nodavlat tashkilotlari faoliyat ko‗rsatmoqda. BMT ning fan, maorif, ta‘lim va san‘at masalalari bilan shu- g‘ullanuvchi tashkiloti –
YuNESKOning 14 loyihadan iborat ―Inson va biosfera‖ dasturi ko‗p yillardan beri xalqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan eng yirik dasturlardan biridir. TMXI 1966 yildan xalqaro ―qizil kitob‖ni e‘lon qilib keladi. Biologik
resurslarni himoya qilishda uning ahamiyati beqiyosdir.
Tabiat va jamiyat o‗rtasidagi munosabatlar eng ziddiyatli bosqichiga etgan
hozirgi davrda atrof muhitni muhofaza qilish sohasida barqaror xalqaro
hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Markaziy Osiyoda
―Orolni qutqarish xalqaro fondi‖, ―Markaziy Osiyo Mintaqaviy Ekologik Markazi‖
va boshqa tashkilotlar faoliyat olib bormoqda.
XVII.3. O‗zbekistonning ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorligi. O‗zbekiston Respublikasining 1992 yili 2 martda BMTga teng huquqli a‘zo
bo‗lishi ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik uchun ham keng yo‗l ochib berdi.
Birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari o‗rtasidagi ikki tomonlama va ko‗p
tomonlama hamkorlikni rivojlantirish katta ahamiyaga egadir. Ayniqsa, Orol va
Orolbo‗yidagi ekologik muammolar Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro
tashkilotlarning diqqat markazida bo‗lib, ushbu yo‗nalishda turli tadbirlar
o‗tkazildi va amalga oshirilmoqda. Orolbo‗yi aholisini sifatli ichimlik suvi bilan
ta‘minlash, ularga tibbiy yordam ko‗rsatish, hamkorlikning asosiy masalalaridan
hisoblanadi.
Jahon Banki, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXXT) va
boshqalar O‗zbekistondagi ekologik muammolarni hal qilish ishiga katta hissa
qo‗shmoqdalar. O‗zbekistondagi Ekologiya va salomatlik fondi- ―Ekosan‖,
nodavlat tashkilotlari ekologik muammolarni hal
qilishda, xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish ishiga
o‗z
hissasini qo‗shmoqda.
Mustaqil
Davlatlar
Xamdo‗stligi
(MDX)
mamlakatlari kelishuviga binoan ekologiya sohasidagi
hamkorlik 1992 yil tuzilgan Davlatlararo Ekologik
Ittifoq (DEI) orqali amalga oshiriladi. Ekologiya va
tabiatni muhofoza qilish muammolarini hal qilishda O‗zbekiston Respublikasi
Markaziy Osiyo davlatlari, Osiyo, Evropa, Amerika va Tinch okeani mintaqasi
mamlakatlari bilan ikki tomonlama va ko‗p tomonlama hamkorlikni
rivojlantirmoqda. Xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ekologik ta‘lim va
tarbiyani rivojlantirish masalalariga ham alohida e‘tibor beriladi.