LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-son qarorining
9-bandi
.
358-modda. Ommaviy shartnoma
Oldingi
tahrirga qarang.
Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o‘z faoliyati xususiyatiga ko‘ra
o‘ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo‘lgan tovarlar sotish,
ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo,
umumiy
foydalanishdagi transportda yo‘lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta’minlash,
tibbiy
xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo‘yadigan shartnoma ommaviy shartnoma
deyiladi. Bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan
afzal ko‘rishga haqli emas, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(358-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Tovarlar,
ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning boshqa
shartlari hamma iste’molchilar uchun
bir xil qilib belgilanadi, qonunchilikda iste’molchilarning
ayrim toifalari uchun imtiyozlar berilishiga yo‘l qo‘yiladigan hollar bundan mustasno.
(358-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tashkilotning iste’molchiga tegishli tovarlarni berish, xizmatlar ko‘rsatish,
uning uchun
tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo‘la turib ommaviy shartnoma tuzishdan bosh tortishiga
yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashkilot ommaviy shartnoma tuzishdan asossiz bosh tortganida ushbu Kodeks 377-
moddasining
oltinchi
va
yettinchi
qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi
Hukumati ommaviy
shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo‘lgan qoidalar (namunaviy
shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin.
Ommaviy shartnomaning ushbu modda
ikkinchi
va
beshinchi
qismlari
bilan belgilab
qo‘yilgan talablarga mos kelmaydigan shartlari haqiqiy emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
353 — 357
,
359 — 363
,
425
,
558-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining 26.05.2015-yildagi “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
to‘g‘risida”gi Qonuni
6-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining 25.04.1997-yildagi “Shahar yo‘lovchilar
transporti to‘g‘risida”gi Qonuni
7-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining 16.04.2009-yildagi “Ish
beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni
6
,
15-moddalari
.
Dostları ilə paylaş: