369-modda. Ofertaga taklif etish. Ommaviy oferta Nomuayyan shaxslar doirasiga yo‘llangan reklama va boshqa takliflar, agar taklifda
boshqacha hol to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ofertaga taklif etish deb qaraladi.
Shartnomaning barcha asosiy shartlarini o‘z ichiga olgan, taklif kiritayotgan shaxsning
javob qaytargan har qanday shaxs bilan taklifda ko‘rsatilgan shartlar asosida shartnoma
tuzishga bo‘lgan xohish-irodasi bilinib turgan taklif oferta (ommaviy oferta) hisoblanadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 6 , 364, 365 , 367 , 426-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining 25.12.1998-yildagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 8, 9 moddalari , O‘zbekiston Respublikasining 09.04.2018-yildagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida” gi Qonunining 44-moddasi . 370-modda. Aksept Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aksept hisoblanadi.
Aksept to‘liq va pisandasiz bo‘lishi kerak.
Agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish bo‘yicha avvalgi
munosabatlaridan boshqacha ma’no kelib chiqmasa, sukut saqlash aksept bo‘lmaydi.
Oldingi tahrirga qarang. Ofertani akseptlash uchun belgilangan muddatda olgan shaxsning unda ko‘rsatilgan
shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari (tovarlarni jo‘natish, xizmatlar
ko‘rsatish, ishlar bajarish, tegishli summani to‘lash va h. k.), agar qonunchilikda yoki ofertada
boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoki ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksept hisoblanadi.
(370-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 04.03.2002-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 103-son qarorining 2-bandi , Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 203-son qarori 7-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari .