Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
49
Qachonlardir,
Xitoy davlatida bug‘doy
hosilini oshirish uchun
chumchuqlarni yo‗qotish kerak, degan
noto‗g‘ri
qaror qabul qilingan. Buning
oqibatida Xitoy xalqi deyarli barcha chumchuqlarni qirib yuborgan. Natijada,
hosil miqdori oshishi o‗rniga
ekinlar kasallanib, qurt-qumursqalarning qulay
sharoit tufayli ko‗payishidan hosil keskin kamayib ketgan va davlat katta
talafot ko‗rgan. Albatta, bunga o‗xshash misollarni ko‗plab keltirish mumkin.
Shuning uchun biz doimo tabiat ustidan o‗z hukmimizni o‗tkazishda
shoshmasligimiz, balki o‗ta ehtiyotkorlik bilan unga ―to‗g‘ri muomala‖
qilmog‘imiz darkor.
2-qonun
. Hech bir narsa izsiz yo‗qolmaydi, faqat bir ko‗rinishdan ikkinchi
ko‗rinishga o‗tadi.
Hamma narsalar qaergadir yashirinishi kerak.
Har bir narsa
izsiz yo‗qolmaydi, balki bir joydan ikkinchi joyga ko‗chishi mumkin, bir
molekulyar
holatdan
ikkinchisiga
o‗tishi
mumkin.
Bunday
o‗zgarishlar
tirik
organizmlarning yashash jarayoniga ta‘sir etadi.
Masalan, yog‘ingarchiliklar ko‗proq sodir
bo‗lganda, tabiiy iqlim o‗zgarib o‗simliklar
rivojlanishiga katta ta‘sir etishi mumkin. Yoki
yer qa‘ridan qazib olinadigan ma‘danlar, neft va
gazlardan yangi moddalar va birikmalar olinadi.
Ammo texnologik jarayonlar davomida ajralib
chiqadigan chiqindilar tabiatga yoyilib ketgan.
Hozirgi kunda
atrof-muhitning keskin
ifloslanishi
shu
qonunning
amaldagi
ko‗rinishidir. Biosfera va uni tashkil etuvchilar –
atmosfera havosi, gidrosfera (suv havzalari),
litosfera (tuproq qatlami) turli xil ko‗rinishdagi
―chiqindi‖lar bilan, ya‘ni ma‘lum tarkibdagi
moddalar
bilan
ifloslanmoqda.
Ushbu
―chiqindi‖lar,
ya‘ni
moddalar
atrofga
tashlanguncha boshqa ko‗rinishda–xom ashyo,
yarim mahsulot yoki tayyor mahsulot
ko‗rinishida edi.
Ular qazib olish, qayta ishlash
va ishlatish mobaynida boshqa ko‗rinishga,
ya‘ni ―chiqindi‖ ko‗rinishiga o‗tdilar va atrofni
iflosladilar.
Shu o‗rinda bir
narsani tushunib olmoq
lozim. ―Chiqindi‖ – bu unga nisbiy berilgan nom, har qanday ―chiqindi‖
yuqorida aytilganidek aniq bir kimyoviy tarkibga ega, u biror-bir xom ashyoning,
mahsulotning bo‗lagi, zarrasi (chang ko‗rinishida) bo‗lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: