Birinchidan, eng ustuvor vazifa, o‗lkada suv muammosi ijobiy hal qilinmog‘i
zarur, suv bilan ta‘minlashning kafolatlanishi yangi ekologik muvozanatning
tiklanishiga imkon beradi.
Ikkinchidan , eng
ustuvor vazifa, sug‘oriladigan mintaqada meliorativ tadbirlar
negizida tuproqlarning suv-tuz muvozanatida barqaror ravishda manfiy ko‗rsatkichga
erishilsa, iqtisodiy samaradorlik xam ko‗tarilish yo‗nalishiga ega bo‗ladi. Chunki, ekinlar
hosildorligi orta boradi, yerdan foydalanish koeffitsienti optimal ko‗rsatkichga etadi,
almashlab ekish chizmalarini to‗la tatbiq etish uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi.
Binobarin, iqtisodiy potentsial ko‗lami ancha ortadi, xo‗jaliklarning rentabelligi sezila
boshlaydi.
Uchinchidan, eng ustuvor vazifa, o‗lkaning iqlimi o‗zgarayotgani va suv
tanqisligini hisobga olgan holda qishloq xo‗jalik ekinlarining shu hududga mos
keladigan turlarini joylashtirish chizmasi, chorvachilik hamda baliqchilikni tubdan
rivojlantirish yo‗llarini asoslash eng dolzarb masala hisoblanadi. Bu borada boshqa ishlar
qatori chuqur iqtisodiy tahlil va hisob-kitob ishlari bajarilishi maqsadga muvofiq.
Demak, yuqoridagilardan shunday xulosa chidarish mumkinki :
-
Ekologiya bilan iqtisodiyot o‗rtasida juda ham yaqinlik mavjud bo‗lib, ular
bir–birlarini taqozo etadilar;
-
Ekologiya xo‗jalikni yuritish uchun resurslar va qulay tabiiy sharoitlarni
ta‘minlab beradi;
-
Iqtisodiyot o‗z navbatida mavjud boyliklar va sharoitlarni e‘tiborga olgan
holda iqtisodiyotni rivojlantirish yo‗llarini ilmiy asoslangan holda taraqqiy etishini
ta‘minlashi zarur.
Bu o‗zaro ta‘sirlar doirasida iqtisodiyotga ko‗p narsa bog‘liq, ya‘ni :
-
Eng muhimi tabiatdan resurslarni me‘yorga va ehtiyojga qarab xalq xo‗jaligi muomalasiga kiritish; -Isrofgarchiliklarga chek qo‗yish; - Atrof -muhitni chiqindilar bilan bulg‘amaslik; - Resurslardan foydalanganlik uchun xaq to‗lash tartibini joriy etish va unga amal qilishni ta‘minlash maqsadga muvofiddir.
Resurslardan qanchalik odilona foydalanilsa, atrof-muhitning shunchalik toza
va ozoda bo‗lishi uchun imkoniyat yaratiladi. Bundan idtisodiyot va aholi
salomatligi katta foyda ko‗radi.