Toshkent 2020 yil


XI.1. Tabiatda suv va uning ahamiyati



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 
XI.1. Tabiatda suv va uning ahamiyati. 
Yer kurrasida suvlardan iborat 
bo‗lgan qobiq, Gidrosfera deb ataladi.
Unga biosferadagi barcha suvlar 

okean, 
dengiz, ko‗l, daryo, muzliklar, yer osti suvlari va atmosfera havosi tarkibidagi suv 
bug‘lari kiradi.
Suv turli mintaqalar va mamlakatlarning texnik va ijtimoiy taraqqiyotini 
belgilovchi muhim tabiiy resurslardan biridir. Iste'mol qilinadigan toza suv miqdori 
boshqa barcha turdagi tabiiy resurslarni iste'mol qilishdan yuzlab baravar ko'pdir. 
Bu ekologik va iqtisodiy tizimlarda moddalarning texnogen tsiklining asosi va u 
bilan bog'liq bo'lgan energiya aylanishidir. 
Gidrosferaning umumiy suv miqdori taxminan, 1403 mln. km
3
bo‗lib, 
shundan, okean suvlari 1370 mln. km
3
, muzliklar 24 mln. km
3
, yer osti suvlari 8 
mln. km
3
, ko‗l suvlari 0,23 
mln. km
3
, tuproq tarkibidagi 
suvlar 
0,007 
mln. 
km
3

atmosfera 
tarkibidagi 
suv 
0,014 mln. km
3
, daryo suvlari 
0,002 mln.km
3
suvni tashkil 
etadi.
Yer kurrasining suvga boyligi, uning o‗ziga xos xususiyati bo‗lib, yerda 
murakkab va boy tabiat vujudga kelishi hamda rivojlanishning zaruriy shartidir.

 
Tabiatdagi deyarli barcha jarayonlarda suv ishtirok etadi. Eng muhimi 
shundaki, tirik organizmlarning paydo bo‗lishi, mavjudligi va rivojlanishi, shular 
orqali biosfera va geografik qobiqni paydo bo‗lishi suv bilan bog‘liq. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
199 
Suv 

yer kurrasida organizmlarning yashashi uchun zarur bo‗lgan eng 
muhim mineral hisoblanib, organizmdagi butun jarayonlar suv muhitida sodir 
bo‗ladi.
Suv kundalik hayotimizning hamma sohalarida 
qo‗llanishi bilan boshqa tabiiy resurslardan farq qiladi. 
Chunki kishilik jamiyatida suvning o‗rnini bosadigan 
boshqa resurs yo‗q. Masalan, ko‗mir, neft, gaz kabi 
yoqilg‘ilari, biri ikkinchisining o‗rnini qoplayveradi. Bu 
yoqilg‘ilar kamaysa uning o‗rnini atom, termoyadro yoki 
quyosh energiyasi, gidroenergiya qoplashi mumkin. Lekin 
hozircha suvning o‗rnini qoplay oladigan boshqa resurs 
yo‗q. Bu esa suvning juda muhim va bebaho tabiiy resurs ekanligidan dalolat 
beradi. 
Yer kurrasidagi suv qatlami sayyoramizda termik rejimni tartibga solib 
turadi. Okean va dengizdagi suvlar Quyoshdan kelayotgan issiqlikni to‗plab, 
qishda uning atrofini juda ham sovib ketishidan saqlab turadi. Atmosferadagi suv 
esa quyosh radiatsiyasining filtri ya‘ni, himoya qatlami hisoblanadi. 
Suv yer yuzasidagi iqlimga ham ta‘sir etadi. Buni dengiz oqimlari misolida 
yaxshi bilish mumkin. Okean va dengiz oqimlari sayyoramizda Quyosh issiqligini 
qayta taqsimlaydi. Oqimlar quyi kengliklaridagi ortiqcha to‗plangan issiqlikni o‗rta 
va yuqori kengliklarga surib, iqlimni ancha yumshatadi. 
Suv ayniqsa organizmlarning yashashi uchun juda muhim ahamiyatga ega. 
Yer yuzasidagi tirik organizm suvsiz yashashi mumkin emas. Chunki har qanday 
hayvon, o‗simlik va kishilarning hujayra va to‗qimalarida ma‘lum miqdorda suv
bor. O‗simlik va hayvonlar organizmida suvning miqdori 50-98% gacha bo‗ladi. 
Go‗sht tarkibida suv 50% bo‗lsa, sutda 87-89 %, sabzavotlarda esa 80-95% ga 
etadi. Suv ayniqsa kishi organizmi uchun zarur. Chunki inson vaznining 72%i 
suvdan iborat. Uch kunlik bola badanining 97% ini suv tashkil etadi. Shu sababli 
inson ovqatsiz bir oygacha yashasa ham suvsiz bir kun yashashi mumkin xolos. 
Shunday qilib, suv inson badanida ma‘lum miqdorda doim bo‗lishi zarur, agar
inson badanidagi suvning 12% i yo‗qolsa, u halok bo‗ladi. Shu sababli bir kishi 
sutkada havoning haroratiga qarab 2,4-4 litrdan (past haroratda) 6-6,5 litrgacha 
(ochiq havoda 40
0
S bo‗lganda) suv ichadi. 
Suvning sanoat ishlab chiqarishida, qishloq xo‗jaligidagi roli juda katta. U 
energiya manbai, transport vositasi, ommaviy sport ishlarida kam foydalaniladi. 
Shunday qilib suv kundalik hayotimizning hamma sohalarida qo‗llaniladigan juda 
muhim universal tabiiy resursdir. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin