Biosferaning yaxlitlilik printsipi (tamoyili). V.I.Vernadskiy ta‘limoti
bo‗yicha biosferada tirik modda yaxlitlik xususiyatiga egadir. Bu biosferaning
yaxlitlilik printsipi (tamoyili) deb yuritiladi. Ushbu printsip tirik moddaning
fizik-kimyoviy birligi qonunidan kelib chiqadi. Biogeokimyoviy farqlar bo‗lishi
mumkin.
Biosferadagi
tirik
moddaning
miqdori
o‗zgarmas
hisoblanadi.
Atmosferadagi kislorod miqdori tirik moddaning miqdoriga teng keladi(1.5x10
21
g
va 10
20
-10
21
g). Tirik moddaning miqdori ―Quyosh-Yer‖ tizimidagi energetik
bog‘lanish bilan belgilanadi. Tirik organizmlar sekin-asta biosferani hozirgi
chegaralarda egallagan va hayotning tarqalishi davom etayapti.
Biosfera insonlarning yashashi uchun zarur hayotiy sharoitlar ega yagona
makon hisoblanadi. Biosferani almashtirib bo‗lmasligi shubhasiz,
qonun hisoblanadi ya‘ni:
-biosferani sun‘iy muhitga almashtirib bo‗lmaydi, chunki yangi hayot turlarini yaratish mumkin emas; -Inson abadiy dvigatelni yarata olmaydi, biosfera esa amalda abadiy dvigateldir. Kundan-kunga soni oshib borayotgan aholining hayoti biosferada mavjud
tabiiy resurslarga bevosita bog‘liqdir.
III.2. Biosfera haqidagi V.I.Vernadskiy ta‘limoti. Biosfera xaqidagi
ta‘limotning asoschisi rus olimi,
akademik V.I.Vernadskiy ―Noosfera‖ atamasini
fanga birinchi bo'lib kiritgan olimlardan biridir. U Yerning geologik tarixini tahlil
qilib, biosferada sekin-asta yangi davrga o'tish, yangi geologik kuch va yangi ilmiy
fikrlar natijasida kuzatilishini aytib o'tdi. Ammo haligacha biosferaning noosferaga
o'tishi haqida yakuniy fikr yo'q. Biosferadan noosferaga o'tish- inson aql zakovoti
va kosmosni o'rganish bilan bog'liq bo'ladi.