III.3. Biosferada moddalarning aylanishi. Ular to‗xtovsiz amalga oshadi.
Har qanday organizm tashqi muhitdan ozuqa moddalari kelib turgunicha va uning
faoliyati mahsuli ana shu muhitga ajralib chiqib turgunicha yashashi mumkin.
Hujayra ichida kimyoviy almashinuvlarning g‘oyat murakkab kompleksi uzluksiz
davom etib turadi, buning natijasida ozuqa moddalardan hujayra tanasining
komponentlari hosil bo‗ladi. Tirik organizmlardagi doimiy yangilanish bilan birga
kechadigan materiyaning almashinish jarayonlari yig‘indisi
moddalarning almashinuvi deyiladi 18 , yoki boshqacha qilib,
Moddalarning aylanma harakati deganda kimyoviy elementlarning ko‗chib yurishi, yoki migratsiyasi tushuniladi.
Shunga ko‗ra:
Kichik biologik va
katta geologik aylanma harakatlar ajratiladi.
Ularni quyida ko‗rib chiqamiz.
III.3.1. Tabiatdagi moddalarning kichik biologik va katta geologik aylanma harakatlari. Biologik aylanma harakat da qatnashadigan organizmlarning
produtsent ,
konsument va
redutsent ekologik guruhlariga ajratiladi.
Produtsentlar uglerod, quyosh energiyasi va suv ishtirokida organik
mahsulotlarni yaratadi;
Konsumentlar birlamchi mahsulotni iste‘mol qiladi;
Redutsentlar organik moddalarni parchalaydi.
Yashil o‗simliklar quyosh energiyasidan foydalanib, tirik moddalarning
birlamchi mahsulotini hosil qiladi, SO
2
ni o‗zlashtirib O
2
ni ajratadi. Hayvonlar
o‗simliklar bilan oziqlanadi, kislorodni o‗zlashtirib SO
2
ni ajratadi. O‗lik hayvon
va o‗simlik qoldiqlarini hasharotlar, zamburug‘lar, bakteriyalar va boshqalar
parchalaydi, mineral yoki noorganik birikmalarga aylantiradi. Ular tuproqqa
18
M.Xodjitdinova, A.Rizayev. Suv kimyosi va mikrobiologiyasi. Oʹquv qoʹllanma. ―Yangi
nashr‖ nashriyoti Toshkent -2010.
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
72
tushib, yana o‗simliklar tomonidan o‗zlashtiriladi. Katta aylanma harakatda ushbu
jarayon quruqlik va okean o‗rtasida amalga oshadi.