Havo, rel‘ef va boshqa ekologik omillar. Havo - o‗simliklar uchun faqat
muhit bo‗libgina qolmasdan, ularda kechadigan bir qator hayotiy jarayonlar va
oziqlanishda birdan-bir ekologik omil sifatida ishtirok etadi.
Atmosfera havosi bir necha gazlarning aralashmasidan iborat bo‗lib,
o‗simliklar uchun bevosita ahamiyatga ega bo‗lganlari - karbonat angidrid,
kislorod va azot hisoblanadi. Karbonat angidridning havodagi miqdori – 0,03%. U
atmosferada o‗simlik va hayvonlarning nafas olishi, yonish jarayonlari hamda
vulqonlar otilgan paytda ajralib chiqadi. Kislorod havoda o‗simliklar uchun zarur
bo‗lgan miqdordan ham ortiqroq bo‗ladi. Azot ko‗pchilik o‗simliklar uchun
ahamiyatsiz hisoblansada, u tuban o‗simliklar, ayniqsa, tuganakli bakteriyalar,
azotobakteriya va aktinomitsetlar, yashil suv o‗tlari uchun ozuqa manbai sifatida
xizmat qiladi. Havodagi sulfat angdirid, azot oksidlari, vodorod galogenlari,
ammiak va boshqa zararli moddalar o‗simliklardagi gaz almashish paytida,
yog‘ingarchilik vaqtida, yerga tushganda va changlarning o‗tirishi natijasida
o‗simlik organlariga kirib, ularning barglari va boshqa organlarini zaharlaydi.
Natijada, o‗simlikda hayotiy jarayonlar buziladi va ular butunlay nobud bo‗lishi
ham mumkin. Shuning uchun hozirgi vaqtda atmosfera havosini muhofaza qilish
bo‗yicha juda katta konstruktiv, texnologik, sanitar-texnologik va boshqa tadbirlar
amalga oshirilmoqda.
Shamol deganda havo massasining yer yuzi bo‗ylab ko‗chib yurishi
tushuniladi. O‗simliklarga shamol bevosita va bilvosita ta‘sir ko‗rsatadi.
SHamolning to‗g‘ridan-to‗g‘ri ta‘siri, uning mexanik ta‘siridir. U daraxtlarning
poyasini sindiradi, barglarini yulib ketadi.
Shamol o‗simliklardagi fiziologik jarayonlarga ham ta‘sir qiladi, U o‗simlik
bug‘latayotgan suvni olib ketadi. Uning o‗rnini quruq havo massasi egallaydi.
O‗simlik fotosintez uchun zarur bo‗lgan karbonat angidrid bilan shunday
ta‘minlanadi. O‗rta Osiyo cho‗llarida esadigan ―garmsel‖ shamoli o‗simliklarga
jiddiy zarar yetkazadi.
Shamolning bilvosita ta‘siri shundan iboratki, u qum va
tuproqlarni ko‗chirib yuborishi natijasida o‗simliklar ildizlari ochilib qoladi.
Shamolning doimo bir tomonga esishi o‗simliklarning tashqi qiyofasiga ham ta‘sir
qiladi. Natijada, ular bayroqsimon shaklli bo‗lib qoladi.