Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 
 
 
Tuproq ekologik omili:
Yashash
 
joyini tanlash doimiylik printsipi, uning 
antipodi yashash joyining
 
almashtirish
 
printsipi, turning yashash muhiti bilan 
aloqasining murakkabligidan dalolat beradi. Turning yashash joyi bilan 
munosabatini tushunmasdan, uning ekologiyasini va ayrim biologik xususiyatlarini 
tushunish qiyin
11
.

 Edafik omil, grekcha so‗z bo‗lib, "Edafos" - tuproq omilini bildiradi. 
 
Edafik omilning o‗simlik va hayvonlar hayotidagi roli.
 
Hayvonot va 
o‗simliklar hayotida har xil iqlim omillari bilan bir qatorda tuproq sharoiti ham 
muhim rol o‗ynaydi.
Tuproq–organizmlarning suv muhitidan quruqlikka chiqishida normal 
sharoit yaratib bergan muhit hisoblanadi. Edafik omil boshqa ekologik omillardan 
o‗zining xarakterli tomonlari bilan ajralib turadi. 
Birinchidan
, iqlim omillaridan 
farq qilib, u organizmlarga faqat ta‘sir qilib qolmasdan, ko‗pgina mikroblar, 
o‗simliklar va hayvonlar uchun yashash muhiti yaratuvchi omil bo‗lib xizmat 
qiladi. 
Ikkinchidan
, u tog‘
jinslari, iqlim, organik dunyo bilan kishilik jamiyati 
orasida bir-biriga ta‘sir qiluvchi dinamik mahsulot hamdir. 
Uchinchidan
, edafik 
11
H.X. Kimsanboyev, R.Sh. Oʹlmasboyeva, Q.X. Xalilov. Umumiy va qishloq xoʹjaligi 
entimologiyasi. Toshkent ―Oʹqituvchi‖ 2002 yil. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
46 
omilning o‗ziga xos xarakteri shundaki, u abiotik va biotik omillar chegarasida 
turadi. Shuning uchun uni tuproqshunoslar 
biokos modda
deyishadi.
Tuproq omili turli joylarda turlicha bo‗lib, u doimo o‗zgarib turadi. U.V. 
Dokuchaev aniqlagan qonuniyatlar asosida keng geografik masshtabda mintaqalar 
o‗zgarishiga xos o‗zgaradi. 
Tuproqlar 3 fazali tuzilishi bilan o‗zaro farqlanadi, chunki u qattiq, jinslar, 
suv va havo fazalaridan iborat. Ekologik nuqtai nazardan, unda quyidagi 
elementlarni ajartish kerak – uning mineral va organik qismi, suvli eritmasi, tuproq 
havosi, mikroorganizmlar, o‗simliklar va hayvonlar. 
Uning organik qismi–o‗simlik va hayvonlar qoldiqlaridan hosil bo‗ladi. 
Organik moddalarning miqdori uning hosildorligini belgilaydi. 
Tuproqda juda ko‗p miqdorda mikroorganizmlar mavjud. Masalan, 1 g 
hosildor tuproqda 2 milliardga yaqin bakteriya, bir necha million aktinomitsetlar va 
zamburug‘lar, yuzlab boshqa mikroorganizmlar, hamda yashil suv o‗tlari bor. 
Tuproqdagi xlorofilsiz organizmlarning ro‗li ham katta, ular organik va 
anorganik moddalarni o‗simliklar uchun o‗zlashtiraldigan holatga keltiradi. 
Tuproq ba‘zi umurtqali hayvonlar uchun yashash muhiti bo‗lib xizmat qiladi. 
Unda suv va qirg‘oqda yashovchi, sudralib yuruvchilar, hamda ko‗pgina qushlar 
yashaydi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin