Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
240
resurslar
zanjirining yopiq tsikli amalga oshiriladi.
Shunday qilib atrof-muhitga
ajraladigan chiqindilar va iste‘molda bo‗lgan, eskirgan mahsulotlar ikkilamchi
material resursi sifatida qayta ishlab chiqarishga qaytariladi
va ularning atrof-
muhitga zararli ta‘siri bo‗lmaydi.
Ushbu yopiq zanjir tsiklida xom ashyo resurslarini kompleks va samarali
ishlatish katta ahamiyatga ega, ya‘ni xom-ashyo tarkibidagi asosiy komponentdan
tashqari, qolgan komponentlarni ham kerakli maqsadda to‗liq ishlatiladi.
Bunda
xom ashyo tarkibidagi asosiy komponentdan tashqari boshqa komponentlar ham
shu texnologik jarayonning o‗zida yoki boshqa texnologik jarayonda (boshqa
ishlab chiqarishda) qo‗la nilishi mumkin. Xom
ashyo kompleks va samarali
ishlatilganda uning isrof bo‗lishi oldi olinadi va natijada atrof-muhit ifloslanishdan
saqlanadi. Shu bilan bir qatorda texnologik jarayonlarda
energiya resurslarini
samarali va tejamli ishlatish ham chiqindisiz texnologiyani yaratishdagi asosiy
yo‗nalishlardan biridir. Chiqindisiz texnologiyaning
yopiq zanjiridagi ishlab
chiqarish bosqichi eng asosiy bosqich bo‗lib, bunda asosiy mahsulot olinadi va
parallel ravishda turli xil chiqindilar ham hosil bo‗ladi.
Texnologiyaning
mukammalligi, olinadigan mahsulot sifati va hosil bo‗layotgan chiqindilar
miqdoriga ta‘sir ko‗rsatadi.
Shuning uchun ishlab chiqarish bosqichida qo‗llaniladigan
texnologiyaga
alohida e‘tibor berish lozim. Bunda texnologiya mukammal bo‗lishi, ishlatiladigan
xom ashyo ekologik jihatdan zararsiz va uni qayta ishlash jarayonida kam
chiqindilar
ajralishi, ajralgan taqdirda ham atrofga zarar keltir maydigan holatda
bo‗lishi, energiyani tejamli ishlatilishi kabi talablarga javob berishi lozim.
Dostları ilə paylaş: