Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
80
populyatsiyaning soni, zichligi, tug‘ilishi, o‗lishi, populyatsiyaning o‗sishi, o‗sish
sur‘ati, biotik potentsiali va boshqalar
.
Individlarning ma‘lum hududda tarqalishi, jinsi va yosh bo‗yicha
nisbatlari,
morfologik, fiziologik xulqi va genetik xususiyatlar populyatsiyaning tuzilmasini
ifodalaydi.
Populyatsiyadagi individlar bir-biridan yoshi, jinsi, o‗zaro chatishadigan
avlodlariga hayot tsiklining turli fazalar va guruhchalar (poda, koloniya va
boshqalar) ga mansubligi bilan farq qiladi. Har qanday tur populyatsiyalar
tizimidan tarkib topadi. Uning tuzilmasi esa individlarning
harakatlanishi yoki
ma‘lum hududga bog‘liqlik darajasi, tabiiy
to‗siqlarni engib o‗ta olish kabi biologik
xususiyatlari bilan belgilanadi. U doimiy
emas. Populyatsiyalar ichida organizmning
o‗sishi, tuzilishi va boshqa ko‗pgina
sabablarga ko‗ra, ya‘ni
tashqi muhitning
o‗zgarishi, dushmanlar sonining o‗zgarishi
kabi qator omillarga bog‘liq holda o‗zgarishi
orqali vujudga keldi.
Populyatsiyaning jins tuzilmasi, turli
yosh va guruhlardagi erkak va urg‘ochi
individlarning soni orqali ifodalanadigan
nisbatidir. Populyatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan,
jinsiy xromosomalarning
qo‗shilishiga, ya‘ni genetik qonuniyatlarga bog‘liq. Ikkinchidan, unga ma‘lum
darajada tashqi muhit xam ta‘sir etishi mumkin. Populyatsiyaning evolyutsiyasi
uchun urg‘ochi organizmlarning soni muhim ahamiyatga ega, Masalan, odamlar
populyatsiyasining potentsial o‗sishi, o‗smir va qariyalar emas, 15 yoshdan 35
yoshgacha bo‗lgan ayollar hisobiga to‗g‘ri keladi.
Populyatsiyadagi individlarning nobud bo‗lishi
va jinslar nisbati amaliy
ahamiyatga ega.
Populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta tiklanish jadalligi, nobud bo‗lishi
darajasi va nasllar qoldirishining tezligi kabi muhim jarayonlarni ifodalaydi. U
aniq sharoitga qarab, har bir populyatsiya uchun turning genetik hususiyatiga
bog‘liq bo‗ladi. Yosh tuzilmasi har xil usullarda ifodalanadi.
Populyatsiyani boshqarish, foydalanish, monitoring
va muhofaza vositasi
bo‗lib xizmat qiladi. Chunki populyatsiya sonining boshqarilishi tabiatda
kuzatiladi, uning bir qismi olinganda u yana tiklanadi. Shuning uchun
populyatsiyani boshqarish muhofaza vositasi bo‗lib xizmat qiladi. U monitoring
vositasi hamdir, chunki tur emas, ularning populyatsiyasini kuzatish kerak.
Populyatsiyalarni muhofaza qilish orqaligina o‗simlik va hayvon turlarini saqlab
qolish mumkin.
Hozirgi vaqtda antropogen omillar ta‘sirida tabiiy o‗simliklar jamoasida ba‘zi
bir ko‗p iste‘mol qilinadigan dorivor va yem-xashak o‗simliklarining
populyatsiyalaridagi organizmlar, me‘yoridan ortiq foydalanish natijasida yo‗qolib
Dostları ilə paylaş: