Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
200
Qirgiziston) dan oqib keladi.
Amudaryo
suv yig‘ish maydoni va yillik suv hajmi jihatidan boshqa
daryolardan yuqori turadi. Amudaryoning uzunligi 1900 km, faqatgina tog‘larda
suv yig‘ish maydoni 2770 km
2
. Amudaryoning qariyb 83% suvlari Tojikiston
hududida, faqatgina 6% suvi O‗zbekiston hududida shakllanadi.
Sirdaryo
ning uzunligi 2140 km bo‗lib, suv yig‘ish maydoni 150 ming. km
2
va yillik suv hajmi 37,1 km
3
ni tashkil etadi. Sirdaryoning qariyb 80% suvlari
Qirgiziston hududida, faqatgina 13% suvi respublikamiz hududida shakllanadi.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, Orol dengizi havzasining suv resurslarining
shakllanishiga Tojikiston Respublikasi alohida o‗rin tutadi.
Tojikiston hududida daryo suvlarining hajmi 52,7 km
3
ni tashkil
etadi yoki
Orol dengizi havzasiga quyiladigan suvlarning qariyb 44% tashkil etadi.
Bir kishi o‗rtacha bir sutkada shaxsiy gigiena va maishiy kommunal
zaruriyatlari uchun 150-450 litr suv ishlatadi. Ammo bu ko‗rsatkich xizmat turiga
va yaratilgan shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Agar suv quvurlari va kanalizatsiya
quvurlari mavjud bo‗lmasa, unda 30-50 litr suv sarflanadi. Agar suv quvurlari va
kanalizatsiya quvurlari mavjud bo‗lsa, 180-230 litr suv sarflanadi. Markaziy isitish
tizimida esa, bir kishi uchun sutkasida 275- 400 litr suv sarflaydi.
Rivojlangan mamlakatlarda bir kishi uchun bir sutkada o‗rtacha 500-600 litr
suv sarflanadi. Ammo rivojlanayotgan mamlakatlarda esa bu ko‗rsatkich 2-3
marotaba kichik bo‗lib, 200-250 litr suv sarflanadi.
Maishiy xo‗jalik ehtiyojlari uchun bir kishiga bir sutkada shaharlarda 150 litr
suv (bir yilda 55m
3
suv), qishloq joylarida esa, 50 litr suv (bir yilda 18-20m
3
suv)
sarflanadi.
Hozirga paytda, Dunyo bo‗yicha, 200 mln. gektar yerlarni sug‘orish uchun
yiliga yer osti manbalaridan va daryolardan 2800 km
3
suv olinmoqda. Bu esa daryo
suvlarini 7 % ni tashkil etadi. Sug‘orish uchun olingan suvning 80 % yoki 2300
km
3
suv ishlatilsa, uning 20 % yoki, 470-480 km
3
suv daryo va ko‗llarga oqava
suv sifatida chiqarilib yuboriladi.
Bir tonna don yetishtirish uchun 3000 m
3
suv, bir
tonna sholi yetishtirish
uchun 7
ming m
3
, bir tonna makkajo‗xori yetishtirish uchun esa, 1500 m
3
suv
sarflanadi. 1 kg o‗simlik massasi hosil bo‗lishi uchun o‗simlik turiga qarab 150 m
3
dan 1000 m
3
gacha suv sarf bo‗ladi. 1 gektar go‗zani sug‘orish uchun 12000-
20000 m
3
suv sarflanadi.
Respublikamizning yillik suv sarfi 62-65 km
3
bo‗lib, shuning 25 km
3
Amudaryodan, 11 km
3
Sirdaryodan, qolgan qismi daryochalardan va yer osti suv
manbalaridan olinadi. Olinadigan umumiy suv miqdoridan 85 % yoki 53-55 km
3
ni qishloq xo‗jaligi tarmoqlari ehtiyojlarini qondirish uchun, 12-16 km
3
suv sanoat
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
201
tarmoqlariga va atigi 3 % yoki 1,7 km
3
suv kommunal xo‗jaligi korxonalarning
ehtiyojini qondirish uchun sarflanadi.
Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari
uchun olinadigan yillik suv
miqdoridan (62-65km
3
suvdan) 23-25 km
3
suv zovurlar orqali ochiq suv
havzalariga qaytariladi. Shundan 5 km
3
suv Amudaryoga, 10 km
3
dan ziyodroq
Sirdaryoga, qolgan 8-10 km
3
suv kichik daryolar va ko‗llarga oqizilmoqda.
Respublikamiz hududidan oqib o‗tadigan suvlar 4,8 mln. gektar yerlarni
o‗zlashtirib, ularni sug‘orish uchun kifoyadir. Ammo hozirgi paytda 4,4 mln
gektar yerlar o‗zlashtirilgan bo‗lib, suvdan foydalanish koeffitsienti 95-98 % ni
tashkil etmoqda. Shuning uchun respublikamizda ichimlik
suviga va sugorishga
yaroqli bo‗lgan suvlarga ehtiyoj nihoyatda oshib bormoqda. Suv tanqisligi,
chiqindi suvlarni tozalash va ulardan qayta foydalanish muammolari vujudga
kelmoqda.
Mutaxassislar Markaziy Osiyo tabiiy sharoitini inobatga olib, ekinlarni
sug‘orishga o‗rta hisobda bir gektar yerga salkam 10 ming m
3
suv sarflanishi
maqsadga muvofiq ekanligini asoslab berganlar. Amalda esa O‗zbekiston
iqtisodiyotida 1960-1990 yillar mobaynida sug‘oriladigan har bir gektar ekin
maydoniga 17,2 ming m
3
suv sarflangan, ya‘ni 7,2 ming m
3
suv
ortiqcha suv
sarflanib kelingan.
1993 yilda har bir gektar sug‘oriladigan yerga 13,2 ming. m
3
,1994 yilda 12,6
ming. m
3
va 1995 yilda 11,2 ming m
3
suv sarflangan. Sh
uni ham eslatib o‗tish kerakki, yerlarni meliorativ holati barcha viloyatlarimizda
ham bir xil emas.
Yer osti suv manbalari respublikamizning tabiiy boyligi bo‗lib, undan
ichimlik suv sifatida, sug‘orish, sanoatda va chorvachilik fermalarida keng
foydalaniladi.
Yer osti suvlari asosan yog‘ingarchiliklar va sug‘orish
suvlarining tuproq
orqali filtrlanishi tufayli tabiiy holda paydo bo‗ladi. Hozirgi paytda yiliga 5,5 km
3
suv, yer osti suv manbalaridan olinmoqda. Agar bu ko‗rsatkich
17,6 km
3
ga
yetkazilsa
,
birinchidan
, yer osti suvlarining umumiy zaxirasiga ziyon yetmaydi,
ikkinchidan
, yer osti suvlari hisobiga Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va
Xorazm viloyatlari qishloq aholisining ichimlik suvga bo‗lgan
ehtiyojlari
qondirilgan bo‗lar edi. Chunki respublikamizda shahar aholisi 85- 95 %, qishloq
aholisi esa 10-15% markazlashtirilgan ichimlik suv ta‘minotiga ega, xolos.
Xozirgi kunda, bir tonna ko‗mir qazib olish uchun 2-4 m
3
suv, 1 tonna neft
mahsulotlarini qayta ishlashga 30-40 m
3
suv, 1 tonna shoyi ishlab chiqarishga 400
m
3
, 1 tonna mis, karton va qog‘oz ishlab chiqarishga 500 m
3
suv, 1 tonna azotli
o‗g‘itlar ishlab chiqarishga 600 m
3
suv, 1 tonna ip-gazlamaga 1000-1500 m
3
suv,
1 tonna sintetik tola olish uchun 3500 m
3
1 tonna sintetik tola olish uchun esa
2500-5000m
3
suv sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: