IV Bob. Ekologik tizimlar IV.1. Ekotizm, populyasiya va biogeotsenoz tushunchalari. Ekologik tizim (Ekotizim) –deb, birga yashovchi har xil organizmlar va ularning yashash
muhiti orasidagi qonuniyatli bog‗lanishga aytiladi. Bunga o‗rmon, o‗tloq, ko‗l va
boshqalar misol bo‗ladi. Masalan, o‗rmonni shunday ta‘riflasa bo‗ladi: O‗rmon bu
geografik
shakllangan,
o‗z-o‗zini boshqaruvchi
o‗simlik va hayvonlar
populyasiyalari yig‗indisi
bo‗lib, ular uchun muhitni boshqaruvchi asosiy rolni bir
tur, yoki bir necha turga mansub populyatsiya o‗ynaydi. Ana shunday jamoalarni
ifodalash uchun akademik V.N Sukachev(1942)
biogeotsenoz terminini tavsiya
etgan.
Organizmlar jamoasi anorganik muhit bilan bog‗liq. O‗simliklar undagi
karbonat angidridi, suv, kislorod va mineral tuzlar hisobiga yashaydi. Geterotrof
organizmlar esa avtotroflar hisobiga yashaydi. Lekin ular kislorod va suvga ham
muhtojdir (IV.1.1-rasm). Jamoalar anorganik muhit bilan ma‘lum tizimni
shakllantiradi.
Organizmlar va anorganik komponentlar birligida, modda almashinuvini
amalga oshiradi. Shu tarzda ekologik tizim tashkil topadi.
―Ekotizim‖ tushunchasi
ilk bor ingliz ekologi A. Tensli (1935) tomonidan qo‗llanildi. U ekotizimlarni
―tabiatning yer yuzidagi eng asosiy birligi‖ -deb hisobladi.
Modda aylanishinig amalga oshishi uchun anorganik moddalar va yana 3
ekologik guruh organizmlari—produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar bo‗lishi
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
78
lozim. Biz bu haqida avvalgi bobda (III.3.1. Tabiatdagi moddalarning kichik
biologik va katta geologik aylanma harakatlari) aytib o‗tdik.