Noorganik konstruksion materiallar Reja: Konstruksion materiallar
Noorganik nometall konstruksion materiallar
Konstruksion materiallar texnologiyasining mashinasozlikdagi ahamiyati
Konstruksion materiallar — kuch qabul qiladigan, nagroʻzka tu-shadigan, konstruksiya detallari tayyorlanadigan, fizik, mexaniq va kimyoviy xossalari yaxshi boʻladigan materiallar. Metall, metallmas va kompozitsion, kuymabop xillari bor. Metall Konstruksion materiallar ichida poʻlat eng keng tarqalgan; boʻlardan tashqari choʻyan, alyuminiy qotishmalari, berilliy qotishmalari, volfram qotishmalari, magniy qotishmalari, titan qotishmalari, xrom qotishmalari va boshqa ham Konstruksion materiallarga taalluqli. Texnologik alomatlari boʻyicha, deformatsiyalab (prokatlab, presslab, shtamplab) olinadigan, quyib, payvandlab, pishirib, yelimlab tayyorlanadigan materiallarga; ishlatilish sharoitiga koʻra, normal, past va yuqori temperaturalarda ishlatiladigan (olovbardosh qotishmalar, olovbardosh beton) materiallarga; strukturasiga koʻra, ferritli, austenitli poʻlatlar; mustahkamlash turiga koʻra, toblanadigan, yaxshilanadigan, dispersli-mustahkamlanadigan (qiyin eriydigan dispers zarrali), eskirtiriladigan, mustahkamlik koʻrsatkichi boʻyicha (mustahkamligi yuqori poʻlat va choʻyanlar) turlarga boʻlinadi. Konstruksion materiallarning mexaniq xossalari (konstruksiyasi mustahkamligi, oʻtga chidamliligi, qovushoqligi, olovbardoshligi, korroziyaga chidamliligi va boshqalar) ularning sifat koʻrsatkichlarini belgilaydi. Metall Konstruksion materiallar ga termik ishlov berib, ularning plastikligi oshiriladi. Katta nagruzkada ishlaydigan detallar qayta eritilgan poʻlatlardan tayyorlanadi. Mashinasozlikda tirsakli val, tishli gʻildiraklar va 1200° gacha temperaturada ishlovchi detallar tayyorlashda choʻyan keng qoʻllaniladi. Nikelli va kobaltli krtishmalar 1000— 1100° gacha temperaturada mustahkamligini saqlaydi; ular aviatsiya va raketa dvigatellari tayyorlashda, alyuminiy qotishmalari (mustahkamligi 550—750 Mn/m2) samolyot, vertolyot, raketa korpuslarini tayyorlashda qoʻllaniladi. Titan krtishmalarining mustahkamligi 1600 Mn/m2 dan ortiq boʻlib, kompressor, aviatsiya dvigatellari, tibbiyot asboblari yasashda ishlatiladi.
Metallmas Konstruksion materiallar ga beton, oʻtga chidamli materiallar, plastmassalar, shisha, sopol, rezina va yogʻoch materiallar kiradi. Ular samolyotsozlik, raketasozlik, mashinasozlik, radiotexnika va kemasozlikda qoʻllaniladi. Kompozitsiyey Konstruksion materiallar: ip, sim, ipsimon kristallar, qiyin eriydigan birikma va boshqa
Sirlarning kislotalarda erish tezligining nisbatan yuqoriiigi [0,15 - 2,5 g/(m2 • soat)] va malialliy ortiqcha qizib ketishga sezgirligi yoriqlar paydo bo‘lishiga va ba’zi joylarda bo'laklarga bo‘linib sinib tushishga olib keladi, shuning uchun sirlangan apparatlarda reaktivlar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin, lekin o‘ta toza moddalar olishda foydalanib bo'lmaydi. Ulami ishlab chiqarishda shisha yoki chinnidan yasalgan apparatlardan foydalanish lozim.
Chinni tarkibida 45-60 % kaolin va turli nisbatlarda kvars qumi va dala shpati bo'lgan aralashmani erishigacha qizdirish yo‘li bilan olinadi. Chinni sopolga qaraganda yaxshiroq mexanik ko‘rsatkichlarga ega. U barcha ishchi haroratlarda kislotalarda (HF bundan istesno) turg‘un, biroq ishqorlarda yemiriladi. Uning kislotalarda erish tezligi 0,9 g/ (m2 • s)dan oshmaydi, Na2C 03 ning 1 m2eritmasida esa 3 g/(m2• soat) dan ortiq emas. Chinnidan suzish maydoni 1 m gacha bo‘lgan nutch-suzgichlar, diametri 1100 mm gacha bo‘lgan rektifikatsiyalash va absorbsiyalash kolonnalari, sig‘imi 25 dan 300 1 gacha bo‘lgan aralashtirgichli reaktorlar, 0,6 MPa gacha bosimga mo‘ljallangan diametri 13 dan 300 mm gacha bo‘lgan quvurlar, futerovka uchun plitalar, Rashig halqasi, unumdorligi 50 m 3/s gacha bo‘lgan markazdan qochma nasoslar va qulflanadigan armaturalar yasaladi.
Chinni buyumlarni silliqlab pardozlash mumkin, bu esa zich yopiladigan armaturalar va apparat hamda quvurlarning detallarini yasashda nihoyatda zarur. Bu hollarda qistirma materiallardan foydalanmay turib yuqori zichlanish ta’minlanadi.
Apparatlar yasashda ishlatiladigan shishalar kimyoviy tarkibi jihatdan turli-tumandir. Ulamiturligumhlargabo‘lish mumkin: natriy-kalsiysilikatli, borsilikatli, alyumosilikatli va borsiz alumosilikatli yoki kamborli, kvarsli. Natriy-kalsiysilikatli shishaning tarkibida 13-20 % Na20 (K20), 5-10 % CaO va 1,5 - 4 % A120 3mavjud. Bunday shishalar jumlasiga, masalan, 23-sonli shisha kiradi. Ishqorlaming miqdori yuqori bo‘lsa, shishaning issiqlikka va kimyoviy ta’sirga bardoshi pasayadi, shuning uchun uni harprat o‘zgarishi 80°C dan yuqori bo‘lmagan hollarda qo‘llash mumkin.
Borsilikat va alumasilikat shishalar tarkibida 6-18 % B2O3,4-10% Na20 saqlaydi. Ulaming ayrimlarining tarkibiga 5-6% alyuminiy oksidi ham kiradi. Bu gumhga 200°C ga masalan 220 dan 20°C gacha keskin sovitilishda barcha issiqlik chidami yuqori bo'lgan «pireks» turdagi shisha mansub.
Alumosilikatli borsiz shishalar tarkibida ishqorlaming miqdori oz bo‘lib, ular egilishga mustahkamligi yuqoriligi bilan ajralib turadi.