O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

4-BOB
YuRIDIK ShAXSLAR
1-§. Umumiy qoidalar
39-modda. Yuridik shaxs tushunchasi
O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega
bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan


mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan,
majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik
shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
1-2

9

39 — 57

77

80

125

138

352

848

1015

1175

1176-moddalari
,
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 34-moddasi 
oltinchi qismi
, 67-moddasi
birinchi qismi
, ikkinchi qismi 
3-bandi
, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 
25

30-
moddalari
.
40-modda. Yuridik shaxslarning turlari
Foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda
olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot) yuridik
shaxs bo‘lishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs xo‘jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish
kooperativi, unitar korxona va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi
mumkin.
(40-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor
tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.
(40-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tijoratchi bo‘lmagan tashkilot o‘zining ustavda belgilangan maqsadlariga mos keladigan
doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar uyushmalar (ittifoqlar)ga va boshqa birlashmalarga Qonunga muvofiq
birlashishlari mumkin.
(40-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son
Qonuni
 tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik shaxs ushbu Kodeks, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek ustav va boshqa
ta’sis hujjatlari asosida ish olib boradi.
(40-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin