Toshkent 2020 yil


ingliz olimi Jozef Pristli (1733-1804)



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

ingliz olimi Jozef Pristli (1733-1804)
o'simliklar havoni 
―to'g'rilab‖, ya‘ni ―tozalab‖ qo'yishini aniqladi. U hamma joyi yopiq havo 
kirmaydigan idishda sham o'chib qolishi va u yerga yalpiz novdasi joylashtiril 
ganidan keyin sham yana yonishi mumkin ekanligini tajribada ko‗rdi. Pristlining 
tajribalari birinchi marta son-sanoqsiz chiroqlarning yonib ketishiga va CO
2
chiqadigan ko'plab hayvonlarning nafas olishiga qaramay, nima uchun Yerdagi 
havo ―toza‖ bo'lib qolishini mantiqiy ravishda tushuntirishga imkon berdi. U
―O'simliklar behudaga o'smaydi, balki atmosferamizni tozalaydi va yaxshi- laydi‖-
degan fikrga keldi. 1796 yilda 
gollandiyalik shifokor Yan Ingenxaus (1730 - 
1799)
havo faqat quyosh nurida va o'simliklarning faqat yashil qismlarida 
―tozalashini‖ aniqladi
17

 
Fotosintez jarayoni
– yerdagi asosiy hayot manbai hisoblanadi. 
Fotosintez jarayoni tufayli vujudga keladigan energiya dunyoda ishlab turgan 
barcha elektr stantsiyalarning umumiy quvvatidan 100 marotaba ko‗pdir. 
Yashil o‗simliklar tufayli yiliga, 180-250 mlrd. t. karbonat angidrid (SO
2

gazini yutib, qariyb 156-200 mlrd. t. kislorod (O
2
) ishlab chiqaradi, o‗rtacha 180 
mlrd. t. suv bug‘lanadi.
17
ЭКОЛОГИЯ: Учебник для технических вузов / Л. И. Цветкова, М. И. Алексеев и др.; 
Под ред. Л. И. Цветковой. - М.: Изд-во АСВ, СПб.: Химиздат, 2001. - 552 с: 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
62 
Fotosintez jarayoni yer sharidagi suvni 5,8 mln. yilda, atmosferadagi 
kislorodni 5800 yilda, karbonat angidrid gazini esa 7 yilda bir marotaba yangilab 
turadi. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, quruqlikdagi biomassa (2420 mlrd. t) 
suvdagi biomassa (3,2 mlrd. t)ga nisbatan 800 marotaba ko‗pdir. Biomassaning 
97% ni o‗simliklar, atigi 3% ni hayvonlar tashkil etadi. Yerdagi biomassaning 
umumiy miqdori 2408 mlrd. t. ga teng. Quyosh nurlarining tushishiga va joyning 
geografik o‗rniga qarab, ekvatordan qutblarga borgan sari, biomassa kamayib 
boradi.
Agar bundan ming yil oldin yer sharining 47% ni o‗rmonzorlar qoplangan 
bo‗lsa, hozirgi paytda bu ko‗rsatkich 27% ni tashkil etmoqda. Demak, biosferada 
O
2
va CO
2
gazlarning aylanishi yoki yangilanib turishi manfiy ya‘ni, salbiy 
tomonga o‗zgartirib borayotganini ko‗rishimiz mumkin. Bu esa albatta, 
biosferaning sifat ko‗rsatkichlariga, o‗simliklar va hayvonot dunyosi orasidagi 
aloqadorlikka va xususan ekologik muvozanatga katta salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Bir gektar o‗rmondagi daraxt barglarining maydoni 4-6 gektarni tashkil etadi. 
Mana shu yaproqlar sirtining maydoni Quyosh energiyasini yutib, yashirin 
energiyaga aylantiradi (9 mlrd.kkal/ga). Yashil o‗simliklar mana shu energiya 
hisobiga 1 gektar maydonda 9-10 t sof organik moddalarni to‗playdi. 
Ekologik piramida qonuniga asosan, ushbu energiya taqsimlana boraveradi. 
Demak, ekologik qonun-qoidalar buzilmaganda, ekologik muvozanat buzilmaydi, 
biosfera esa uzluksiz ―normal holda‖ ishlaydi.

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin