etsa, ikkinchi tarafning majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarligini istisno etsa yoki cheklasa
yohud unda qo‘shilgan taraf uchun ochiqdan-ochiq og‘ir bo‘lgan, bu tarafda shartnoma
shartlarini belgilashda qatnashish imkoniyati bo‘lganida u o‘zining manfaatlarini ko‘zlab qabul
qilmaydigan shartlar yozib qo‘yilgan bo‘lsa, shartnomaga qo‘shilgan taraf shartnomani bekor
qilishni yoki o‘zgartirishni talab qilishga haqli.
(360-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganida o‘z
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan shartnomaga qo‘shilgan taraf qanday
shartlar asosida shartnoma tuzayotganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa,
shartnomaga qo‘shilgan tarafning shartnomani bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida qo‘ygan
talabi qondirilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
332
,
353 — 359
,
361 — 363
,
382 — 385-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining 25.08.2015-yildagi “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasining
ikkinchi qismi
.
Dostları ilə paylaş: