Toshkent 2020 yil


Hayvonlarda suv mutanosibligi



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 
Hayvonlarda suv mutanosibligi: 
Hayvonlar suvni 3 xil yo‗l bilan qabul 
qiladi: ichish yo‗li, ho‗l ovqatlarni qabul qilish hamda, metabolizm jarayonida
ya‘ni yog‘, oqsil va uglevodlarning parchalanishi natijasida hosil bo‗lgan suvdan 
foydalanadi. 
Hayvonlar suvni teri va nafas organlari orqali bug‘lantirish, buyrak orqali 
filtrlash, hamda hazm qilinmagan ovqat qoldiqlari bilan birgalikda tashqariga 
chiqarish yo‗li bilan yo‗qotadi. 
Hayvonlarda suv yo‗qotish, suv qabul qilish orqali to‗ldirib turilishi kerak. 
Barcha tirik organizmlarda, ochlikdan ko‗ra, suv yo‗qotish tezroq o‗limga olib 
keladi. Qurg‘oqchilik sharoitida hayvonlar suv manbalaridan uzoqda yashay 
olmaydi. Qushlar ham suvsiz yashay olmadi. Ko‗p hayvonlar uzoq vaqt suv 
ichmay yashashlari mumkin, bunga sabab, organizmining suvga bo‗lgan talabini 
ular ho‗l ovqat orqali qabul qiladi. Havo namligi ham hayvonlar uchun juda zarur, 
chunki namlik katta bo‗lganda ularning tanasi orqali bug‘lanadigan suv miqdori 
kamayadi. 
 
Hayvonlarning suv ekologik omiliga nisbatan munosabati butun 3 ta 
guruhga bo‗linadi.
1.
Gigrofillar
–suvni yaxshi ko‗ruvchilar, bularga qon so‗ruvchi chivinlar 
misol bo‗lishi mumkin. 
2

Mezofillar
–namlikda uchrovchi hayvonlar - hasharotlar. 
3

Kserofillar
– quruq joylarda yashovchi hayvonlar cho‗l chigritkasi, cho‗l 
qo‗ng‘izi va boshqalar. 
Shunday qilib suv ekologik omili eng asosiy omillardan bo‗lib, barcha 
organizmlar tarkibiga kiradi ham o‗simlik va hayvonlarning yer yuzida tarqalishini 
belgilovchi asosiy omil bo‗lib ham hisoblanadi. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
45 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin