II.2. Tashqi muhit omillari va ularning organizmlarga ta‘siri. Yorug‘lik o‗simliklar uchun birinchidan fotosintez jarayonining amalga
oshishida asosiy sharoitlardan hisoblanadi, ikkinchidan u transpiratsiyani, ya‘ni
bug‘lashishni tezlashtiradi. Uchinchidan, o‗simliklarning o‗sish tezligini
sekinlashtiradigan muhit omili hisoblanadi. Lekin bu jarayonlar har doim bir xil
o‗tmaydi. O‗simlik rivojlanishi fazasini o‗tganda, ma‘lum darajada, yorug‘lik va
qorong‘ulikni talab qiladi.
Yorug‘lik o‗simliklarning o‗sishida, ya‘ni hujayra va to‗qimalarda boradigan
o‗sish jarayonlari va organlarning hosil bo‗lishiga bevosita ta‘sir qiladi.
Yorug‘lik manbai quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. Butun tushayotgan quyosh
radiatsiyasining 42% atmosfera orqali qaytariladi, 15% atmosferani isitish uchun
ketadi, faqatgina 43% yer yuziga kelib tushadi. Quyosh radiatsiyasi bu issiqlik va
sayyoramizdagi hayotning asosiy manbaidir. Nur energiyaning ekologik omil
sifatida xususiyati uning to‗lqin uzunligi bilan belgilanadi.
Yorug‘lik spektrida
ko‗rinuvchi ultrabinafsha va infraqizil nurlar ajraladi. Ultrabinafsha nurlar tirik
organizmlarga kimyoviy ta‘sir ko‗rsatadi, infraqizil esa issiqlik beradi.
Yorug‘likning quyidagi ekologik ta‘sirlari mavjud: Ey, Haqiqat! Jam bino qilgan var xonalaridagi yorug‘lik – so‘ylagil, nedir? Ahura mazda dedi:
- O‘zining va borliqni yaratgan yorug‘lik . U yerda yulduzlar, oyu quyoshning paydo va pinhon bo‘ishi yilda bir marta yuz beradi. Avesto. Vandidod, Ikkinchi
fargard, birinchi bo’lim (39-40).