1 . Qisqa kunli o‗simliklar . Bu o‗simliklarning gullash fazasiga o‗tishi uchun sutkada, 12 soat yoki undan kamroq yorug‘lik vaqti kerak (kanop, tamaki va boshqalar). 2 . Uzun kunli o‗simliklar . Bularning gullash fazasiga o‗tishi uchun bir sutkada, 12 soatdan ko‗p yorug‘lik kerak (kartoshka, bug‘doy, ismaloq va boshqalar). 3 . Fotoperiodik reaktsiyasi bo‗yicha neytral o‗simliklar . Bu o‗simliklarning
gullash fazasiga o‗tishidan farq qilmaydi. Bu gruppaga tomat, qoqi o‗ti kabi
o‗simliklar kiradi.
Har bir tur uchun o‗zining fotoperiodik yoki yorug‘lik davri xarakterli. Uzun
kun o‗simligi xrizantema uchun gullash fazasiga o‗tishida, sutkasiga 14 soat 40
minut davomida yorug‘lik kerak ekan. Agar yorug‘lik 13 soat 50 minut davomida
qabul qilinsa, g‘unchalar paydo bo‗lmaydi.
Shunday bir misol keltirish mumkin. Sholi o‗sib turgan dala yaqinida gaz
mash‘alalari yonib turishi natijasida, sholi uzoq vaqt gullash fazasiga o‗tmay
turgan. Demak mash‘ala yorug‘ligi o‗simliklarda fotoperiodik reaktsiyani hosil
qilib, gullashni kechiktirgan.
Fotoperiodik reaktsiya ma‘lum geografik muhitga moslashib bo‗lishi bilan
birga, o‗simliklarning yer yuzida tarqalishini cheklovchi omil hamdir. CHunki,
ma‘lum fotoperiodik reaktsiyali o‗simliklar ularga to‗g‘ri kelmaydigan yorug‘lik
miqdorida o‗sa olmaydi. Kun uzunligi shimoldagi uzun kun o‗simliklarining
janubga tarqalishida, janubdagi qisqa kun o‗simliklarining esa shimolga
tarqalishiga xalaqit beradi.
Neytral fotoperiodik reaktsiyaga ega bo‗lgan o‗simliklar keng tarqalgan
bo‗lib, tropik o‗rmonlaridan tortib arktikagacha bo‗lgan rayonlarda uchraydi.
Hayvonlar uchun yorug‘lik yashil o‗simliklar singari muhim omillardan
hisoblanmaydi. Chunki bu geterotrof organizmlar o‗simliklar tomonidan yig‘ilgan
energiya hisobiga yashaydi. Lekin hayvonlar hayotida, quyosh spektrining
yorug‘lik qismi ( II.2.1-jadval) muhim rol o‗ynaydi.