Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
248
gigiena me‘yorlariga to‗liq javob bermaydi. Aksariyat joylarda chiqindilar tartibsiz
ravishda to‗planadigan punktlar hamon saqlanib qolmoqda va ular tutash
hududlarning
sanitariya-epidemiologiya
holatini
yomonlashtirib,
yuqumli
kasalliklar paydo bo‗lishi hamda tarqalishiga sharoit yaratmoqda.
Bu boradagi eng muhim vazifa va muammolar inobatga olingan holda qabul
qilingan Prezident qarori mamlakatimiz tuman va shaharlarining sanitariya-
epidemiologiya holatini yaxshilash, 2017 — 2021 yillarda chiqindi bilan bog‗liq
vazifalarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirishni
yanada kuchaytirishga qaratilgan.
Jumladan, mazkur qaror bilan quyidagi dastur va loyihalar tasdiqlanmoqda:
2017 — 2021 yillarda chiqindilarni to‗plash, saqlash, utilizatsiya qilish va
qayta ishlash tizimini takomillashtirish tadbirlari;
2017 yilda mamlakatimiz shaharlaridagi sanitariya
jihatidan tozalashga
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalariga 237 ta
maxsus texnika xarid qilish, 94 ta garaj qurish, qattiq maishiy chiqindilar uchun
168 ta elak qurilmalari o‗rnatish reja ko‗rsatkichlari;
Toshkent, Samarqand, Andijon va Namangan shaharlarida yirik loyihalarni
amalga oshirishni o‗z ichiga olgan, 2017 — 2021
yillarda xalqaro moliya
tashkilotlarining 161 million AQSH dollaridan ortiq mablag‗larini jalb etgan holda
shaharlarda chiqindilarni to‗plash, tashib ketish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash
tizimini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalari ro‗yxati;
114 ming pogono metr to‗siq, 152 ta sanitariya uzeli, 158 ta maishiy xona,
163 ta avtomobillarni yuvish joyi, 269 kilometr elektr ta‘minoti tarmoqlari, 166 ta
texnik suv ta‘minoti qudug‗i hamda 240 kilometr asfaltlangan kirish yo‗llarini
qurish orqali qattiq maishiy chiqindilar to‗planadigan 168 ta poligonni
obodonlashtirish manzilli dasturi;
2017-2018 yillarda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlaydigan
texnologiyalarni joriy etish prognoz ko‗rsatkichlari, jumladan, kelgusi ikki yilda
Nukus shahri va barcha viloyatlar markazlarida
chiqindilarni qayta ishlash
korxonalarini qurish ko‗zda tutilib, mazkur loyihalarga 27 million AQSH
dollaridan ziyod mablag‗ yo‗naltirildi.
Ana shu kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali aholining keng
qatlamlari uchun yanada qulay ijtimoiy sharoitlar yaratiladi.
Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish va mazkur dasturlar amalga
oshirilishini nazorat qilish, muammoli masalalarni hal etish bo‗yicha tezkor chora-
tadbirlar ko‗rish maqsadida Respublika komissiyasi tashkil etildi.
2017 — 2021 yillarga mo‗ljallangan dasturni moliyalashtirish uchun 1 trillion
so‗mdan ziyod mablag‗ yo‗naltiriladi.
Mazkur qarorning amalga oshirilishi tufayli quyidagi muhim natijalarga
erishiladi:
Birinchidan, aholiga qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va poligonlarda
utilizatsiya qilish xizmatlari ko‗rsatish bo‗yicha yaxlit tizim tashkil etish ishlari
nihoyasiga etkaziladi.
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
249
Ikkinchidan, sanitariya jihatidan tozalash ishlariga ixtisoslashtirilgan
tashkilotlar va Qoraqalpog‗iston Respublikasi va viloyatlardagi ―Toza hudud‖
davlat unitar korxonalari filiallari maxsus texnikalar (chiqindi
tashish va
assenizatsiya mashinalari) hamda qattiq maishiy chiqindilar uchun elektromexanik
elak qurilmalar bilan to‗liq ta‘minlanadi.
Uchinchidan, qattiq maishiy chiqindilarni organik o‗g‗itlarga aylantirish
uchun birlamchi qayta ishlashni tashkil etish, shuningdek, qattiq maishiy
chiqindilarni qayta ishlash bo‗yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga
erishiladi.
To‗rtinchidan, aholini qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari
bilan qamrab olish darajasi 2021 yilgacha mamlakatimiz bo‗yicha 63 %dan 93
%ga o‗sadi.
Muxtasar aytganda, ―2017 — 2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‗liq
ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish
va rivojlantirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarorning qabul qilinishi yurtimizda ekologiya va
sanitariya muhitini yanada yaxshilash, aholi salomatligini mustahkamlash, shahar
va qishloqlarimizning yanada obod va ko‗rkam qiyofa kasb etishi yo‗lidagi ulkan
amaliy qadamdir.
Dostları ilə paylaş: