Ozon qatlamini himoya qilish bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari (aktlari ). Yerning Ozon qatlamini muhofaza qilish
masalalari mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‗nalishlari qatoriga kirgan.
O‗zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 1999- yil 20-oktyabrda 469-
sonli ―1999-2005-yillarda O‗zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish
bo‗yicha harakatlar Dasturi to‗g‘risida‖gi Qaror qabul qilndi. Xalqaro hamkorlik
ni chuqurlashtirish doirasida faoliyatning muhim yo‗nalishlaridan biri –Vena
konvensiyasi va Monreal Protokoli bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi tomonidan
qabul qilingan majburiyatlarni OYeMlarni ishlatishni to‗xtatish bo‗yicha Milliy
dasturni amalga oshirish asosida bajarishdir.
Ushbu Dasturning strategik yo‗nalishi sifatida Monreal Protokolining xalqaro majburiyatlari bajarilishiga bosqichma-bosqich amal qilish tan olingan. -Ozonni yemiruvchi moddalar hamda tarkibida ular mavjud mahsulotlarni
Vena konvensiyasi va Monreal Protokoli a‘zolari bo‗lmagan davlatlarga olib
chiqish va ulardan olib kirishga ta‘qiq joriy etildi;
-Ozonni yemiruvchi moddalar hamda tarkibida ular mavjud mahsulotlarni
import eksport qilishni muvofiqlashtirish tizimi joriy etildi va amal qilmoqda;
-Vena konventsiyasi va Monreal Protokoli a‘zolari bo‗lgan mamlakatlardan
o‗tuvchi yoki GXFUlardan tashqari ba‘zi OYeM turlari O‗zbekiston
Respublikasiga olib kirish taqiqlandi;
-Vena konvensiysi va Monreal Protokoli a‘zolari bo‗lgan mamlakatlardan
Ozonni yemirish yuqori hususiyatiga (OYeX) ega OYeMdan foydalanilgan
muzlatgich va havo sovutish uskunalarini O‗zbekiston Respublikasiga olib kirish
taqiqlangan;