Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
65
bo'lgan dunyodan chiqib kelgan. U hozir noosfera
nomli daraxt poyasiga
joylashgan. Olim, insonning paydo bo'lishini evolyutsiya bilan bog'lab, inson
tabiatning mutloq yangi va original hosilasi, u borliqning yangi tartibidir –deydi.
Inson paydo bo'lishi bilan hayvonot biosferasi yuqoriga ko'tarildi,
keyin
inson sferasi, refleks sferasi, ongli va erkin ijod qilish yoki aniqroq qilib aytganda,
aql-idrok sferasi yohud,
noosfera
boshlandi. Biosferada olti yuz yil mobaynidagi
markazlashgan jarayonlarning to'planishi kuzatiladi.
Bu yerdagi asosiy maqsad
umumiy yerda, aql-idrokning yoppasiga rivojlanishi yoki tabiatning asosiy
rivojlanish maqsadiga to'g'ri keladi. Noosferaning paydo bo'lishi va oyoqqa turishi
uchun bir qator zarur shart-sharoitlar kerak.
Ularni quyida sanab chiqamiz:
- odamlaming butun planeta bo'ylab joylashishi;
-mamlakatlar o'rtasida aloqa bog'lash va o'zaro aloqa almashinuvining
keskin o'zgarishi;
-barcha mamlakatlar o'rtasida siyosiy qatlamlarning kuchayishi;
-biosferada boradigan geologik jarayonlar ustidan inson ta'sirida
bo'ladigan geologik jarayonlarning ustuvorligi;
-biosferaning chegarasi kengayib, kosmosga chiqish boshlanadi;
-energiya beruvchi yangi manbalar ochiladi;
-hamma irq va dinga mansub odamlar teng bo'ladi;
-ichki va tashqi siyosatni hal qilishda xalq ommasining roli kuchayadi;
-erkin ilmiy fikrlash, diniy to'siqlarsiz ilmiy ishlar olib borish, falsafiy va
siyosiy tuzumlarga asoslangan davlat qurish uchun sharoit yaratiladi;
-xalq ta'limi tizimining qayta ishlangan, qulay yo'nalishi, shuningdek,
xalqning turmush darajasini ko'taruvchi shart-sharoitlar vujudga keladi, aholini
qashshoqlikdan,
ochlikdan,
kasalliklardan
saqlash
uchun
yaxshi
imkoniyat paydo bo'ladi;
-Yerdagi birlamchi tabiatn i
–
o'sib borayotgan aholining moddiy, ma'naviy,
estetik va ruxiy talablari uchun qulay holga keltirish;
-inson hayotidan ―urush‖ so'zini o'chirib tashlash.
Dostları ilə paylaş: