qolishni istamaslik pand beradi. Ulardan ko‘pchiligi umumiy natijalarni boshda saqlab
qolish yetarli deb hisoblaydilar. Va muzokaralarning keyingi bosqichlarida noqulay
ahvolga tushib qoladilar. Shuning uchun muzokaralar tugaganidan so‘ng rahbar yoki u
tomonidan ma’lum vakil suhbatni batafsil yozib borishi kerak. Muhim mayda-chuydalar,
ya’ni sheriklar uchun sovg'alarni taqdim etishni ham esdan chiqarmaslik kerak. Etiketga
muvofiq, birinchi uchrashuvda mehmonlar emas, balki mezbonlar sovg‘a beradilar.
Shuning uchun albatta xorijiy vakilga unga hurmatli mehmon sifatida qaraganligi va
uzoq moljallanganligini belgisi sifatida nimanidir sovg‘a qilish zarur.
Keyingi uchrashuvlarda sovg‘alarni almashtirish majburiy boladi. Sovg‘alarni xarid qila
turib, u kimga berilishini aniq tasavvur qilish kerak. Sovg‘alar ranglar bo‘yicha qat’iy
taqsimlanadi.
Muzokaralar bo‘yicha hamkorlar bilan birga ko‘ngilochar muassasalarga ishchi
muzokaralar tugagandan keyin borish foydali shartnoma tuzishga intiluvchi tadbirkor
faoliyatining ajralmas qismidir. 0 ‘z mamlakatida bolgan yoki muzokaralarning
tashabbuskori bolgan kishi ko‘ngil ochishga taklif qiladi va barcha xarajatlarni qoplaydi.
Norasmiy sharoitlarda, restoran va barlarda, stol ustidagi muzokaralardagi bahslar davom
ettiriladi, faqat ochiqroq va tavakkalroq. Bu faqat yaxshi odobning qoidasi bolib sherik
bilan shaxsiy munosabatlar olnatishning yolidir, ular biznesda muhim rol o‘ynaydi.
Idorani bezatish ham muhim ahamiyatga ega. Gap shundaki, firmaning imidji, har bir
xodimning obrazi kasbiy ishbilarmonlik, ma’naviy va tashqi estetik ta’riflardan vujudga
keladi. Xuddi ularni munosib birikishlari tufayli mijoz va hamkorlarda firmaning
ishonchliligi va raqobatbardoshligi tasavvuri yaratiladi, bu uning uzoq muddatli
muvaffaqiyati va gullab-yashnashini kafolatlaydi. Nutqimiz va tashqi kolinishimiz
istiqbolli hamkorlik obrazi haqidagi tasavvurlarga mos kelishi kerakligiga o‘xshash, ish
xonasining interyeri ham ishbilarmonlik etiketi sohasiga kiradi. Siz insonlarni qabul
qilayotgan xona ularda yaxshi tasavvur qoldirishiga intilishingiz kerak. U sizning
muassasangizda qabul qilingan me’yorlarga hamda firma doirasi va faoliyat turidagi
sizning holatingizga mos kelishi kerak. Idora interyeriga asosiy talab barcha umumiy
foydalanish joylarining ozodaligi, firma xodimlariga o‘z ishi bilan unumli shug‘ullanish
imkoniyatini beruvchi xizmat xonalari qulayligidan iboratdir.
Esdan chiqarmangki, o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun ko‘proq qulayliklarni yarata
turib, har qanday ishda ham dam olish talab qilinadi, shuning uchun siz ishdan
uzoqlashib, qandaydir estetik rohat oling. Buning uchun idoraning devorlari, deraza
pardalari, gullar, devorlardagi rasmlar eng yuqori didn i ng talabiga mos kelishi haqida
harakat qiling. Bularning barchasi qanchalik did bilan tanlab olingan bolsa, ularga qarash
shunchalik uzoq vaqt jonga tegmaydi, ular shunchalik kamroq o‘zgartiriladi. Ayniqsa
mebelga jiddiy qarash lozim. Asosiysi uning vazifaviy belgilanishi: u qulay, xodimlar
ishi xarakteriga mos kelishi, idora inshootini haddan tashqari toldirib yubormasligi,
keluvchilarda yaxshi tasavvur hosil qilishi kerak. Idoradagi mebel bir xil uslubda bolishi
maqsadga muvofiqdir. Agar bunday imkoniyat bolmasa, mavjud mebelni shunday
guruhlash kerakki, har bir xonada bi r xil uslubdagi mebel bolsin. Maxfiylikni ta’minlash
uchun, inshootni shunday jihozlash kerakki, «unda begona ko'zlar va quloqlarsiz» ishlash
mumkin bolsin. Ko‘pgina firmalarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borilishi uchun har bir
xodimni ishonchli yolglzligi zarurligi tushuniladi. Ba’zi bir firmalarda xizmatchilar
uchun xonalarni oynali to‘siq bilan ajratadilar. Ular ham kolishni va ham tovushni
boshqalardan ajratilishni yaratadilar, bunda ham xona xo‘jayini va tashqarida ishlovchilar
uchun ham ochiqlik hissi saqlanib qoladi. Ish xonalarida oddiy tartibga rioya qilish kerak.
Tartibsizlik mehnatni samarasiz qiladi, kompaniya haqidagi fikrni buzadi. Xizmat
xonasida unga butunlay yol qo‘yib bolmaydi, chunki ishbilarmonlik etiketining
qoidalaridan biri shunday deydi: «tadbirkor vaziyatni nazorat qiluvchi kishi kabi kolinishi
kerak». Ta’kidlash kerakki, ishbilarmonlik etiketining milliy xususiyatlari mavjud. Shu
munosabat bilan xorijiy hamkorlar bilan barqaror ishga doir aloqalarni yolga qo‘yish
uchun nafaqat yuqorida keltirilgan ishbilarmonlik etiketining oddiy qoidalariga rioya
qilish, balki o‘zini aloqa olnatilayotgan mamlakatning odoblariga muvofiq tutish zarur.
AQSHda e’tiborni hamkorning maqsadlariga va sizning bu maqsadlarga erishishdagi
yordamingizga qaratish tavsiya etiladi. Amerikacha biznesning umumiy tamoyili foyda
olishdir. Sizning birgalikdagi harakatlaringizning maqsadi yaqin va uzoq bo‘lishi
mumkin. Agar sizning takliflaringiz muhim maqsadga erishishga yordam bersa, unda ular
amerikalik hamkorni albatta qiziqtiradi. Ammo bu takliflar faqat haqiqiy bolishi kerak.
Amerikalik hamkorni qidirishda, sizning fikringizcha, ular bilan ishlash foydali bolgan
10-15 firmani tanlab oling. Katta va mashhur firmalarni tanlashga harakat qilmang,
chunki ular odatda ko‘pgina xuddi shunday takliflarga ega boladilar va siznikini nazarga
olmasliklari mumkin. 0 ‘zingizning faraz qilayotgan sherigingiz haqida iloji boricha
ko‘proq ikkinchi darajali axborotlarni xabar qiling. Ishga doir muzokalardan oldin
istalgan natijani belgilab oling. Suhbatni shunday rejalashtiringki, u sizning asosiy
vazifalaringiz va afzalliklaringizga tegishli bolsin, uchrashuvni tashkil etishga harakat
qiling. Buyuk Britaniyada mahalliy firmalar bilan ishga doir aloqaga kira turib, ingliz
biznesining o‘zga xosligini hisobga olish zarur.
Muzokaralarni muhokama mavzusida emas, balki sof insoniy muammolar ob-havo, sport,
pullardan boshlang. Ingliz hamkorni o‘zingizga moyil qiling, unga insoniy qadriyatlar siz
uchun agar tijorat manfaatlaridan yuqori bolmasa ham, juda bolmaganda ularga teng
ekanligini kolsating. 0‘zingizni Britaniya xalqi va bu xalq qollab-quvvatlaydigan
g‘oyalarga yaxshi moyil ekanligingizni kolsatish zarur. Barcha savollar puxta va aniq
bolishi kerak. Suhbat vaqtida hamkoringizning moyilliklari va odatlarini bilib olishga
harakat qiling. Shuni anglab olish muhimki, hamkorni o‘zingizga moyil qilib, u bilan
aloqa o‘rnatib, siz hozirgi paytda nafaqat o‘zingizga ishga doir hamkorni topasiz, balki
shuning bilan kelgusida sizga va sizning korxonangizga katta foyda keltiruvchi uzoq
muddatli ishga doir o‘zaro munosabatlarni o'rnatish uchun asos yaratasiz.
Har qanday ingliz firmasining muzokaralardagi o‘rni, qoidaga ko‘ra qattiqdir.
Muzokaralar ko‘p sonli dalilli, ma’lumotnomali va statistik materiallarni jalb qilish bilan
olib boriladi. Har bir pozitsiya hisoblab chiqiladi, shartnomaning har bir detali, har bir
parametri qat’iy qayd etiladi. Nafaqat shartnoma bilan bog‘liq barcha narsalar, balki
ishga doir hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan faoliyat, xususan ehtimol
bo‘lgan bitimlarni tuzish istiqbollari, ishlab chiqarish va sotish sohasidagi hamkorlik
qilish imkoniyatlari ham kelishib olinadi va belgilanadi.
Yaponiyada tadbirkorlarning ishbilarmonlik etikasi G‘arbning ishbilarmonlik dunyosi
qoidalari va me’yorlaridan katta farq qiladi. Yapon biznesi vakillari bilan tanishuv albatta
tashrif kartochkalarini almashtirish bilan boshlanadi. Agar uzatilgan tashrif kartochkasiga
javoban siz o‘zingiznikini bermasangiz, bu narsa yapon tadbirkorini o‘ylantirib qo‘yishi
va hatto xafa qilishi mumkin. Firma rahbari bilan uchrashuv va muzokaralarda juda aniq
bolish kerak. Yaponlar kechikishlarga, ular qanday sabablarga kola kelib chiqqan
bolishiga qaramay, yomon munosabatda boladilar. Agar siz o‘z vaqtida kela olmasangiz,
bu haqida yapon tomonini ogohlantirishingiz, uchrashuv vaqtini esa kechroq vaqtga
qisqartirishingiz kerak, chunki uchrashuv bo‘yicha hamkoringizda boshqa ishlar bolishi
mumkin. Yaponlar bilan uchrashuvda qol berishdan qoching, ular ta’zim qilishni afzal
koladilar. Yaponiya ishbilarmon kishilarining an’analariga kola, suhbatdoshning nuqtayi
nazarini oxirigacha, so‘zini bolmasdan va hech qanday fikr bildirmasdan e’tibor bilan
tinglash kerak. Muzokaralardagi yapon tomoni vakili suhbat vaqtida bosh irgltishi
mumkin. Ammo bu sizning fikringizga qo‘shilaman degani emas, balki sizni tushundim
deganidir va bu ham ish shu onda bajariladi degani emas. Yaponlarda qarorlar qabul
qilishning an’anaviy tizimi («ringi») mavjud, uning mohiyati shundaki, muammoni
muhokama qilish, kolib chiqish va muvofiqlashtirishga shaxslarning katta davrasi —
firma rahbariyatidan tortib to oddiy xodimgacha jalb qilinadi, bunga ko‘p vaqt ketadi.
Ushbu bosqichda qarorlarni bajarishning aniq yollari belgilanadi. Shuning uchun yapon
tomonining qarori hamma vaqt ham amalga oshadi va samaralidir. Siz xayrixoh,
ishbilarmon, samimiy, mehribon, ulfatli ekanligingizni ko‘rsating — bu alomatlar
ayniqsa yaponlarga yoqadi, chunki ko‘pincha ularga shu yetishmaydi. Maslahatimiz
oddiy: suhbatdoshingizning ko‘nglini qoldirmang.
Dostları ilə paylaş: |