Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
194
barcha chiqindilar havo tarkibini buzib ko‗pgina kasalliklarni kelib chiqishiga
sabab bo‗ladi. Shuning uchun atrof-muhit musaffoligini saqlash katta iqtisodiy-
ijtimoiy va ekologik ahamiyatga ega.
Atmosfera havosini zaharli gazlardan tozalash asosan 2 usulda amalga
oshiriladi:
1.
Atmosfera havosini quruq usulda tozalash.
2.
Atmosfera havosini ho‗l usulda tozalash.
Atmosfera havosiga chiqariladigan quruq chang zarrachalarning
o‗lchamlariga qarab, havo changdan quyidagi tozalash qurilmalari yordamida
tozalanadi.
1.
Chang cho‗ktirish kameralari.
2.
Tsiklonlar.
3.
Skrubberlar.
4.
Filtrlar.
5.
Elektr filtrlar.
6.
Absorberlar.
Ushbu tozalash qurilmalarining ishlash printsiplari va texnik-iqtisodiy
ko‗rsatkichlari bilan tanishib chiqamiz. Ularning orasida chang cho‗ktirish
kameralari alohida o‗rin egallaydi.
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
195
Og‘irlik kuchi ta‘sirida changli havoni chang zarrachalaridan tozalash uchun
davriy yoki yarim uzluksiz ishlaydigan tozalash qurilmasi chang cho‗ktirish
kamerasi
deyiladi.
Ularning
turli
ko‗rinishlari
X.2.1-2-3-4-5-rasmlarda
ko‗rsatilgan.
Changli havo oqimi kameralarda ma‘lum tezlik bilan harakat qilib,
chang
zarrachalari o‗z og‘irlik kuchlari ta‘sirida chang yihgich kameralaridan biriga
tushadi, tozalangan havo esa qurilmadan chiqib ketadi.
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, chang cho‗ktirish kameralari changli havo
tarkibidan o‗lchamlari 100 mkm dan yuqori bo‗lgan qattiq chang zarrachalarini
ushlab qolishga mo‗ljallangan va ular birinchi bosqichda
havoni tozalash uchun
ishlatiladi. Tozalash kamerasida changln havo oqimining tezligi 1 m/s bo‗lganda,
changli havoni tozalash darajasi 60-80% ni tashkil etishi mumkin. Changli havo
oqimining tezligi 3 m/s ga egganda tozalash darajasi 40-50% dan oshmaydi,
chunki tezlik oshganda chang yig‘gich kamerasidagi cho‗kkan chang zarrachalari
yana harakatga kelib, tozalangan havo bilan aralashadi va ikkilamchi ifloslanishni
vujudga keltiradi. Shuning uchun changli havo oqiminint tezligi 3 m/s dan
oshmasligi kerak.
Changli havo oqimini sekin harakatini ta‘minlash uchun chang cho‗ktirish
kameralarning hajmi ancha kattaroq qilib yasaladi. Shuning uchun bunday
qurilmalar oddiy tuzilishga ega bo‗lsalarda, ammo katta joyni egallaydilar.
Ishlab chiqarish korxonalarida ko‗p polkali chang cho‗ktirish
kameralardan
foydalaniladi (X.2.3-rasm). Kamera gorizontal polkalar bilan bir necha polkalarga
bo‗lingan. Kamerada changli havo oqimi sekin harakat qiladi va chang zarrachalari
polkalarga urilib, o‗z og‘irlik kuchlari ta‘sirida cho‗kadi. Ushbu kameralarda
chang zarrachalarining cho‗kish vaqti ancha kamayadi. Kameradan changlarni
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
196
chiqarish uchun polkalar ma‘lum burchak ostida qiya qilib o‗rnatiladi va ular
maxsus silkituvchi qurilmaga ulanadi. Silkituvchi
qurilmaning asosiy vazifasi
polkalarni silkitib, ularning sirtida cho‗kkan chang zarrachalarni tushirishdan
iborat.
To‗siqli chang cho‗ktirish kameralarida (X.2.4-rasm) changli havo oqimi
to‗siqlarga urilib, chang zarrachalari o‗z og‘irlik kuchlari
va inertsiya kuchlari
ta‘sirida chang yig‘gich kamerasiga kelib tushadi. Ushbu tozalash qurilmasi ham
dag‘al tozalash qurilmalari guruhiga mansub bo‗lib, ularda havoni tozalash darajasi
50-60 % ni tashkil etadi.
Chang cho‗ktirish kameralarining ishlash samaradorligini oshirish (havoni
tozalash darajasini oshirish) maqsadida, ularning ichida vertikal to‗siqlar
o‗rnatiladi.
Chang zarrachalari to‗siqlarga inertsiya
kuchlari bilan urilib, og‘irlik
kuchlari ta‘sirida chang yig‘gich kameralardan biriga kelib tushadi. Agar bunday
to‗siqlar xalqa yoki sim parda shaklida o‗rnatilgan bo‗lsa, (X.2.5-rasm), unda
changli havo oqimi ularga urilib filtrlanish jarayoni ruy beradi.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, chang cho‗ktirish kameralarning
aerodinamik qarshiligi 100 Pa ni tashkil etadi. Ammo ularda changli havo
oqimining tezligi 0,6-0,8 m/s dan oshmasligi kerak. Aks holda chang cho‗ktirish
kamerada yig‘ilgan chang zarrachalari toza havo
bilan aralashib tozalash
qurilmasidan chiqib ketadi.
Yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan chang cho‗ktirish kameralari changli havoni
chang zarrachalaridan tozalashning quruq usuliga mansub bo‗lib, ular paxta
tozalash zavodlarida, to‗qimachilik va ip-yigiruv fabrikalarda (havoni, qum, barg,
kalta tolalardan tozalashda), yog‘ochni qayta ishlash korxonalarida (havoni
yog‘och kipiklaridan tozalashda), tsement, ohak, marmar, granit va boshqa qurilish
materiallar ishlab chiqarish korxonalarida (ularning changlaridan havoni
tozalashda) keng ishlatiladi. Ushbu qurilmalar dag‘al tozalash qurilmalar guruhiga
mansub bo‗lib, havoni yirik chang zarrachalaridan tozalashda
birinchi bosqichda
ishlatiladi.
__________________________________________________________________
Dostları ilə paylaş: