Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
35
hasharotlar o‗simliklarga changlanishida, qush va umurtqali hayvonlar meva va
urug‘larning tarqalishida qatnashadi. Ba‘zi bir hayvonlar esa o‗simliklar
bilan
oziqlanib, ularni hatto yo‗qotib ham yuboradi.
Hayvonlar o‗simliklarga tuproq omillari
orqali ham ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, yer
kovlovchi hayvonlar tuproq mexanik va
biologik xususiyatlarining o‗zgarishiga olib
keladi.
Tuproq
hosil
bo‗lishida,
unda
yashovchi mikroorganizmlar katta ta‘sir
ko‗rsatadi.
O‗simliklarning o‗simliklarga bevosita
ko‗rsatadigan ta‘siriga quyidagilar kiradi:
parazitizm,
simbioz,
bir
o‗simliklarning
boshqasiga
mexanik
ta‘siri,
birining
ikkinchisini
siqib chiqarishi, (lianalar va
epifitlar va boshqalar). Antropogen omil bu
insonlarning tabiatga ko‗rsatadigan ta‘siri. U salbiy yoki ijobiy bo‗lishi mumkin.
Ijobiy ta‘sirga, biotsenozlar hosil qilish, daraxtlarni ko‗paytirish va boshqalar
kiradi. Salbiy ta‘sirlarga havo, suv, tuproqni ifloslantirish, o‗simliklar jamoasining
degradatsiyaga uchratilishi, yerlarning eroziyaga uchrashi va boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: