Toshkent 2020 yil


XV.2. Chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

XV.2. Chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy 
prinsiplari. 
Akad. B.H.Laskorin boshchiligida olib borilgan tadqiqotlarga asosan 
shlab chiqarish korxonasining qaysi tarmoqqa mansubligidan qat‘iy nazar ularning 
barchasi uchun taaluqli bo‗lgan quyidagi asosiy 
4-ta tamoil
bajarilsa, chiqindisiz 
texnologik jarayonga erishilishi mumkindir: 
-Maxalliy oqova suvlarni tozalash texnologiyasini qo‗llash hisobiga uning
aylanma xarakatini tashkil qilish, ya‘ni tabiiy yer usti va yer osti suvlaridan toza 
suv manbai sifatida foydalanishni cheklash; 
-Bir korxona chiqindilarini ikkinchi korxona tomonidan xom ashyo, 
ikkilamchi ashyo sifatida foydalanishni ta‘minlash, ya‘ni barcha turdagi 
chiqindilarni qayta ishlash va foydalanishga erishish; 
-Xom ashyo va chiqindilardan foydalanishni ta‘minlovchi turli ishlab ishlab 
chiqarish korxonalarini bir yer ga to‗plash - ya‘ni turli korxonalarni hududiy
majmuasini tashkil etish; 
- Ishlab chiqarishni ekologiyazatsiyalash - ya‘ni xom ashyoga maxsus ishlov 
berish yo‗li bilan tozalab, keyin foydalanish natijasida hosil bo‗ladigan chiqindilar 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
243 
turlari va miqdorini kamaytirish. 
XV.3. Energetika sanoatida hosil bo‗layotgan chiqindilar va ularni 
bartaraf etish chora-tadbirlari.
Jahon iqtisodiyoti tarmoqlarida energiya 
resurslariga bo‗lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Shu bois inson va tabiat 
o‗rtasidagi muvozanatni ta‘minlash va barqaror rivoj lanishga erishishda tabiiy 
resurslarni tejash, qayta tiklanuvchi, ekologik sof energiya manbalaridan 
foydalanish muhim ahamiyatga ega. 
Shunga ko‗ra, O‗zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi 
huzuridagi ―Ekoenergiya‖ ilmiy–tadqiqot markazi hamda O‗zbekiston Ekologik 
harakati tashabbusi bilan tashkil etilgan uyushma muqobil yoqilg‘i va energiya 
manbalaridan foydalanishni muvofiqlashtirish hamda korxonalarda chiqindisiz 
texnologiyalarni joriy etishni rivojlantirish bo‗yicha faoliyat olib bormoqdalar.
Ushbu darsimizda Mamlakatimizda elektroenergetikaning etakchi tarmog‘i 
bo‗lgan Issiqlik elektrostantsiyasi (IES) da 
chiqindisiz texnologik jarayonni hosil 
qilishni ko‗rib chiqamiz. Ma‘lumki, 70% 
elektr energiyasi hozirgi kunda issiqlik 
elektrostantsiyalarida ishlab chiqariladi. 
Shu bilan bir vaqtda ularda hosil 
bo‗layotgan 
chiqindilar 
atrof-muhitga 
tashlanayotgan chiqindilarning 29% ini 
tashkil etadi.

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin