Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
71
organizmlar turi qirilib ketdi va ketmoqda,
chuchuk suvli suv havzalari
ifloslanmoqda, havo iflosligi natijasida smoglar yog'moqda, sintetik gazlamalar
o'zining pishiqligi va qulayligi tabiiy gazlamalami siqib chiqarmoqda,
shovqinlar
va har xii nurlanishlar inson psixologiyasi va sog'ligiga ta'sir qilmoqda. Inson
kosmosga chiqdi, oyga qadam qo'ydi. Sayyoramizda aholi soni kundan-kun ortib
borib, ularni oziq-ovqat bilan ta'minlash borgan
sari murakkablashib bormoqda,
tuproqlar sho'rlanishi ta'sirida o'simliklar o'sish imkonidan mahrum bo'lmoqda.
Kasalliklarning turi ko'payib, inson sog'ligi xavf ostida qolmoqda. Iqtisodiy
baquvvat mamlakatlarda foyda ketidan quvish ham biosferani izdan chiqarib
yubormoqda.
Endilikda
inson va biosfera
o'rtasidagi nizoni faqatgina fan va tinchlik hal
qiladi. Insoniyat tabiiy va gumanitar fanlar bilimini amalga
joriy etish orqaligina
biosferaning ifloslanishini to'xtatish va biologik resurslardan foydalanishni, ishlab
chiqaruvchi kuchlarni Biosfera imkoniyatdan kelib chiqib, unga ta'sir
qilmay
rivojlantirish imkoniga ega bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: