Toshkent 2020 yil


OYeM – Ozon yemiruvchi moddalar



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

OYeM – Ozon yemiruvchi moddalar:
Ozonni yemiruvchi moddalarga 
tarkibida xlor, ftor, brom, uglerod
 
va vodorod kabi Ozonni yemiruvchi moddalar 
bo‗lgan 
uglevodlar 
sinfiga 
taaluqli 
kimyoviy 
birikmalar 
kiradi. 
Bu 
terminologiyalarning ma‘nosini tushunib olish lozim. 
Bromli metall (metilbromid)
Tarkibida brom bor bo‗lgan metan hosilasidir. U 
qishloq ho‗jaligida tuproqda va qishloq ho‗jaligi mahsulotlarida (yorma, sabzavot, 
meva) uchraydigan zararli hasharotlarini qiruvchi vosita sifatida ishlatiladi
.
Galonlar
tarkibida uglerod va galogenlar (ftor, brom, ba‘zilarda xlor mavjud) 
bo‗lgan kimyoviy birikmalardir. Ular o‗t o‗chirish vositalarida ishlatiladi.
 
Tetraxloruglerodlar (TXU
)
suyuq moddalar bo‗lib, ular laboratoriyalarda va 
sanoat ishlab chiqarishida erituvchi sifatida ishlatiladi. 
XFU xladagent sifatida hamda aerozollar, dezodrantlar, insektitsidlar va 
boshqa mahsulotlarda ishlatiladigan, tarkibida xlor-ftor-uglerod mavjud bo‗lgan 
birikmalardir. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
143 
XFU shuningdek global istisnoga tushadigan laboratoriya va tahliliy 
maqsadlarda va tamaki bargiga sanoat maqsadida ishlov berish uchun ham 
qo‗llaniladi. 
Ushbu moddalar ichida gallonlar Ozon qatlamiga eng katta zarar yetkazadi. U 
katta miqdorda o‗nlab, yuzlab yillar davomida atmosferada saqlanib qolishi va 
Ozonni emirib borishi mumkin.
 
Ozon qatlamining asosiy ―dushmanlari‖ hisoblangan XFU shu qatlamga 
qisman yetib boradi va Yer yuzasiga qulay ob-havo sharoitlarida yomg‘ir bilan 
birga qaytib tushadi. Kosmik raketalar esa Ozon qatlamini to‗la teshib o‗tadi. Bu 
jarayon natijasida sayyoramiz yuzasidan 20-50 km balandlikdagi bevosita ―fojiali 
joy‖ga o‗nlab va yuzlab tonna Ozonni yemiruvchi kimyoviy moddalar yetkazib 
beriladi. 
Ayniqsa, qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan raketalar tezlatgichlari juda ham 
zararlidir. Qattiq yoqilg‘i tarkibida Ozonni yemiruvchi xlor va azot birikmalari 
ko‗p miqdorda mavjud. Masalan, Amerikaning ―Speys-shatl‖ (Kosmik kema) deb 
nomlangan tipik qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan raketa tizimi faqatgina bir parvozi 
davomida 10 ming tonnagacha Ozonni yemiradi. Yer atmosferasida esa Ozon 
miqdori faqatgina 3 milliard tonnani tashkil etadi. 
Amerikaning ―Delta‖ va ―Titan-P‖ raketalari hamda ishlab chiqish bosqichida 
bo‗lgan ―Arian-U‖ frantsuz raketasi Ozon yemiruvchi kosmik ―ajdaholar‖ qatoriga 
kiradi. Ularga nisbatan Rossiyaning ―Vertikal‖, ―Proton‖, ―Soyuz‖ kabi raketa 
tizimlari Ozonga 3-4 baravar kam zarar ko‗rsatadi. Bular ichida ―Energiya‖ raketa 
elituvchi tizimi katta ustunlikka ega. Birinchi bosqich bloklarida ―Energiya‖ 
baklariga kislorod va uglevodorodli yonilg‘i, ikkinchi bosqich bloklariga kislorod 
va vodorod quyiladi. Hisoblash natijalari shuni ko‗rsatadiki, yongan 
mahsulotlarning atmosferaga chiqish 1500 tonnadan ortiq Ozon yo‗qolishiga olib 
keladi. Buning ustiga Rossiyaliklarning yangi kosmik tizimida Drossel usuli (Ozon 
qatlamida dvigatel tortishish kuchini vaqtincha kamaytirish usuli) qo‗llanilgan. 
Hozircha ―Energiya‖ tizimi ekologik ―rekordchi‖ hisoblanadi. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
144 
Tog‘larda dam olish ishqibozlariga ilgaridan imkon boricha ehtiyotkorlik 
tavsiya qilinadi, chunki ayrim

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin