Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
42
Harorat organizmlarning tinim holatidan chiqishi, diopauzaga o‗tishi yoki
migratsiyaga ketishiga sabab bo‗ladi. U o‗simliklar va hayvonlardagi hayot
formalariga ta‘sir qiladi.
Suv ekologik omili:
Suv asosiy ekologik omillardan biri bo‗lib, yer yuzidagi
o‗simliklar va hayvonlarning yashashi uchun muhim omil hisoblanadi. Muhit
bilan modda almashinuvi va fotosintez jarayonida suv metabolit va erituvchi
sifatida qatnashadi. Mineral tuzlar, o‗simlikka tuproqdan suvda erigan holda o‗tadi.
Gidrobiontlar uchun suv yashash muhiti bo‗lib hisoblanadi. Suvsiz modda
almashinuvi davom etmaydi. Suv bu hayot demakdir. Tirik organizmlar asosi
suvdir. O‗simliklarda u 40 -98% ini suv tashkil qiladi. Hayvonlar tanasida ham
suvning miqdori turlicha: cho‗l chigritkasida 35%, it baliqda 93%, kattasida
77,8%, sichqon bolasida 83
%,
kattasida 79%. Suv yetishmasligiga chidamlilik tur
ekologiyasiga bog‘liq. Masalan dasht sharoitida yashovchi qurbaqa tanasidagi
suvning 50% ini yo‗qotganda, namlikni yaxshi ko‗ruvchi o‗tloq qurbaqasi esa
suvning 15% ini yo‗qotganda nobud bo‗ladi.
Hayvonlarda namlikka chidamlilik o‗simliklarga nisbatan kuchliroq. Masalan,
odam o‗z tanasidagi suvning 10% ni yo‗qotsa, tuya esa 27% ini, qo‗y 23 % ini, it
17 % suv yo‗qotganda nobud bo‗ladi.
O‗simliklarning suvga ehtiyoji juda yuqori. O‗rta iqlimda o‗sadigan
o‗simliklarning 1 g quruq modda hosil qilishi uchun 250 -400g suv kerak.
Demak, organizmlarning Yer yuzida zonalar bo‗yicha tarqalishida, suv asosiy
cheklovchi omil bo‗lib xizmat qiladi.
Quruqlikda o‗sadigan o‗simliklar uchun asosiy suv manbai sifatida atmosfera
yog‘ini xizmat qiladi. O‗simliklarning suv bilan ta‘minlanishi joylarning umumiy
xarakteristikasiga bog‘liq.
Ekvatorial iqlim mintaqalarida yil davomida 1000 mm yog‘in tushadi. Cho‗l
zonalarida yog‘in miqdori 100 mm va undan kam ham bo‗lishi mumkin.
O‗simliklarga suv o‗tishining asosiy yo‗li, bu ildiz tizimi bo‗lib, o‗simlik ildiz
orqali tuproqdan suvni shimadi.
Dostları ilə paylaş: