3-Modul: Huquqiy ekologiya XVII Bob. Atrof- muhit muhofazasining huquqiy asoslari. O‗zbekiston Respublikasi ekologiya sohasidagi qonunlari – ―Oliy Majlis tomonidan yoki umumhalq ovoz berish (referendum) orqali qabul qilingan, o‗zida uning amal qilish muddati, hududi va shaxslar doirasida ekologik munosabat sub‘ektlari faoliyatining umumiy ko‗rsatkichlarini mujassamlashtirilgan normativ-huquqiy xujjatlari‖ hisoblanadi. Yurtimizda
atrof-muhitni
muhofaza
qilish
bo‗yicha
qonunchilik
bazasini mustaxkamlash, shu sohada qabul qilinayotgan qonun va qarorlar ijrosi
yuzasidan parlamеnt nazoratini joriy etish borasida muayyan ishlar
amalga oshirilganini qayd etish joiz. Ayni vaqtda butun dunyoda ekologik
muammolar tobora kеskinlashib borayotgan xozirgi kunda bu sohadagi ishlarni,
afsuski, yеtarli va qoniqarli, dеb aytolmaymiz. Bu borada O‗zbеkiston Ekologik
xarakati quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratishi zarur. Ma'lumki, aholini,
ayniqsa, qishloq joylarda toza ichimlik suvi bilan ta'minlash masalasi xamon
dolzarb bo‗lib qolmoqda …
61
XVII.1. Tabiat muhofazasining O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlarida aks etishi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‗zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, o‗zbek halqining irodasini aks ettiruvchi,
O‗zbekistonda inson huquqlari, erkinliklari va burchlarini ifodalovchi, davlat
tuzilishi hamda boshqaruv shakli asoslarini mustahkamlovchi, xokimiyat idoralari,
nodavlat tashkilotlari faoliyatining tashkil etilish tartibi va printsiplarini
belgilovchi asosiy qonundir. Konstitutsiyamiz xalqaro jamoatchilik tomonidan
yuqori baholangan hamda umum insoniy qadriyatlarni ifodalovchi, demokratik
davlat va fuqarolik jamiyatini O‗zbekistonda shakllantiruvchi huquqiy manba
sifatida e‘tirof etilgan. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
konstitutsiyaviy qonunlari (konstitutsiyada belgilangan normalar bo‗yicha qabul
qilingan qonunlar) milliy davlatimizda yuzaga keladigan barcha ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishning asosiy hamda qat‘iy (imperativ) me‘yor va
qoidalarni o‗rnatadi.
Mustaqil Konstitutsiyamizning sobiq Ittifoq davrida qabul qilingan
(O‗zbekiston SSR) Konstitutsiyasidan asosiy farqi, unda inson huquqlari,
erkinliklari, burchlari jamoat va davlat huquqlaridan yuqori qo‗yilganligidadir,
ya‘ni prioritet (birlamchi) ahamiyat kasb etganligidadir.
Konstitutsiyamizning XI bobi–―Fuqarolarning burchlari‖–deb nomlangan