Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Populyatsiya
deganda biz ma‘lum territoriya yoki akvatoriyani egallagan 
bir tur doirasidagi individlarning birlashmasini tushunamiz. 
Populyatsiyalar ekologiyasining ob‘ekti qilib butun ekotizim, ya‘ni 
o‗simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar populyatsiyalarining barqaror 
kompleksi va ular egallab turgan hudud yoki, akvatoriyasi olinadi. Bu esa 
tizimli 
yondashish
deyiladi. Ekologiyada bir necha yondashish mavjud bo‗lib, ular ichida 
qabul qilingani ekotizimli va populyatsiyalarni o‗rganib yondashishlaridir. Ulardan 
birinchisi asosiy e‘tiborni ekotizimga, ikkinchisi esa populyatsiyaga qaratadi. 
Demak, ular orasidagi farq ob‘ektida. 
Populyatsiyali yondashishda asosiy ahamiyat turga, ayniqsa xo‗jalik 
ahamiyatiga ega bo‗lgan turga beriladi. Bu turlar qishloq xo‗jalik zararkunandasi, 
yoki kasallik tarqatuvchi yoki muhofaza qilinishi lozim bo‗lgan noyob turlar 
bo‗lishi mumkin. 
Populyatsiyalar ekologiyasining asoschisi ingliz olimi Ch.Elton bo‗lib, 
populyatsiyalar ekologiyasi fani 1930-yilda vujudga keldi. Ch. Elton o‗zining 
―Hayvonlar 
ekologiyasi‖ 
kitobida 
ayrim 
organizmlarni 
o‗rganishdan 
populyatsiyalarni o‗rganishga o‗tish kerakligini aytgan. Chunki bu darajada 
moslashish va boshqarish yaqqol ko‗rinadi, bunda asosiy masala populyatsiya 
sonining dinamikasi hisoblanadi.
Populyatsiyalar to‗g‘risidagi ma‘lumot populyatsion genetikada paydo bo‗lib, 
sistematikada tur 
murakkab tizim
deb qaralganidan keyin rivojlana boshladi. 
Amaliy ehtiyojlar ham populyatsiyalar ekologiyasining rivojlanishiga sabab bo‗ldi. 
Populyatsiyalar ekologiyasining rivojlanishiga S.A.Severtsov, S.S.Shvarts, 
N.P.Naumov, G.A.Viktorov kabi olimlar katta hissa qo‗shganlar. O‗simliklar 
populyatsiyasini o‗rganishga E.N.Sinskaya (1948), T.A.Rabotnov, A.A.Uranovlar 
asos solgan. S.S.Shvartsning "Hozirgi ekologiyaning uslublari" nomli asarining 
birinchi qismida 
"Ekologiya

populyatsiyalar to‗g‘risidagi fan" deyilgan, 
populyatsiya esa hayvonlar uchun asosiy va birdan 

bir yashash formasidir 
deyilgan. 
Populyatsiyani o‗rganishda ikkita metodologik yondashish mavjud: 
birinchisiga muvofiq, dastlab organizmlarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, 
keyin ular populyatsiyaning xususiyatlari bilan bog‘lanadi. Ikkinchisiga binoan 
populyatsiyaning xususiyatlari, yashash muhiti bilan bog‘lanadi–deb ta‘kidlanadi. 
Populyatsiya, bir butun tizim shaklida, tashqi omillar bilan bog‘langan holda 
o‗rganiladi. Hozirgi vaqtda biologiyada ―populyatsiyalar biologiyasi‖ sohasi 
mavjud. Bunda, populyatsiyaning joydagi roli – konsument, produtsent va 
redutsentlar, xar-xil yoshdagi jinsiy guruh va ozuqa zanjirining biotsenozdagi roli 
o‗rganiladi. 
Ekologik yondashish (IV.1.1-jadval) populyatsiyalarning muhit fizik–
geografik omillariga moslashishini o‗rganish bilan birga, biotik bog‘lanishlarga 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
79 
bog‘liq, organizmlarning ko‗payish va boshqa organizmlar bilan ekotizimda birga 
yashashini ham o‗rganadi. 
Populyatsiya
–bu tabiiy tarixiy, genetik evolyutsion tizimidir.
Populyatsiyalar ekologiyasi katta ahamiyatga ega bo‗lgan hayvon va 
o‗simliklarni ko‗paytirish yo‗llarini topish maqsadida vujudga keldi. Bunda, har xil 
parazitlar, kasal tarqatuvchi organizmlar hisobga olinadi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin