XVII.2. Tabiatni muhofaza qilishda davlat boshqaruvi tizimi va jamoatchilik tashkilotlari. Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi,
yagona uyi hisoblanadi va yer yuzida ekologik xalokatni bartaraf qilish, mavjud
220 dan ortiq davlatlar hamda hududlarning, 7,5 mlrd. dan ortiq insonlarning
umumiy vazifasidir. Mavjud ekologik muammolarni hal qilish, tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish xalqaro kelishuv asosida, umumjahon miqyosida amalga
oshirilgandagina o‗z samarasini berishi mumkin.
Davlatlararo
hamkorlikning
zarurligi
sayyoramizda
biosferaning
yagonaligidan va insonlarning ta‘siri hech qanday davlat chegaralari bilan
cheklanmasligidan kelib chiqadi. Oxirgi yillarda insoniyatni tashvishga solayotgan
ko‗plab mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolar faqatgina
davlatlararo hamkorlik yo‗li bilan hal qilinishi mumkinligi ma‘lum bo‗lib qoldi.
XII.1.1-jadval. № EKOLOGIK XAVFSIZLIKKA TAHDIDLAR 1 Global Iqlimning o‗zgarishi; Ozon qatlamini emirilishi Orol dengizi muammosi
2 Regional Orolbo‗yi muammolari; Suv resurslaridan foydalanishning regional
muammolari; Atrof muhitning chegralararo ifloslanishi; Cho‗llashish;
Infektsion va boshqa o‗ta xavfli kasalliklarning tarqalishi; Tabiiy va
texnogen xarakterli ofatlar.
3 Milliy Suv resurslarining etishmovchiligi va ifloslanganligi; Aholining ichimlik
suv bilan ta‘minlanganligi darajasi; Surilma va sel-toshqin hodisalari;
Havoning ifloslanishi; Bioxilma-xillikni asrash; Aholi salomatligining
yomonlashuvi; Falokatlar va ofatlar; Tabiiy resurslardan nooqilona
foydalanish; Sanoat va maishiy chiqindilar.
4 Mahalliy Alohida hududlarning radioaktiv ifloslanishi; Yer osti suvlarining
ifloslanishi.