Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
244
-IES da hosil bo‗layotgan qattiq chiqindilarga kul va shlak
.
Mutaxasislar tomonidan, tabiiy boyliklarni tejash va ishlab chiqarish
tarmoqlariga ekologik sof texnologiyalarni joriy etishga alohida e‘tibor
qaratilayotgani ta‘kidlanmoqda. Bu borada qabul qilingan
dastur va loyihalarda
belgilangan vazifalar, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta‘minlashga
yo‗naltirilgan chora–tadbirlar samarasida atrof–muhitga salbiy ta‘sirlarni
kamaytirishga erishilmoqda.
Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ko‗plab turlarini
joriy etish imkoniyati mavjud. Ilmiy tadqiqot muassasalarida
yaratilayotgan
quyosh, shamol, biogaz va boshqa tabiiy resurslar asosida ishlaydigan zamonaviy
qurilmalardan samarali foydalanilmoqda. Bunday qurilmalar markazlashgan elektr
ta‘minotidan uzoqda joylashgan aholini elektr va issiqlik manbai bilan ta‘minlash,
tabiiy zaxiralarni tejash, chiqindilarni kamaytirish imkonini bermoqda.
O‗zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‗mitasi
huzuridagi ―Ekoenergiya‖ ilmiy–tadqiqot markazi hamda O‗zbekiston Ekologik
harakati tashabbusi bilan tashkil etilgan uyushma hozirda, muqobil yoqilg‘i va
energiya manbalaridan foydalanishni muvofiqlashtirish
hamda korxonalarda
chiqindisiz texnologiyalarni joriy etishni rivojlantirish bo‗yicha ish olib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: